O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi namangan davlat universiteti jismoniy madaniyat kaferdrasi «tasdiqlayman»



Yüklə 7,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/146
tarix23.05.2023
ölçüsü7,06 Mb.
#112204
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   146
UMK 3-kurs Nazariya 2022

 
Baholash mezonlari 
Reyting ishlanmasi 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan 3-kurs talabalari
bilimini nazorat qilish va baholash tizimini tashkil etish 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan talabalar bilimini 
baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2018 yil 
9 avgustdagi 19-2018-sonli ―Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat 
qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi buyrug‘i va 
2020 yil 10 apreldagi ―Oliy ta‘lim muassasalarida o‘quv jarayonini masofaviy 
ta‘lim orqali samarali davom ettirish hamda 2019/2020 o‘quv yilini yakunlash 
to‘g‘risida‖gi 257-son buyruqlariga muvofiq Namangan davlat universitetida 
ishlab chiqilgan ―Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish 
va baholash tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma‖ hamda
2022-2023 o‘quv yili ikkinchi 
kurslari uchun talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha 
tayyorlangan ishlanma asosida amalga oshiriladi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan talabalar bilimini 


199 
nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Oraliq 
nazortlardan 5, 4 va 3 baholarga o‘zlashtirgan talabalar yakuniy nazorat turiga 
kirish huquqiga ega bo‘ladi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan Oraliq nazorat semestr 
davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim 
va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 
(amaliy mashg‘ulotlarda) yoki mashg‘ulotlardan keyin (ma‘ruza mashg‘ulotlarida) 
ham o‘tkaziladi. Bunda oraliq nazorat turi 2 marta o‘tkaziladi. Oraliq nazorat 
(ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha) umumlashtirilganda talaba 3 baholik 
natijaga erishmasa yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi va belgilangan muddatlarda 
topshira olmasa akademik qarzdor hisoblanadi. Baholashda Talabaning 
mashg‘ulotlardagi ishtiroki va faolligi, talabalarning mustaqil ta‘lim topshiriqlarini 
bajarishlarini ham e‘tiborga olinadi. Amaliy mashg‘ulotlar semestr davomida 10 
soatga, seminar mashg‘ulotlari 18 soatga tengligini xisobga olib har bir talaba 
amaliy va seminar mashg‘ulotlar yakuniga qadar kamida 4-5 martadan baholanadi. 
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning 
bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi 
tomonidan yoki markazlashgan holda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini 
qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin. 

Yüklə 7,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə