O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


- § O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə12/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

3- § O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Muqaddima, 6 bo`lim, 26 MAVZU va 128 moddadan iborat. Konstitutsiyaning mazmuni quyidagi izchillikda rivojlantirilgan: shaxs -jamiyat-davlat.
Birinchi bo`limda mustaqil O`zbekiston davlatining asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari ko`rsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokmiyatchiligi, Konstitutsiya va qonuning ustunligi hamda tashqi siyosatimiz tamoyillari kiradi.
Ikkinchi bo`limda O`zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari tizimi mustahkamlangan.
Uchinchi bo`limda fuqarolik jamiyatining an'analarini tiklashga qaratilgan, ijtimoiy uyushmalar va munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solib, ularning rivojlanishini ta'minlaydi.
To`rtinchi bo`lim ma'muriy-hududiy va davlat tuzilishiga bag`ishlangan bo`lib, O`zbekiston viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalardan hamda Qoraqalpog`iston Respublikasidan iborat ekanligi ko`rsatib o`tilgan.
Beshinchi bo`lim davlat hokimiyati organlarini tashkil etish, ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari konstitutsiyaviy maqomi muayyan tartibda mustahkamlangan. Davlatimizning markaziy organlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy Sudi, Oliy hamda Xo`jalik Sudlari, Prokuratura, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyat tartibi belgilab berilgan. Saylov tizimining prinsiplari, moliya va kredit, xavfsizlik va mudofaa masalalari ham ushbu bo`limda tartibga solingan.
Oltinchi bo`lim Konstitutsiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritishga bag`ishlangan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi VI-bo`lim, 127-128-moddalarida mustahkamlab qo`yilgan Oliy Majlis tomonidan Konstitutsiyaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish instituti bilan bir qatorda, umumxalq ovozi - referendum o`tkazish protsedurasiga ham murojaat qilindi va bu juda katta konstitutsiyaviy-huquqiy o`zgarishlarga olib kelibgina qolmay, xalqimizning fuqaroviy jamiyat, huquqiy davlat qurish bunga qaratilgan islohotlarga bo`lgan umid, ishonchini mustahkamladi..

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə