O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti “menejment” kafedrasi



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/148
tarix12.04.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#105277
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   148
BIZNESNI REJALASHTIRSH (O\'QUV-USLUBIY MAJMUA)

Rivojlanish strategiyasi
Bugungi kunda kompaniya umumiy maqsadi mahsulotishlab chiqarish 
hajmini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va bozordagi ulushini 
kengaytirishdan iborat. Kompaniya rivojlanish strategiyasi kelajakda ishlab 
chiqarishni diversifikatsiya qilishni ko’zlaydi.
Marketing rivojlanish dasturi. Mahsulotlarining mavjud va yangi turlari 
uchun bozorni nishonga olish va pozitsiyalash strategiyasi dasturi marketing 
aralashuvi komponetlari strategiyasi dizayniga olib keladi. Mahsulot, tarqatish, 
baho va sotuvni rag’batlantirish (4 P strategiyasi) har bir bozor maqsadi uchun 
pozitsiyalash strategiyasini tashkil etish uchun umumlashishi kerak. Bozor 
nishoni uchun pozitsiyalash komponentlari o’rtasidagi munosabat 2 rasmda 
ko’rish mumkin.
Sohadagi raqobat 
Bugungi kunda «INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi raqoobat bozori 
muhitida o’z bozorini kegaytirishga urinmoqda. Yaqinda asosiy raqobatchi 
metal top yopg’iq ishlab chiqarishga ixtisoslashgan - Desk Invest O’zbek 
Avstriya qo’shma korxonasi ishga tushdi.
Bundan tashqari korxona uchun tom yopgich materiallarini ishlab 
chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar bo’lib, ular past baho strategiyasida aholining 
kam to’lov qobiliyatiga ega qismi ehtiyojlarini qondiradilar.
Moliyaviy ko’rsatkichlar 
Moliyaviy ahvoli. Tayyor mahsulotni sotishdan tushgan tushum 1562000 
ming so’m, qo’shilgan qiymat solig’i 259800 ming so’m, sof daromad 1302,2 
mln so’mni tashkil etdi. Sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlarning) ishlab 
chiqarish tannarxi 520900 ming so’m, sotuvdan tushgan sof tushum 781300 
ming sum, Mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan yalpi foyda 
- 21500 ming so’m, ma’muriy harajatlar - 132700 ming sum, yalpi daromad- 
176 535 ming so’m, sof foyda - 161530 ming so’mni tashkil etdi. (2004 yil 
boshiga nisbatan). Kompaniyaning avvalgi ikki yil ko’rsatkichlariga nisbatan 
mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan yalpi foyda va sof 
foyda 282165 ming so’m (2003) va 161530 ming so’mni (mos ravishda) tashkil 
etdi. 
«INTELECT-LTD» qo’shma korxonaning Buxgalteriya balansi, Pul 
oqimlari to’g’risida Hisobot va Pul oqimlari (Moliyaviy natijalar, forma №2) 
ilova qilingan. 
SAVOLLAR: 

Kompaniya sof foydasini kamayganligi sababini qanday izohlaysiz? 

«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi mahsulot sotuvini kuchaytirish 
borasida qanday tavsiyalar bera olasiz?
 

«INTELECT-LTD» qo’shma korxonasi O’zbekiston bozorida qanday 
ma’muriy, investitsion yoki boshqa qarorlarni qabul qilishi kerak deb 
o’ylaysiz?
 


202 

Sifat yoxud miqdor bo’yicha qangday marketing marketing strategiyasini 
taklif qilasiz?

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə