O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə106/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

3.O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi
Prokuratura tizimi O`zbekiston Respublikasi miqiyosida Bosh prokurorga bo`ysinuvchi prokuratura organlari yig`indisidan iborat bo`lib, bu fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishining nazoratini ta'minlash bilan umumiy funksiyani amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimi quyidagicha belgilangan:
1. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
2 . Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi.
3. Viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari.
4. Tumanlar va shaharlar prokuraturalari.
5. Viloyat prokuraturasiga tenglashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi.
6. Viloyat prokuraturasiga tenglashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi.
7. Tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.
8. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi bo`linmalari.
O`zbekiston Respublikasining “Prokuratura to`g`risida”gi qonunning 12-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda lavozimdan ozod etiladigan, keyinchalik O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tasdig`idan o`tadigan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o`rinbosari, o`rinbosarlari bo`lib, ular O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar, keyinchalik Oliy Majlis Senati tasdig`idan o`tadilar. Bosh prokuraturada bosh boshqarmalar, boshqarmalar va bo`limlar tashkil etiladi. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining katta yordamchilari va yordamchilari, boshqarmalar, bo`limlarning boshliqlari, ularning o`rinbosarlari, katta prokurorlar, prokurorlar, alohida muhim ishlar bo`yicha katta tergovchilar, alohida muhim ishlar bo`yicha tergovchilar O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasiga Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Qoraqolpog`iston Respublikasi prokurori Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdordir8.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga, O`zbekiston respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar. Viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadilar va ozod etiladilar.
O`zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o`rinbosari hisoblanadi.
Tumanlar, shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan tegishli prokurorlar rahbarlik qiladilar. Ular O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo`ysinadilar va ularninng oldida hisobdordirlar.
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashkil etildi.Departamentga lavozimiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod etiladigan Departament boshlig`i rahbarlik qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis oldida hisobdordir. Quyidagi hollarda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O`zbekiston Resppublikasi Prezidenti oldida hisobot beradi:
-qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to`g`risida muntazam ravishda;
-o`ta og`ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to`g`risida –zudlik bilan;
- prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to`g`risida-har olti oyda axborot taqdim etadi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ham o`z faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi9.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə