O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə107/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4. Prokuror nazorati hujjatlari
O`zbekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi prokurorlar o`z vakolatlaridan foydalangan holda quyidagi prokurorlik nazorat hujjatlarini qo`llaydilar. Bularga: protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv kiradi.
Protest- Qonunga zid bo`lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Protest kiritildimi darhol, ya'ni o`n kunlik muddatdan kechiktirmagan holda ko`rib chiqilishi shart.
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko`rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu xujjatni g`ayriqonuniy deb e'tirof etish to`g`risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to`g`risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko`rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o`tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin. Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko`rib chiqilgunga qadar to`xtatib qo`yadi.
Jinoyat ishini qo`zg`atishning qonuniyligi ustidan nazorat olib borayotgan prokuror: surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig`ining, tergovchining jinoyat ishi qo`zg`atish to`g`risidagi qarorini bekor qilishga va ish qo`zg`atishni rad qilishga shuningdek ish qo`zg`atish to`g`risidagi yoki rad qilish to`g`risidagi sudning ajrimi ustidan yuqori sudga protest berishga haqlidir.
Protest yuridik nuqtai nazardan sifatli, sud qarori noqonuniyligini isbotlovchi dalillar hamda tegishli moddiy va protsessual qonun normalariga asoslantirilgan xulosalar bilan boyitilgan bo`lib, u ishonarli bo`lishi lozim.
Qaror- prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma'muriy yoki intizomiy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atish haqida qaror qabul qiladi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. Ma'muriy yoki intizomiy javobgarlik to`g`risidagi ishni qo`zg`atish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab o`n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko`rib chiqilishi shart. Uni ko`rib chiqish natijalari xaqida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma'lum qilinadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə