O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


SHAXS RIVOJLANISHIGA ÒA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
pedagogika

SHAXS RIVOJLANISHIGA ÒA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR

Bola shaxsining rivojlanishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar

ta’sir etadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda,



23

ota-onalarga o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarning

takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bola ota-onasidan meros

shaklida ba’zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochining,

ko‘zining, terisining rangi, bo‘yi-basti va boshqalar) ega bo‘lgan

holda dunyoga keladi. Bular jismoniy xususiyatlardir. Oliy nerv

faoliyatining xususiyatlari ham tug‘ma o‘tadi. Bu fiziologik xususiyat

hisoblanadi.

Akademik I. P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra bola bir qator tug‘ma

xususiyat va instinktlarga ega holda tug‘iladi va bular shartsiz reflekslar

guruhini tashkil etadi. Bular orasida oshqozon refleksi (so‘lak

ajratish), muhofaza refleksi (issiqdan qo‘lni tortish, yorug‘dan

ko‘zini qisish) kabilar alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo bu

xususiyatlar insonga ham, hayvonga ham taalluqlidir. Ayni vaqtda

insonlarga xos bo‘lgan xususiyatlar ham irsiyat yo‘li bilan o‘tadi.

Masalan, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq

rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati — bular tug‘ma imkoniyatlar

bo‘lib, ularning rivojlanishi uchun inson bolasi odamlar orasida

yashab, ular bilan aloqa qilishi darkor. Bu ruhiy imkoniyatlarning

chindan ham rivojlanmog‘i, ro‘yobga chiqmog‘i uchun bola faqat

o‘sibgina qolmay, balki shu o‘sish jarayonida insonlar orasida

yashamog‘i, ulg‘aymog‘i va ijtimoiy hayotda ishtirok etmog‘i kerak.

Chunki inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy

mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Bola nutqni egallashi

uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida,

aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i

kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi

namoyon bo‘ladi. Fiziologiya va psixologiya fanining ko‘rsatishicha,

inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyat-

ning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial

imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan

tug‘iladi. Òug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u

„mudroq“ holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi — rivojlanishi uchun

qulay muhit kerak.

Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat

bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aks holda

yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Shuning uchun pedagogik layoqatning

namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi to‘la-to‘kis hayot

sharoitiga va tarbiyaga bog‘liq.



24


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə