O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


OLIY O‘QUV YURÒIDAN KEYINGI ÒA’LIM



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
pedagogika

OLIY O‘QUV YURÒIDAN KEYINGI ÒA’LIM

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali

ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga,

shaxsning ijodiy ta’lim — kasb-hunar manfaatlarini qanoatlanti-

rishga qaratilgan.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o‘quv yurtlarida va

ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktoran-

tura, mustaqil tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o‘quv yurtidan

keyingi ta’lim bosqichlari (aspirantura, doktorantura) dissertatsiya

himoyasi bilan yakunlanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra tegishli ravishda

fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan

tasdiqlangan namunadagi diðlomlar topshiriladi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qo‘llab-quvvatlash va

rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

— „Ta’lim to‘g‘risida“gi qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy

va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy

pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini

takomillashtirish;



67

— kasb ta’limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy pedagog

kadrlarni hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy

kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

— rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or ta’lim muassasalari va

ilmiy markazlarida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha oliy malakali ilmiy

va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib

berish;


— fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar

bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.




Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə