O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
pedagogika

Abu Nasr Forobiy.

 Fozil odamlar shahri. Òoshkent. 1993- y.

2

M. Temurova

. Boshlang‘ich ta’lim jurnali. 9—12- sonlar. 1995- y.




17

Mehnat tarbiyasi.

 Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa

o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat

qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali

mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish

mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi

zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani

manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga

hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi.

Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish

jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari,

politexnik ta’lim o‘rganiladi.

Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha

bir qancha xususiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Bulardan

birinchisi: politexnik ta’lim, bu ishlab chiqarishning barcha

sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy asoslarni va  prinsiðlarni, mehnat

ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala

qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi.

Ikkinchisi: bu umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quvchi-

larni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etilishini taqozo

qiladi. Uchinchisi: ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi

ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak,

makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish,

maktab uchastkasida ishlash). Òo‘rtinchisi: o‘z-o‘ziga xizmat qilish.

U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash,

o‘zining ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda,

tartibli saqlashni nazarda tutadi. Beshinchisi: uy mehnati, bu ham

maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-

onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə