O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 8,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə622/652
tarix29.11.2023
ölçüsü8,58 Mb.
#141246
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   652
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

21-mavzu. Moliya tizimi va moliyaviy siyosat
Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Moliyaviy munosabatlarning ob’ektlari va 
sub’ektlari. Moliyaning vazifalari. Moliya tizimi va uning bo’g’inlari. Davlat byudjeti va 
uning moliyaviy resurslarni shakllantirishdagi ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi davlat 
byudjetining tuzilishi.
Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularning egri chizig’i. 
Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari, ularning iqtisodiyotga ta’siri. Davlat ichki qarzi. 
Davlat krediti. Davlat tashqi qarzi. 2017-2021 yillarda O’zbekistonda davlat byudjetining 
barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlar va uning vazifalari. Soliq solish tamoyillari. 
Soliq imtiyozlari. Soliqlarning turkumlanishi. Laffer egri chizig’i. Soliq yuki va uning 
darajasini aniqlash. Soliq yukining taqsimlanishi. Moliyaviy siyosat. Fiskal (soliq-byudjet) 
siyosat. 
O’zbekistonda soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish 
hamda unifikatsiya qilish. 
22-mavzu. Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli
Pul muomalasi. Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari. Muomala uchun zarur bo’lgan 
pul miqdorini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillar. Pul muomalasi qonunlari. Pulning 
aylanish tezligi. Pul miqdorini aniqlashga turlicha yondashuvlar. MV=PQ tenglamasining 
amal qilishi. Pul agregatlari. Pul bozorida talab va taklif. Pul taklifi va uning multiplikatori.
Inflyatsiya va uning kelib chiqish sabablari. Inflyatsiya darajasi va sur’ati. Talab va 
taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya turlari: o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya. 
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, Davlatning inflyatsiyaga qarshi siyosati.
Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari. Kredit munosabatlarining ob’ektlari va 


616 
sub’ektlari. Kredit resurslarining manbalari. Kredit berish tamoyillari. Foiz stavkasi va 
uning darajasini aniqlovchi omillar. Kredit-pul tizimini davlat tomonidan tartibga solish.
Banklarning iqtisodiy mazmuni. Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari. 
Tijorat banklari va ularning vazifalari. Bank operatsiyalari va bank foydasining hosil 
bo’lishi. Bank tizimining takomillashtirilishi. IS – LM modelida byudjet-soliq va pul kredit 
siyosati. 
O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi. 
So’mning xarid quvvatini oshirib borish va barqarorligini ta’minlash. Inflyatsiyaga qarshi 
aniq o’ylangan siyosat o’tkazish. Pul miqdorining o’sishini tovarlar va xizmatlar 
miqdorining tegishli darajada o’sishi bilan bog’lab olib borish. Milliy valyuta almashuv 
kursining barqarorligiga erishish. 2017-2021 yillarda ilg’or xalqaro tajribada 
qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada 
takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini 
bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash. 

Yüklə 8,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   618   619   620   621   622   623   624   625   ...   652




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə