O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə15/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Xalq suvereniteti haqidagi ilmiy ta'limot dastlab feodalizmga qarshi kurash yo`lida ishlab chiqilgan edi.
“ Xalq suvereniteti” nazariyasi fransuz olimi Jan Jak Russo tufayli burjua revolutsiyasi arafasida o`zining klassik qiyofasini topdi Uning fikricha “ umumiy iroda” tomonidan boshqariladigan hokimiyat- suverenitet deb ataladi8[8].
O`zbekiston xalqining suvereniteti mamlakatimizda hokimiyatning to`laligicha halqqa tegishliligini bildiradi. Xalq –hokimiyatning yagona manbai va subyekti, unga hech kim o`z irodasini o`tkaza olmaydi. Xalq suverenitetining mazmuni shundan iboratki, uning hokimiyati boshqa subyektga berilmaydi va bo`linmaydi. O`zbekistonda davlat hokimiyati halqniki faqat unga xizmat qiladi. Xalq suvereniteti davlat va milliy suverenitetlarida namoyon bo`ladi. O`zbekistonda suverenitetning manbai va yagona egasi bo`lgan xalq uni, eng avvalo, davlat hokimiyati orqali davlat suvereniteti sifatida amalga oshiradi.
Millat suvereniteti –millatning siyosiy va huquqiy holati tushuniladi. Har bir millat o`zining suveren siyosiy va huquqiy holatiga ko`ra, o`z siyosiy holatini, o`z irodasi bilan, boshqa xalqlarning aralashuvisiz mustaqil tarzda belgilaydi, iqtisodiy, madaniy rivojlanish yo`lini tanlaydi va o`z milliy davlatini tuzadi9[9].
Millat suvereniteti millatning ajralmas xususiyati bo`lib, uning mustaqil yashash xuquqini bildiradi.
Millat suvereniteti millatning ajralmas xususiyati bo`lib, uning mustaqil yashash xuquqini bildiradi Bu xuquqni ma'lum darajada amalga oshirilishi, ya'ni o`zinig milliy davlat shaklini tanlashi, yakka holda yoki boshqa millatlar bilan birgalashib davlat tuzishi milliy suverenitetning amal qilishi hisoblanadi.
Davlat hokimiyatining oliyligi, o`sha davlatdagi barcha huquqiy munosabatlarni belgilaganligida, umumiy huquqiy tartibotning o`rnatilganligida hamda davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilanganligida namoyon bo`ladi. Davlatning butun hududida oliy davlat organi tomonidan chiqarilgan Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligi davlat hokimiyati oliyligini bildiruvchi asosiy belgisi sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, davlat hokimiyatining oliyligi bu hokimiyatning shunday holatiki, bunda boshqa bir hokimiyat undan ustun bo`lmaydi va bo`la olmaydi. Biroq, hokimiyatning oliyligi uning cheksizligini bildirmaydi. Konstitutsiyaviy davlatda u doimo qonun bilan cheklab qo`yiladi. Davlatning suveren hokimiyati o`zga barcha hokimiyatlardan ustun turadi. Davlat hokimiyatining oliyligi uni yagona siyosiy hokimiyat sifatida rasmiylashtiradi, bu davlat hokimiyati bilan muvoziy tarzda boshqa biron-bir siyosiy hokimiyatning mavjud bo`lishini istisno etadi.
Davlat hokimiyatining birligi davlatning oliy hokimiyatini tashkil qiluvchi yagona organ yoki organlar tizimi mavjud bo`lishida ifodalanadi. Davlat hokimiyati birligining yuridik belgisi, davlat hokimiyati oliyligini tashkil qiluvchi organlar tizimining bevosita davlat funksiyalarini bajarish uchun zarur bo`lgan vakolatlarni qamrab olishini anglatadi. Shu tizimga tegishli organlar esa, bir xil subyektlarga, bir xil vaziyatlarda o`zaro istisno qiluvchi xulq-atvor qoidalarini ifodalay olmaydi. Suveren davlat hokimiyatining asosiy xususiyati uning mustaqilligi hisoblanadi. Davlat hokimiyatining mustaqilligi, shu davlatning boshqa davlatlar bilan to`g`ridan-to`g`ri, bevosita munosabatlarida o`z ifodasini topadi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə