O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasining asosiy g`oyalari va uning demokratik xususiyatlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə11/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

2 Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasining asosiy g`oyalari va uning demokratik xususiyatlari
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat milliy qonunchilik asosi, balki o`zbek xalqining ham boshqa rivojlangan mamlakatlar xalqlari kabi inson aqli-zakovati, sha'niga mutanosib huquqiy davlat, fuqaroviy demokratik jamiyat qurilishining konstitutsiyaviy-huquqiy garovidir.
Bu konstitutsiyaviy-huquqiy asos mustaqilligimizning birinchi o`n yilligi boshidayoq, davlat suverenitetini saqlab qolish, mustahkamlash, takomillashtirishga imkon beribgina qolmay, balki barqaror taraqqiyotimiz uchun poydevor bo`lib xizmat qildi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya muqaddimasidayoq huquqiy davlat, fuqaroviy demokratik jamiyat qurishning quyidagicha belgilangan: «O`zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g`oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilib;
- hozirgi va kelajak oldidagi yuksak mas'uliyatni anglagan holda;
- o`zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib,
- demokratiya va ijtimoiy davlat adolatga saloqatini namoyon qilib;
- halqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalarini ustunligini tan
olgan holda;
- respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib;
- insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko`zlab;
- fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlashi maqsadida;
- o`zining muxtor vakillari siymosida O`zbekiston Respublikasining mazkur konstitutsiyasini qabul qiladi».
Yuqorida sanab o`tilgan, ta'kidlangan ustuvor me'yorlar O`zbekistonda huquqiy davlat, erkin fuqaroviy demokratik jamiyat qurish, o`zbek xalqining eng ulug`vor, ezgu maqsadi ekanligini ko`rsatib turibdi.
Shuning uchun ham, O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1995 yildayoq, «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlanib borgan sari boshqaruvning turli hil vazifalarini bevosita xalqqa top shirish, ya'ni o`zini-o`zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir»3 degan edilar.
O`zbekiston Konstitutsiyasi o`tish davrida ham, bugun ham xalqimiz, millatimizning milliy davlatchiligimizni an'analariga tayangan xolda rivojlantirish, davlatchiligimizning konstitutsiyaviy – huquqiy asoslarini yaratish va takomillashtirishga bo`lgan katta ishonchi, mustaqilligimizni zavol topmasligiga bo`lgan cheksiz ishonchi-e'tiqodi ifodasidir. Bu bilan biz nafaqat faxrlanamiz, mamnun bo`lamiz, balki uch ming yillik o`zbek milliy davlatchiligi, o`zbek xalqi o`z ozodligi, erkinligi va mustaqilligini saqlab qolish, muhofaza qilish yo`lida hamon sobit qadam tashlayotganligiga zamin bo`lib, davlatchiligimizning kelajagi bundan-da buyukroq bo`lishiga komil ishonch hosil qilamiz, e'tiqodimiz yanada mustahkamlanadi.
O`zbekiston Konstitutsiyasining muqaddasligi shundaki, u mustabid tuzum, uning mafkuraviy aqidalaridan xalqimiz millatimizni qanday xolos qilish, zamonaviy hayot kechirish, yashash, fikrlashga qanday o`tish, buning uchun esa nafaqat O`zbekistonda mintaqamizda, balki butun dunyoda tinchlikni saqlab qolish, barqaror taraqqiyotimizni davom ettirish, hududiy, etnik, madaniy yaxlitligimiz, bir butunligimiz va daxlsizligimizni ta'minnlash ya'ni tom ma'noda milliy xavfsizligimizni ta'minlash, o`zimiz tanlagan yo`l – taraqiyotning “O`zbek modeli” yo`lidan izchil, og`ishmay va sobiq qadamlik bilan taraqqiy etishimiz yo`llarini ko`rsatib berdi, barqaror taraqqiyotimiz uchun buyuk Konstitutsiyaviy-huquqiy asos, tayanch va pirovard maqsad, nishon bo`lib xizmat qilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining har bir moddasining bandi ana shu holni tubdan bartaraf etish, ijtimoiy adolatni qaror topishiga yo`naltirilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ijtimoiy adolatni qaror toptirish uchun esa qonun ustuvorligi qoidasi O`zbekiston Respublikasining zamonaviy, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyat qurishga o`tish yo`lining besh tamoyilidan biri sifatida e'tirof etildi. Bu esa Konstitutsiya, qonunlarga yuksak itoat, rioya, unga bo`ysunish va ularni bajarish ustuvor talab sifatida taraqqiyotimizning asosiy o`ziga xosligidir.
Konstitutsiyamizning yana bir ijobiy jihati jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, insonning munosib yashashi uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan. Bunda ayniqsa sodir etilga jinoyatlarga belgilanadigan jazoni yumshatish, yengillashtirish (ya'ni liberallashtirish), jazoning iqtisodiy zararni qoplanishiga qarab yumshatilishi, jinoyat oqibatida jabrlanuvchi bilan jinoyatchi o`rtasida agar katta miqdorda zararga yoki davlat, jamiyat asoslariga qarshi bormaganda tomonlarning milliy an'analarimiz ruhida yarashish instituti qayta tiklanishi, yoki bo`lmasa mulkni zo`rlik yo`li bilan musodara etish, oila, bola-chaqa, qarindosh-urug`larni ham qo`shib jazolash usulidan voz kechish, shuningdek, jinoyat uchun muqobil jazo tayinlash kabi muhim yengilliklar Konstitutsiyamiz to`g`ri rivojlanish yo`lida ekanligini ko`rsatadi.
Jamiyat siyosiy va huquqiy tizimini tubdan o`zgartirishning muhim sababchisi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bir qator o`ziga xos xususiyatlarga ega.
1) O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiya umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik hujjatdir. Uning mazmun va mohiyatida avvalo inson omili yotadi. Isbot tariqasida Konstitutsiya normalarida dastlab fuqarolarning huquq va erkinliklari mustahkamlangan bo`lib, davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normalar keyingi ketma ketlikda berilgan. Shuningdek Konstitutsiyamiz eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy tajribasi asosida ishlab chiqilgan.
2) Konstitutsiyamizning o`ziga xos xususiyatlaridan biri mamlakatimizda ko`p partiyaviylik tizimni joriy etilganligini o`zida aks ettirganidir. Haqiqiy demokratik rejimdagi davlatlarning asosiy belgisi jamiyatda ko`ppartiyaviylik tizimining mavjudligidadir. Bu esa shaxslarnig huquqlarini ta'minlanishiga; ozchilikni tashkil etuvchi guruh manfaatlarini ham ruyobga chiqarishga; davlat hokimiyatini amalga oshirishda turli xil g`oyalar va qarashlardan eng maqbulini belgilanishiga hamda amalga oshirilishiga; jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta'minlashga zamin yaratadi.
3) Yangi jamiyatning iqtisodiy asoslarini bozor munosabatlari sari yo`naltirilgan turli mulkchilik shakllari va ularning huquqiy tengligi haqidagi konstitutsiyaviy qoida o`rnatildi va ilk bora xususiy mulk e'tirof etildi. Chunki, xususiy mulk- ushbu mulk egasi bo`lgan fuqaroning, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini, raqobat kurashida faol va samarali ishtirok etishini ta'minlaydigan, oxir oqibat fuqarolarning farovon hayot kechirishlariga sabab bo`ladigan ijtimoiy- iqtisodiy moddiy asosdir.
4) O`zbekiston davlat qurilishi tizimidagi talaygina o`zgarishlar Konstitutsiyada ham o`z aksini topdi. Jumladan, Prezidentlik lavozimi, Ministrlar Soveti o`rniga Vazirlar Mahkamasi birinchi bo`lib O`zbekistonda ta'sis etilib, ijro etuvchi hokimiyatning tizimi bevosita respublika Prezidentiga bo`ysundirildi. Yangi strukturaga asoslangan Parlament-Oliy Majlis tashkil topdi. Parlament islohotlaridan so`ng ikki palatali tizimga o`tildi.
5) O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligini Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.
6) Yagona hukmron mafkurasidan(marksizm-leninizm) va faqat sinfiylikka asoslanishdan voz kechilib, umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi bo`lmasligi mustahkamlandi.
7) Konstitutsiyamizda O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati bo`linish tamoyiliga asolanishi mustahkamlandi. Davlat hokimiyatining asosiy yo`nalishlar bo`yicha izchil taqsimlanishi, bo`linishi, ularning bir-biridan mustaqil, qaram bo`lmagan hokimiyat shakllari sifatida amal qilish talabidir. Ya'ni, qonun chiqaruvchi hokimiyat qonunlarni chiqarishga mas'uldir. Ijroiya hokimiyati esa mazkur qonunlarning muqarrar bajarilishi uchun mas'uldir. Odil sudlov esa jamiyatda odil sudlov, ijtimoiy adolatning muqarrar g`alaba qilish uchun mas'uldir. Hokimiyatlar o`z vakolatlari doirasida tamomilla mustaqil bo`lishlarini, shuningdek ularning Konstitutsiya va qonun ustuvorligini e'tirof etish asosida bir-birlarini o`zaro nazorat qilish yo`li bilan davlat hokimiyatning asosiy yo`nalishlari o`rtasida qudratli kuchlar muvozanati (balansi) vujudga kelishiga sabab ham bo`ladi.
8) O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yana bir o`ziga xos xususiyati barcha fuqarolarga vijdon erkinligini kafolatlab qo`ydi. Endilikda har bir fuqaro hohlagan diniga e'tiqod qilishi yoki hech bir dinga e'tiqod qilmasligi mustahkamlandi. Din davlat siyosatidan ajratildi.
9) O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi mavjudligini va uning konstitutsiyaviy huquqiy maqomini mustahkamladi.
10) Eng ustivor yo`nalishlardan biri- so`z va matbuot erkinligini shuningdek oshkoralikni, jamiyatda o`tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni so`zda yoki qog`ozda emas, amaliy hayotda joriy qilish ekanligini ta'kidlar ekan, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb ko`rsatgan: «Axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, radio, televideniye faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyat asoslarini barpo etishning uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarur»,4 ya'ni «To`rtinchi hokimiyat maqomiga ko`tarilishi talab etiladi».

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə