O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
pedagogika

Savol va topshiriqlar

1. Uzluksiz ta’lim tizimini Siz qanday tushunasiz? Izohlab

bering.

2. O‘zbekiston Respublikasining „Òa’lim  to‘g‘risida“gi qonuni

ta’lim tizimida qanday yangilanishlarga olib keldi? Òa’lim

qonunidagi qoidalarni ochib bering.

3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini Siz qanday tushunasiz?

Aytib bering.




69

VII BOB. 

PEDAGOGIK YANGILIKLAR

KIRIÒISH MAZMUNI

1

 VA YO‘NALISHLARI

PEDAGOGIK ÒIZIM BOSHQARUVINING MAQSAD

VA ÒUZILISHLARI

„Pedagogik tizim“ va „Pedagogik tizimga yangiliklar kiri-

tish“ mazmuni nimadan iborat?

Pedagogik tizim — bu tashkil etuvchilarni birlashtirish

bo‘lib, ular o‘zgarishlar davomida barqarorligicha qolaveradi.

Agar o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir chegaradan

oshib va siljib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi

boshqa xususiyatga ega bo‘lgan tizim yuzaga keladi. „Pedagogik

tizim“(PT) — pedagogik elementlarning juda mustahkam

birlashuvidir.

Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda

quyidagi elementlar muqobillari yig‘indisining o‘zaro bog‘liq-

ligi ko‘rinishidan iborat bo‘ladi:

1. O‘quvchi.

2. Òarbiyaning maqsadi.

3. Òarbiya mazmuni.

4. Òarbiya jarayoni.

5. O‘qituvchilar (yoki ÒSO —ta’limning texnik vositalari).

6. Òarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllari.

Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday

holat va vaziyatda elementlarga detallashtirib, yoyilib

ko‘rsatilishi mumkin.

Bu tizimning tarkibiy tuzilishi to‘la emas, deb hisoblashga

asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydigan

pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlariga, shuningdek,

„natijalar“, „o‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish“, „texno-

logiyalar“dan iborat, deb qaraydilar.

Ular quyidagi 1-jadvaldagi pedagogik tizim modelida ko‘zga

tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz

turkumni tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos

kelishi pedagogik jarayonning ishonchli o‘lchov ko‘rsatkichi

bo‘lib xizmat qiladi.

1

 


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə