O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


PEDAGOGIKA ÒIZIMINI OPÒIMALLASHÒIRISH



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
pedagogika

PEDAGOGIKA ÒIZIMINI OPÒIMALLASHÒIRISH

Umumiy pedagogika tizimiga mansub bo‘lgan doimiy

umumiy innovatsiya o‘quv-tarbiya jarayonini muvofiqlash-

tirishdir.




74

Optimallashtirish

— ko‘p sonli imkoniyatlardan eng qu-

layini tanlab olish jarayonidir. Shunday murakkab, dinamik

ko‘p qirrali 



perarxik

 pedagogik tizimda minglab variantlar, oqim

va o‘quv-ta’lim faoliyatini tashkil etish, maqsadga erishish

yo‘llari mavjud. Lekin ulardan bittasigina mavjud aniq vaziyat

uchun mos kelishi mumkin. Uni qidirib topish optimallash-

tirishning asosiy vazifalaridir. U mumkin bo‘lgan variantlarni

taqqoslash va boshqa mavjud imkoniyatlarni baholash yo‘li

bilan hal etiladi.

Optimallashtirish deganda, pedagogika tizimi qaysi maq-

sadlar uchun tashkil etilgan bo‘lsa, o‘sha maqsadlarga muno-

sibligi darajasini tushunish mumkin. Bir sharoit uchun

erishilgan muvofiqlik deyarli hech qachon boshqa sharoitlarga

mos kelmaydi, shuning uchun optimallashtirish tushunchasi

aniqlikni talab qiladi. Optimallashtirish umumiy bo‘lishi

mumkin emas, u faqatgina belgilab olingan masalaga nisbatan

yuzaga kelishi mumkin. Shu bilan birga, pedagogika tizimining

qay maqsadi optimallashtirilishi, qay bir ko‘rsatkichlari qo‘-

yilgan maqsad bilan muvofiqligiga erishilishi kerakligini aniq

tasavvur etish zarur. Optimallashtirishning nazariy va amaliy

yo‘nalishlarini farqlay bilish zarur. Optimallashtirish tushun-

chasining sinonimi — nazariy asosdagi muqobillar, hisoblash,

chamalab ko‘rish, taqqoslash, solishtirishdir. Optimallashtirish

amaliy yo‘nalishda yangilik kiritish — qayta tashkil etish, qayta

qurish, uni qo‘yilgan masalalarni yechish uchun eng qulay

holga keltirishdir.

Optimallashtirish masalalarini yechish asosiy o‘lchov

mezonlarini tanlashdan boshlanadi.

Optimallashtirish mezoni — bu rivojlanish jarayoni muqo-

billariga baho berish va ulardan eng yaxshisini tanlab olishni

amalga oshirish uchun asos bo‘lgan belgidir. Mantiqning

mezon — o‘lchovi bir ko‘rsatkichdan iborat bo‘lishi kerakli-

gini talab etishiga qaramay, u pedagogikada har doim kom-

pleks bo‘lib chiqadi. Chunki pedagogika tizimida o‘tib boruvchi

jarayonlar, sabab va oqibatlarni ajratishning iloji bo‘lmaydi.

Oldin ko‘rsatib o‘tilganidek, kerakli natijalarga o‘qituvchi va

o‘quvchilarni  yetarlicha  ish bilan band qilish yo‘llari orqali

erishish mumkin. Lekin ortiqcha vazifalar inson ish qobili-

yatining pasayishiga, sog‘lig‘ining yomonlashishiga olib keladi.

Optimallashtirish uchun o‘lchov — mezonlar kerakligi aniq,



75

faqatgina o‘z imkoniyatlari chegarasida ish olib boruvchi

o‘qituvchi va o‘quvchilarga ortiqcha vazifa yuklanmay, ke-

chayotgan o‘quv-ta’lim jarayonini optimal, deb hisoblash

mumkin. Ilgarigi qoidalarni hali hech kim bekor qilgani yo‘q.

1- sinfda bola uy vazifalarini bajarish uchun 1 soat, 2- sinfda

1,5 soat, 3—4- sinflarda 2 soat, 5—6- sinflarda 2,5 soat, 7-

sinfda 3 soat, 8—9- sinflarda 4 soat sarflashi kerak.

Shunday qilib, o‘quv jarayonini optimallashtirishning

asosiy mezoni sifatida quyidagi ikki ko‘rsatkich bir-biri bilan

bog‘liq holda qo‘llaniladi:

1. Òa’lim-tarbiya jarayonida iloji boricha yuqori natijalarga

erishish.

2. Òurli yoshdagi o‘quvchilarning sinf va uy ishlarini baja-

rishlari, o‘qituvchilarning darsga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun

sarflaydigan vaqtlarini normativlar asosida belgilash.

Optimallashtirishning metodik asosi pedagogik jara-

yonning barcha komponentlari qonuniy o‘zaro aloqalarini

murakkab dinamik tizimlarni boshqarish nazariyasiga tayanib

o‘rganishni talab qiluvchi sistemali yondashish hisoblanadi.

Falsafiy kategoriyalar bo‘yicha optimallashtirish „chegara“,

„o‘lchov“ga asoslanadi. U pedagogik tizimning u yoki bu

tashkil etuvchilarini giðerbolizatsiyalashtirish, faoliyat sur’a-

tini, o‘qitish murakkabligini oshirib yoki pasaytirib yubo-

rishga qarshi chiqadi, aynan ularni qo‘llashga muvofiq che-

gara tanlashni talab etadi.

Pedagogika tizimini optimallashtirishning asosiy meto-

dologik talablari quyidagilardan iborat:

1. Optimallashtirish tartibi butun tizimni birday qamrab

olishi.


2. Optimal muqobillarni tanlashda o‘quv-tarbiya jarayoni

qonuniyatlarining hamma tizimiga tayanish.

3. Òizim tashkil etuvchilarining barchasini optimal-

lashtirish imkoniyatlarini muntazam qayd etib borish.

4. Optimallashtirish ayniqsa dolzarb masalalardan bo‘l-

ganligi uchun ularni yechishda unga yanada takomillashgan

texnologiyani qo‘llab boruvchi, doimiy harakatlanuvchi

innovatsion jarayon sifatida qaraladi.

Shunga e’tibor berish kerakki, optimallashtirish bir to-

mondan pedagogik jarayonning mavjud sharoitga moslashuvini




76

nazarda tutsa, boshqa tomondan o‘zi yangi sharoit yaratib,

unga pedagogik jarayonning moslashuvini talab qiladi. Bu yerda

hech qanday qarama-qarshilik yo‘q, chunki bu ikki jarayon

bir-biri bilan bog‘liq holda yonma-yon boradi. Agar biz bugun

sharoitga moslashsak, bu bizga bog‘liq bo‘lmagan vaziyat bilan

aloqadordir. Lekin pedagog har doim ham ularni muvaffaqiyatli

borishi uchun optimallashtirishga intiladi. Amalda optimal-

lashtirish o‘quvchilar erishgan bilimlari, tarbiyasi, rivojlangan-

lik darajasini belgilangan ko‘rsatkichlar bilan baholashdan

boshlanadi. Odatda, uning aniq, to‘g‘ri baholash darajasi past-

roq bo‘ladi. Bundan so‘ng biroz vaqtdan keyin natijalar o‘sishi

mumkinligi darajasi loyihalashtiriladi. So‘ngra ko‘zlangan

o‘zgarishni ta’minlashga qaratilgan o‘quv-tarbiya choralari tizimi

qo‘llaniladi. Bu ishlar yakunida erishilgan natijalar va jara-

yonlar optimal mavjud bo‘lganlari bilan solishtiriladi, o‘quv-

chi va o‘qituvchi uy vazifasi, sinfdan tashqari ishlar olib

borishga ketkazgan kuchlari, vaqti normativdagisi bilan solish-

tiriladi, optimallashtirish darajasi haqida xulosa chiqariladi.

Optimallashtirish o‘quv-tarbiya qonuniyatlari va asoslari-

dan kelib chiquvchi uslublar tizimi orqali amalga oshiriladi va

aniq choralar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:

Maktab, pedagog va o‘quvchilar faoliyatining quyidagi

darajalari ma’lum:

— yetarli emas, jiddiy (og‘ir, mushkul, yomon ahvol),

tushunarli va optimal.

Optimallashtirish

uslublari tizimi

Masalalarni

ravshanlashtirish

Sharoit bilan

ta’minlash

Masalalarni jamlash,

to‘plash


Sur’atini

tanlash


Òa’limni

differensiatsiyalash

Mazmunini

umumlashtirish

Variant, uslub, vosita,

shaklini tanlash

Mazmunini

birlashtirish

Òarkibini

tanlash



77

Oxirgisini ta’minlash uchun o‘quv jarayonini optimal-

lashtirishning quyidagi asosiy uslublari qo‘llaniladi:

1. Kompleks yondashishli loyihalashtirish, rejalashtirish,

amaliy faoliyat choralarini tanlash, natijalarni baholashda bir

taraflamalikning oldini olish — umumiy talab sifatida.

2. Pedagogika tizimi xususiyatlarini hisobga olgan holda

masalalarni aniqlab olish.

3. Predmetlararo va yo‘nalishlararo bir-biriga optimallash-

tirishda o‘quv-ta’lim jarayonining mazmuni optimal variantini

tanlash, ratsional mazmunan tuzilishini ko‘rish.

4. Qo‘yilgan masalalarni o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajarish

imkonini beruvchi o‘quv-tarbiya jarayonining uslub va shakl-

larini tanlash.

5. Yaxshi tayyorlangan, bo‘sh o‘zlashtirgan hamda boshqa

hamma ta’lim oluvchilarga nisbatan differensial va individual

yondashuvni amalga oshirish.

6. O‘quv-tarbiya faoliyatida boshqarish va o‘zini o‘zi bosh-

qarishni oqilona birga olib borilishi, uning borishini operativ

to‘g‘rilash va tuzatish. Asta-sekinlik bilan ta’lim berish —

mustaqil ilm olishga, tarbiya esa o‘zini o‘zi tarbiyalashga ay-

lanib borishi kerak.

7. O‘quv-tarbiya jarayoni natijalari va ularga o‘rnatilgan

optimal ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishish uchun ketgan vaqt va

mahsulot uchun sarflangan harakatlar nisbati tahlil qilinadi.

Agar o‘quv-tarbiya jarayonini optimallashtirish bo‘yicha

asosiy pedagogik harakatlarni qisqacha yakun qilib olsak, unda

quyidagilarga ega bo‘lamiz:

— masalalarni aniqlash va umumlashtirish;

— generalizatsiya;

— predmetlararo, yo‘nalishlararo muvofiqlik;

— variantlarni solishtirib baholash asosida tanlab olish;

— o‘quv-ta’lim jarayonini differensiatsiyalash va individu-

allashtirish;

— gumanizatsiya (insonparvarlashtirish);

— muhim sharoitlar yaratish;

— boshqarish va o‘zini o‘zi boshqarishning birgalikda olib

borilishi;

— jarayonni o‘z vaqtida tuzatib, tartibga solib turish;

— uning natijalarini belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha

baholash;



78

— yanada murakkab muammolarga o‘tish;

— innovatsion jarayonning muntazamligi va bosqichliligi.

Qadimiylik alomatiga ega bo‘lgan yangilik, aniqrog‘i, eskilik va

yangilik qatlamidan iborat yangiliklar birlashib ilgarigi bilimni

to‘ldiradi va ravshanlashtiradi.

Har qanday vositaning yangiligi vaqt tushunchasida nisbiy

bo‘ladi, biror o‘qituvchi uchun yangi bo‘lgan narsa ikkinchi

o‘qituvchi uchun yangilik bo‘lmaydi. Yangilik har doim aniq

tarixiy ifodaga ega bo‘ladi. Aniq vaqtda yaratilib, aniq tarixiy

bosqich masalalarini yechib, yangilik qisqa vaqt ichida ko‘p-

chilikning odatiy umumiy tajribasi bo‘lib qolishi yoki eskirib

keyingi vaqt yangiligi rivojlanishiga to‘siq bo‘lib qolishi mum-

kin. Masalan, Y. A. Komenskiyning sinf bo‘lib dars o‘tish

ta’lim tizimi, Ibn Sino, Avloniy, Munavvar qorilarning tar-

biya nazariyasi va boshqa yangiliklar o‘z davrining buyuk g‘o-

yalari bo‘lib qoladi, ularni o‘sha vaqtni hisobga olmay o‘rga-

nish va hatto baholash mumkin emas.

Xususiy yangilik, nisbatan, yangilikning zamonaviy turla-

ridan biridir. Xususiy yangilik mahsulot elementlaridan biri —

kundalik zamonaviylashtirish tartibida yangilanishini anglatadi.

Xususiy yangiliklar to‘planib borishi va uning to‘la o‘zgari-

shiga absolut yangilik va radikal yangiliksiz olib kelishi

mumkin.


Shartli yangilik ilgari ma’lum bo‘lgan elementlarning g‘ayri-

oddiy birlashuvi natijasida hosil bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan yangilik

emas, lekin bunday birlashish natijasida murakkab va qayta

ilg‘or tuzilishga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, subyektiv yangilik

ko‘rsatiladi, bunda ushbu subyekt uchun obyekt yangi bo‘ladi.

Predmet va hodisalar bir jamiyat uchun umuman yangi

bo‘lishi va boshqa jamiyat uchun yangi bo‘lmasligi mumkin.

Yangilikning muhim tomoni, u ushbu obyektning ilgari-

gisidan nimasi bilandir farq qilishini taqozo etadi. Masalan,

taklif etilayotgan o‘qitish metodikasi quyidagi qismlarga ajra-

tiladi:

1. Ma’lum bo‘lganini boshqa ko‘rinishga keltirish. Ya’ni

amalda yangilik emas, rasman yangilik.

2. Ilgari ma’lum bo‘lganini sezilmas o‘zgarishlar bilan

qaytarish.

3. Ilgari ma’lum bo‘lganiga aniqlik kiritish, konkretlashtirish.




79

4. Ilgari ma’lum bo‘lganini muhim elementlar bilan

to‘ldirish.

5. Sifatli yangi obyekt yaratish.

Yangilik — bu aynan vosita, innovatsiya esa jarayon, u

ma’lum bosqichlar bo‘yicha rivojlanadi. Innovatikada bu

„yangiliklar kiritishning hayot sikli“ tushunchasida o‘z aksini

topadi.


Birinchi blok — pedagogikada yangilik yaratish bloki, bu

yerda pedagogikada pedagogika yangiliklarini tasniflash, yangilik

yaratish shartlari, yangilik mezoni, yangilikni o‘zlashtirish va

foydalanishga tayyorlik o‘lchovi, odatlar va novatorlik,

pedagogikada yangilik yaratish bosqichlari, yangilik ijodkorlari

kabi kategoriyalar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, peda-

gogikada yangilik kategoriyasi chegarasi nazariyasini ishlab

chiqish katta ahamiyatga ega. Bu tushunchalarni pedagogik

neologiya o‘rganadi.

Ikkinchi blok — yangilikni baholash, o‘zlashtirish va

tushunish bloki: yangilikni o‘zlashtirish jarayoni turlari va

baholash, pedagogik hamkorlik, pedagogikada konservator va

novatorlar, innovatsion muhit, pedagogik birlashmaning yan-

gilikni baholash va qabul qilishga tayyorligi. Bu tushunchalarni

pedagogik aksiologiya o‘rganadi.

Uchinchi blok — yangilikdan foydalanish va qo‘llash bloki.

Ushbu blokda tatbiq etish, yangilikni qo‘llash va foydalanish

turlari va qonuniyatlari o‘rganiladi. Bu tushunchalar bloki

pedagogik praksiologiya deb nomlanuvchi tatbiq etishni o‘r-

ganish bilan bog‘liq.

Pedagogik innovatsiyalar qayta takrorlanish turkumi qo-

nuni mazmunining yangi sharoitda yangilikni qayta tikla-

nishidan iboratdir. Pedagogika va ta’lim tizimi uchun bu o‘ziga

xos xususiyatdir. Shu sababli yangilik nazariyasi va amaliyoti

ko‘pgina qarama-qarshiliklar keltirib chiqaradi, chunki peda-

goglar birlashmasi bunga xuddi ilgari bo‘lgani kabi yondashib,

bu yangilikning takrorlanishi eski emas yoki eskisini yangidan

qayta tiklanishi ekanini sezmaydilar. Òa’lim sohasida pedagogik

adabiyotlarda innovatsion jarayonlarning ikki turi ko‘rsatiladi:

1. Innovatsiya ko‘p jihatdan tabiiy o‘z-o‘zidan sodir bo‘-

ladi, yuzaga keltiruvchi talablarga aniq bog‘lanmay yoki

innovatsion jarayonni amalga oshirish yo‘l va vositalari butun




80

sharoitlar tizimini to‘la tushunmagan holda sodir bo‘ladi. Bu

turdagi innovatsiya har doim ham ilmiy asoslash to‘laligi bilan

bog‘liq bo‘lmay, vaziyat talablari ta’siri bilan empirik asosda

sodir bo‘ladi. Bu turdagi innovatsion jarayonga o‘qituvchi-

novator, tarbiyachi, ota-onalar faoliyatini kiritish mumkn.

2. Òa’lim tizimida ongli ravishda biror maqsadni ko‘zlab,

fanlararo faoliyatda ilmiy tarqala oladigan mahsulot  bo‘lgan

innovatsiya.

Innovatsion jarayonlarning pedagogikada jadallashishi faqat

ijtimoiy buyurtma va nazariy tekshirishlar, novatorona tajribada

ularni amalga oshira oladigan vositalar mavjudligi bilan bog‘liq

bo‘lmay, u pedagogik uyushma ongi doirasidagi muhim

o‘zgarishlarga ham bog‘liqdir.

Òizimli yangilikni kiritishda pedagoglarning psixologik tay-

yorligi juda muhim shartdir. Ayniqsa, buni hozir bizning

maktablarimiz innovatsion jarayonning boshlang‘ich radikal

bosqichi davridan o‘tayotgan, butun jamiyat hayotidagi isloh

qilish bilan yuzaga kelgan pedagogikamiz merosini qayta

tushunish, uni insonparvarlik asoslariga qaytarish davrida

tushunish muhimdir.

Aniq yangiliklar kiritishni o‘rganish bilan bog‘liq muam-

molarni ishlab chiqish zarurligini tushunib, ilmiy qiziqishlar

innovatsion jarayonlar yo‘nalishiga ta’sir etuvchi omillarni

tahlil qilishga qaratildi.

Shu tariqa innovatsiya pedagogik jarayon komponentlari,

pedagogik uyushma faoliyati va uning umumiy tuzilishiga ta’sir

etuvchi katta tizimli samaraga egadir.

Har qanday oddiy yangiliklardan farqli o‘laroq, pedagogik

innovatsiya bolalar shaxsiy va ijodiy jarayonini taklif etadi,

ular butun ta’lim sohasida turli vazifalarni bajaruvchi muta-

xassislar — ekspert, konsultant, loyihalashtiruvchi, yangilik

kiritish bo‘yicha maktab pedagogik ishlarini bajaruvchi o‘qi-

tuvchilarni tayyorlashni o‘z ichiga qamrab oladi.



Òopshiriqlar

1. Pedagogik tizim haqida gapirib bering.

2. Pedagogika amaliyotidan o‘qituvchilarning yangi o‘qitish me-

todlarini so‘zlab bering.



Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə