O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
pedagogika

OLIY ÒA’LIM

Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asosla-

nadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.

Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari

va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.

Bakalavriat

— mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental

va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom

etadigan tayanch oliy ta’limdir.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so‘ng bitiruvchilarga davlat

attestatsiyasi yakunlariga binoan, kasb bo‘yicha „bakalavr“ darajasi

beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar

faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diðlom topshi-

riladi.

Magistratura

— aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va

amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida

ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

„Magistr“ darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi

magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan

tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ulla-

nish huquqini beradigan diðlom topshiriladi.

Ikki bosqichli oliy ta’lim tizimini tashkil etish va rivojlantirish

uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

5 — Pedagogika



66

— bakalavriat va magistratura uchun davlat ta’lim standartlarini

ishlab chiqish va joriy etish;

— oliy ta’lim muassasalari uchun professor-o‘qituvchi kadrlar

tayyorlash, shu jumladan, chet ellardagi yetakchi o‘quv va ilmiy

markazlarda tayyorlash;

— oliy ta’lim muassasalarida tarkibiy o‘zgartishlar o‘tkazish;

— oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu

muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar

kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat

boshqaruvini joriy etish;

— ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi

ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

— o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda

distansion ta’lim tizimi texnologiyasi, vositalarini ishlab chiqish

va o‘zlashtirish;

— yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning

modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallash-

tirish;

— xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumba-

shariy qadriyatlar asosida ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini

ta’minlash.




Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə