O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarining asosiy yo`nalishlari va prinsiplari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə104/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

2. O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarining asosiy yo`nalishlari va prinsiplari
Prokuratura organlari o`z faoliyatini qonunchilikda belgilangan quyidagi asosiy yo`nalish bo`yicha amalga oshiradi:
- vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
- fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;
- O`zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
- tezkor qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarni ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
- jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish.
- sudlarda jinoiy ishlar ko`rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarini hamda xo`jalik nizolarini ko`rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo`lgan sud hujjatlariga protest keltirish;
- soliq intizomini mustaxkamlashga, soliq, valuta soxasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish;
- ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-xuquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog`ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
- qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish4.
Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib quyidagi hisoblanadi. Vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish.
Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib quyidagi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish. Bu yo`nalish bo`yicha prokuratura organlarida «qurolli kuchlar, milliy xavfsizlik xizmati va bojxona organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish» boshqarmasi va bo`limlari faoliyat ko`rsatadi.
Tezkor qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarni bajarilishi ustidan nazorat qilish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish yo`nalishi bo`yicha prokuratura, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshira borib, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoyalash choralarini ko`radi. Quyi prokuraturalarda soha bo`yicha ishlarni tegishli viloyat va ularga tenglashtirilgan prokurorlar bilan birgalikda tashkil qilinadi. Ichki ishlar vazirligi organlarining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, tergov, tezkor qidiruv faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. Jinoyatchilik va huquqbuzarlik hamda profilaktik tadbirlar ahvolini muntazam tahlil qilib boradi. Tergovoldi tekshiruvlari, surishtiruv, tergov, tezkor qidiruv va ma'muriy huquqbuzarliklarga oid qonunlarga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Fuqarolarni ushlash, qamoqqa olish va boshqa protsessual majburlov choralarini qo`llashda ularning konstitutsiyaviy va protsessual huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə