O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Konstitutsiyani qabul qilishning asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə7/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

5. Konstitutsiyani qabul qilishning asosiy xususiyatlari
Konstitutsiyaning qabul qilishning quyidagi usullarini ko`rsatish mumkin:

  1. 1. Ta'sis (konstitutsiyaviy) majlis tomonidan. Braziliya (1988), Portugaliya (1976), Bolgariya (1991), Ruminiya (1991) Konstitutsiyalari shu usul bilan qabul qilingan.

  2. 2. Amaldagi parlament tomonidan- O`zbekiston (1992) Xitoy (1992), Tanzaniya (1977) Konstitutsiyalari misolida.

  3. 3. Referendum yo`li bilan-Rossiya (1993), Fransiya (1958), Qozog`iston (1995), Kuba (1976), Chili (1980) kabi davlat konstitutsiyalari referendum yo`li bilan qabul qilingan.

Ko`pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda Konstitutsiyalar hadya etish yo`li bilan ham qabul qilinadi. Hadya etishning 3 yo`li mavjud:
1. Mutlaq monarxiya sharoitida Konstitutsiyani o`z xalqiga podsho, qirol, sulton, monarx hadya qiladi. Buni Nepal (1962), Saudiya Arabistoni (1992) Konstitutsiyalari misolida ko`rishimiz mumkin.
2. Mitropoliya mustamlakachi davlat o`z mustamlakasiga Konstitutsiya hadya qiladi va uning mustaqil davlatligini tan oladi. Buyuk Britaniya 1979 yil Zimbabvega Konstitutsiya hadya qilgan.
3. Harbiy yoki revolyutsion Kengash Konstitutsiyani hadya qiladi. Masalan, Misr, Suriya, Iroq, Afg`oniston Konstitutsiyalari shu tarzda qabul qilingan.
Konstitutsiyani qabul qilish tartibi oddiy, joriy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Yangi konstitutsiyalar odatda yangi davlat vujudga kelganda. mamlakat siyosiy tuzumi o`zgarganda. davlatchilik rivojida jiddiy tub o`zgarishlar ro`y berganda qabul qilinadi. Konstitutsiyani tuzish va qabul qilishnshp bir qancha usullari bor. Albatta, konstitutsiyaning loyihasini tayyorlashdan to qabul qilishgacha bo`lgan barcha ishlarni parlament majlislarida uzluksiz amalga oshirish mushkul. Shu sababli konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun maxsus konstitutsiyaviy komissiya tashkil etiladi. 1990 yil 20 iyunda O`zbekiston Republikasi Oliy Kengashi yangi konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun konstitutsiyaviy komissiya tashkil etgan edi.
Umuman olganda. konstitutsiyani tayyorlash, uni qabul qilish boshqa odsiy qonunlarni qabul qilishdan farq qiladi. Chunki konstitutsiya — bu davlatning Asosiy qonuni, huquq tarmoqlarining manbai hisoblanadi, shuning uchun u boshqa qonun va normativ huquqiy aktlardan o`zining yuridik kuchi bo`yicha ustun turadi.
Konstitutsiyani qabul qilish jarayoni oddiy qonunlarni qabul qilish tartibidan quyidagilar bilan farq qiladi.
1. Oddiy qonunlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonuniylik va sud-huquq masalalari qo`mitasida va boshqa qo`mitalarida ishlab chiqiladi va muhokama qilinib, navbatdagi yalpi majlisda qabul qilinadi. Konstitutsiya loyihasi esa Oliy Majlis palatalari tomonidan maxsus tarzda tuzilgan muvaqqat konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ishlab chiqiladi.
2. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun tajribali siyosiy arMAVZUlar, jamiyat turmushining turli jabhalarida tanilgan mutaxassislar va huquqshunos olimlar jalb etiladi. Mazkur shaxslar oliy vakillik organi deputati bo`lmasalar ham, konstitutsiyaviy komissiyaga jalb qilinadilar.
3. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayoni oddiy qonunlar loyihasini tayyorlashga nisbatan ancha davomli bo`lib, mukammal ishlashni talab etadi.
4. Konstitutsiya loyihasi matbuotda e'lon qilinib, albatta umumxalq muhokamasiga qo`yiladi.
Qabul qilingan konstitutsiyani tasdiqlash marosimi ham turli davlatlarda har xil. Bunday tartib asosan, federativ shakdda tashkil qilingan davlatlarda amal qiladi. Qabul qilingan konstitutsiya barcha federatsiya subyektlari tomonidan tasdiqlanishi, ya'ni ularning parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi shart bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasida qabul qilingan konstitutsiyani ratifikatsiya qilish shart emas.
Qabul qilingan konstitutsiyani kuchga kiritish tartibi ham turli mamlakatlarda har xil belgilanadi. Ko`pchshshk mamlakatlarda konstitutsiyani kuchga kiritish alohida hal qilinadi. Ba'zi davlatlarda bu uni matbuotda e'lon qilish bilan amalga oshiriladi. i
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi u qabul qilingan kuni, ya'ni 1992 yilning 8 dekabrida alohida qonun bilan kuchga kiritiddi.
Konstitutsiyaning alohida xususiyatlaridan biri uning ta'sis etuvchilik, ya'ni yangi organlar tuzish, yangi qonunlar ijod qilish xususiyatidir. Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin, davlatning butun yangi organlari tizimi hamda konstitutsiyada ko`rsatilgan qonunlar vujudga keladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə