O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə105/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga asosan jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergovni prokuratura, ichki ishlar organlarining va milliy xavfsizlik xizmatining tergovchilari olib boradi.5
Tergovchi: jinoyat ishini qo`zg`atishga va tugatishga, ishni qo`zg`atishni rad etishga, jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va so`roq qilishga, Jinoyat prrsessual kodeksida nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb etish to`g`risida va unga nisbatan extiyot chorasini tanlash to`g`risida qaror chiqarishi, o`z yurituviga qabul qilgan ish bo`yicha surishtiruv organlariga qidiruv va tergov harakatlarini bajarish to`g`risida yozma topshiriqlar berishga, surishtiruv organlaridan ayrim tergov harakatlarini yuritishda ko`maklashishni talab qilishga haqlidir.
Sudlarda jinoiy ishlar ko`rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy xuquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarini hamda xo`jalik nizolarini ko`rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo`lgan sud hujjatlariga protest keltirish; prokuratura to`g`risidagi qonunga muvofiq «sudlarda jinoyat ishlari ko`rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni hamda xo`jalik ishlarini ko`rilishida ishtirok etish, qonunlarga zid bo`lgan sud hujjatlariga protest keltirish» prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Sudlarda jinoyat ishlari ko`rilishida prokuratura organlarining prokurorlari tomonidan amalga oshiriladi. Prokurorlar fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo`li bilan himoya qilinishini ta'minlash maqsadida qonunda belgilangan tartibda barcha sud bosqichlarida jinoyat ishlari ko`rilishida prokuror ishtirokini va qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini o`rganishni tashkil qiladi.
Sud qarorlari ustidan prokuraturaga kelib tushgan ariza, shikoyatlarni ko`rib chiqilishi va hal etilishini, sudlarda jinoyat ishlarini ko`rib chiqilishi va prokuror vakolatini ta'minlash boshqarma va bo`limlari prokurorlari tomonidan ta'minlanadi va ularni tahlil qiladi. Shuningdek, prokuror Oliy sudning kassatsiya bosqichida, Rayosatida va Plenumida ko`riladigan jinoyat ishlarini o`rganib, asoslantirilgan xulosalar tuzadi.
Xo`jalik protsessual kodeksining 43-moddasida ishda prokurorning ishtiroki belgilangan bunga asosan, prokuror barcha ishlar bo`yicha sud majlislarida ishtirok etishga haqli. O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudiga da'vo arizasini O`zbekiston Respubliksi Bosh prokurori yoki uning o`rinbosari, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xo`jalik sudiga esa tegishincha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o`rinbosarlari taqdim etadi.
Da'vo taqdim etgan prokuror kelishuv bitimi tuzishdan tashqari da'vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Prokurorning o`z da'vosidan voz kechishi da'vogarni ishini mazmunan ko`rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi. Prokuror tomonidan huquqni himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da'vodan da'vogarning voz kechishi arizani ko`rmasdan qoldirishga olib keladi. Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishida prokuror qatnashishi zarur deb topgan hollarda ishni ko`rishda prokuror ishtirok etishi shart.6
Xo`jalik sudlarida prokuror vakolatini ta'minlash bo`limi prokuratura organlarining mustaqil tarkibiy tarmog`i bo`lib xisoblanadi u xo`jalik sudlarida ishlar ko`rilishida prokuror vakolatini ta'minlashni amalga oshiradi. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning shuningdek, xususiy tadbirkorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo`li bilan samarali himoya qilinishini ta'minlash maqsadida qonunda belgilangan tartibda xo`jalik sudining barcha bosqichlarida ishlar ko`rilishida prokuror ishtirokini va qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini o`rganishni tashkil qiladi va noqonuniy sud qarorlariga protestlar keltirish va qonun buzilishlarini bartaraf etish choralarini ko`radi, shuningdek, xo`jalik ishlari bo`yicha sud qarorlarining qonuniyligini o`rganish va noqonuniy qarorlarga protest keltirish, ularni qonunga muvofiqlashtirish borasida prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda uni takomillashtirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshiradi.
Sudlarda fuqarolik ishlari ko`rilishida prokuror vakolatini ta'minlash bo`limi, sudlarda fuqarolik ishlari ko`rilishida prokuror vakolatini ta'minlashni amalga oshiradi.
Soliq intizomini mustaxkamlashga soliq sohasidagi jinoyatlar va xuquqbuzarliklarga qarshi kurashishga, shuningdek, davlatga yetkazilgan iqtisodiy zarar o`rnini qoplashga qaratilgan qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish. Soliqqa oid qonunchilik ijrosi ustidan prokuratura organlarida alohida bo`lim faoliyat ko`rsatadi. Bu bo`lim Davlat soliq qo`mitasi va Bosh prokuratura huzuridagi soliq va valutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (SVOJQK) organlarida qonunlar ijrosi, shuningdek, soliq va valutaga oid jinoyatlar bo`yicha tergov oldi tekshiruvi va surishtiruv ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bo`limning asosiy vazifasi bo`lib, davlat soliq qo`mitasi va Bosh prokuratura huzuridagi SVOJQK departamenti organlarida O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishdan iborat.
Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralarini ijro etish chog`ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish. Prokuratura organlarida «Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat» boshqarmasi faoliyat ko`rsatadi. Boshqarmadagi prokurorlarning asosiy vazifasi bo`lib, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo`yicha ijro ishi yuritish jarayonida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat manfaatlari himoya qilinishi, mansabdor shaxslar va ijro yurituvchi organlar tomonidan qonunlarning aniq va bir xilda qo`llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida ishtirok etish. Prokuratura organlari, qonunchilikni targ`ib qilish, qonun ijodkorligi faoliyati va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlarida ishtirok etadi.
Prokuratura to`g`risidagi qonunda prokuratura organlarining tashkiliy, ya'ni birlik va markazlashganlik prinsiplari o`z ifodasini topdi. Bu prinsiplar qonuniy kuchga ega bo`lganliklari prokuraturaning ichki tizimini mustahkamlashga, har bir prokuror mustaqil protsessual shaxs bo`lsada, butun tizim va unga rahbarlik qilayotgan Bosh prokuror nomidan faoliyat ko`rsatayotgani va ma'suliyatli ekanligi tuyg`usida yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu o`z navbatida, prokuratura organlariga katta ma'suliyat yuklaydi va ulardan boshqaruv, nazorat hamda boshqa organlar tomonidan fuqarolarning huquqlari buzilishini oldini olish va tegishli vakolatlaridan samarali foydalanib, qat'iyatlik bilan ishlashni talab etadi.
“Prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplari: birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir”7.
Prokuratura organlari O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona marazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo`ysinishi hamda hisobdorligi asosida ish ko`radi. Yuqori turuvchi prokuror quyi turuvchi prokurorga ko`rsatmalar berishga yoxud uning har qanday, shu jumladan protsessual qarorini o`zgartirish yoki bekor qilishga haqlidir, shuningdek u o`z bo`ysinuvidagi barcha prokurorlarning ishlari to`g`ri tashkil etilishi uchun to`liq javobgardir.
Prokuratura organlarining xodimlari o`z faoliyatlarida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa qonunlarning talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari shart. Qonunlarning aniq bajarish va ularga rioya etishlari har qanday chekinish, qanday asoslarga binoan bunday qilinishidan qat'i nazar, qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo`ladi. Prokuratura organlari o`z vakolatlarini har qanday davlat organlari jamoat birlashmalari hamda mansabdor shahslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo`ysunib amalga oshiradilar.
Prokuratura organlarining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. Prokuraturaning g`ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unda qanday shakilda bo`lmasin biron bir ta'sir ko`rsatish yoki faoliyatini amalga oshirishga to`sqinlik qilish, uning daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek, prokuror yoki tergovchining ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov ma'lumotlarini oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo`ladi. Prokuratura organlaring xodimlari o`z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga a'zolikni to`xtatib turadilar.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə