O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
pedagogika

Axloqiy tarbiya.

 Axloq — ijtimoiy ong shakllaridan biri hisob-

lanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi tartib-

qoidalarining yig‘indisi sifatida gavdalanadi. Xulosa qilib aytganda,

insonning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarga bo‘lgan munosa-

batidan uning axloqi namoyon bo‘ladi. Xalqimiz axloqiy fazilat-

larni qadim zamonlardan beri boyitib kelgan. Axloq-odobga oid

fikrlar „Avesto“ kitobida, qadimgi bitiklarda, pandnomalarda va

boshqa yozma manbalarda o‘z ifodasini topgan.

O‘tmishdagi ulug‘ allomalarning axloq haqidagi ko‘plab fikr-

mulohazalari bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatini

yo‘qotgan emas. Jumladan, qomusiy olim Abu Nasr Forobiy

axloqiy fazilatlar haqida gapirar ekan, uning xislatlari haqida

quyidagi fikrlarni bildiradi:

„1. Bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal

taraqqiy etgan bo‘lishi kerakki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi

bo‘lgan barcha ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin¾

2. Ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko‘z bo‘lmasin,

tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltira-

digan „xursandchilik“lardan jirkanadigan bo‘lsin.

3. Haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on

va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin.

4. G‘ururi va vijdonini qadrlaydigan, uning ruhi o‘z tabiati

bilan past ishlardan yuqori va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin.

5. Dirham, dinor va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish

bilan qarasin.

6. O‘z tabiati bilan adolatni sevadigan va adolat uchun kura-

shuvchi, adolatsizlikka, jabr-zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan

qaraydigan bo‘lsin... adolatli bo‘lsin... .




Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə