O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni sifatid



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə5/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

2. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni sifatida.
O`zbekiston Respublikasining demokratik va huquqiy davlat qurishdan maqsadi mamlakatda yashovchi har bir kishining huquq va erkinliklarini to`la kafolatlashdir. Buning uchun avvalo, O`zbekistonda huquqiy asos yaratildi, ya'ni respublika Konstitutsiyasi va qabul qilgan qonunlarda umum e'tirof qilingan xalqaro xujjatlar qoidalariga mos keluvchi inson huquq va erkinliklari va ularning kafolatlari belgilab qo`yildi.
Davlatimizning asosiy Qonuni – Konstitutsiyamiz vaqt sinovidan muvaffaqiyatli o`tdi va kundalik hayotimizning rivojlanishi va uning istiqbolini belgilashda xizmat qilmoqda. O`tgan davr mobaynida o`z mamlakatimiz buyuk kelajagining asosiy huquqiy kafolati ekanligini to`la isbotladi. Konstitutsiya jamiyatning rivojlanishida va davlat qurilishida yangi bosqichga o`tishga dalolat beruvchi ijtimoiy- siyosiy o`zgarishlarga asos soldi. Konstitutsiya qabul qilingandan buyon o`tgan davr ichida mamlakatimizda xalqimiz hayotida asrlar mobaynida yuz berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlarga erishdi. Yurtimiz sho`rolar davridan meros bo`lib qolgan chuqur iqtisodiy tanazzuldan qutuldi, o`tkazilayotgan keng ko`lamli siyosiy, iqtisodiy islohatlar tufayli bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot qaror topdi, demokratiya tamoyillariga asoslangan milliy davlatchiligimiz va huquq tizimimiz shakllandi, ijtimoiy –madaniy soha barqaror rivojlanib bormoqda, kishilarimizning ma'naviy qiyofasi yangilanmoqda, ularning ongiga istiqlol g`oyasi tobora chuqurroq singib bormoqda, mustaqil yosh davlatimiz xalqaro jamiyatda o`z o`rnini topdi. Uning xalqaro miqyosda nufuzi oshib bormoqda, jahon siyosatini belgilashda roli kuchaymoqda.4[4]
3. Konstitutsiyalarning funksiyalari.
Butun dunyo miqyosida olsak har qanday Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta'sir ko`rsatib, asosan uchta funksiyani amalga oshiradi.

  1. 1. Yuridik funksiyasi – Konstitutsiya o`z mohiyat mazmuniga ko`ra

yuridik hujjat sanalib, huquqning asosiy manbaidir. Konstitutsiyalarning yuridik funksiyasi quyidagilarda ko`rinadi:

  • - mamlakat huquq tizimining qanday ko`rinishga ega ekanligini o`zida ifodalaydi;

  • - Konstitutsiyaviy normalar ijtimoiy hayotning (iqtisoliy, siyosiy va sotsial) eng muhim tomonlarinigina huquqiy jihatdan tartibga soladi;

  • - davlatda qabul qilinadigan barcha normativ huquqiy hujjatlar uchun bosh manbaa bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun birorta normativ huquqiy hujjat yuridik kuchiga ko`ra konstitutsiyadan ustun bo`lolmaydi;

  • - Konstitutsiyalar o`zining alohida muhofaza choralariga ega bo`lgani uchun unga zid bo`lgan har qanday hujjat tegishli tartibda o`z kuchini yuqotishi shart.

  1. 2. Siyosiy funksiyasi – Konstitutsiya ayni vaqtda o`ta muhim siyosiy hujjat sifatida:

  • - davlat hokimiyatining tashkil etilishining asoslarini o`rnatadi;

  • - davlat tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatning yo`nalishlarini belgilab beradi;

  • - Konstitutsiyada davlatning siyosiy maqsadlari va funksiyalari o`z ifodasini topadi.

  1. 3. Mafkuraviy funksiyasi – Konstitutsiyalar jamiyatning eng asosiy

ma'naviy g`oyaviy qadriyatlarini o`zida mustahkamlab, aholini bir yoqadan bosh chiqarishga ko`mak beradi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo`lmasa odam, jamiyat, davlat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qayerdaki mafkurviy bo`shliq vujudga kelsa, o`sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin. Buning isboti uchun hoh tarixdan, hoh zamonamizdan ko`plab misollar keltirish mumkin.5[5] Konstitutsiyalarda mafkuraviy g`oyalarni aks etishi jamiyat taraqqiyotining maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Har qanday Konstitutsiya u yoki, bu ko`rinishda biror bir mafkuraga tayanadi. Bu narsa Konstitutsiyalar qabul qilingan paytdagi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy holatiga ham bog`liq. Masalan, biror bir davlat mustamlakachilikdan mustaqil davlat sifatida tashkil topgan bo`lsa, uning Konstitutsiyasida albatta milliylik, istiqlol g`oyalari aks etadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə