O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
pedagogika

UMUMIY  O‘RÒA  ÒA’LIM

Òo‘qqiz yillik (I—IX sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta

ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang‘ich ta’limni (I—

IV sinflar) qamrab oladi hamda o‘quvchilarning fanlar asoslari

bo‘yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimlarni o‘zlashtirish

ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy

va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy

fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, ijtimoiy fikrlash va atrof-

muhitga ongli munosabatda bo‘lishni va kasb tanlashni shakllantiradi.

Umumiy o‘rta ta’lim tugallanganidan keyin o‘quv fanlari va ular

bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat tomonidan

tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.

Umumiy o‘rta ta’limning yangicha tizimi va mazmunini

shakllantirish uchun quyidagilar zarur:

— maktabning I—IX sinflari doirasida sifatli umumiy o‘rta

ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish

va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan

keyin olinadigan ta’lim dasturlari bilan mantiqiy bog‘liqlik hisobga

olinishi lozim;

— yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;

— hududlarning geografik va demografik xususiyatlariga, shaxs,

jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta’lim

muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;

— o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq

ravishda ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;

— ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini,

zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarni yaratish va o‘quv-tarbiya

jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash;

— o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llaydigan va psixologik-

pedagogik jihatdan maslahatlar beradigan markazlar tarmoqlarini

tashkil etish.


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə