O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
pedagogika

Estetik tarbiya.

 Estetik tarbiya san’atdagi, tabiatdagi, qurshab

olgan hayot voqeligidagi go‘zallik vositalari asosida tarbiyalash

bo‘lib, jahon pedagogikasida insonni 



garmonik

 tarbiyalash

vositalaridan biri deb hisoblab kelingan.

Estetik tarbiyaning asosiy vazifasi tabiatdagi, san’atdagi,

hayotdagi go‘zallikni qabul qila olish, tushunish qobiliyatini

tarbiyalash, fahmlash, go‘zallikka rioya qilishga odatlantirishdan

iborat. Estetik tarbiya davomida bola hayotdagi go‘zallikni tushunadi,

go‘zallikni muhofaza qilishga, o‘zi ham go‘zallik yaratishga intiladi.

Umar Xayyom go‘zallik, uning xosiyati xususida fikr yuritib,

shunday deydi: „Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday

2 — Pedagogika



18

aqlga xush keladi. Dunyoda yaxshi narsalar ko‘p, ularni ko‘rib

bahramand bo‘lish odamlarni shod etadi va tabiatlarini pokiza

qiladi, ammo hech narsa go‘zal yuzning o‘rnini bosolmaydi, chunki

go‘zal yuz shunday quvonch baxsh etadiki, boshqa hech qanday

quvonch unga teng kela olmaydi. Aytadilarki, go‘zal yuz dunyoda

saodat sababchisidir.“

1

Estetik tarbiya o‘quvchilarda axloqiy qiyofa, ijobiy xulq-atvor



normalarini tarkib toptirishga, ularning ijodiy qobiliyatlarini

taraqqiy ettirishga ta’sir qiladi.

Boshlang‘ich maktabda ashula, rasm, musiqa, o‘qish darslari,

shu bilan birga, sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan

tadbirlar estetik tarbiya vositasi hisoblanadi.


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə