O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
pedagogika

UO‘Ê:37(075)

KBK 74.00ya722

Ì13

Mavlonova, R. A.

Pedagogika: kasb-hunar kollejlari uchun darslik /

R. A. Mavlonova, O. To‘rayeva, K. Xoliqberdiyev; O‘zR

oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-

hunar ta’limi markazi. – 6- nashri. – T.: „O‘qituvchi“,

2013. – 496 b.

I. To‘rayev, O. II. Xoliqberdiyev, K.

ISBN 978-9943-02-695-7



UO‘Ê:37(075)

KBÊ 74.00ya722

74.00

M13


3

KIRISH

Istiqlol barcha sohalarda bo‘lgani kabi xalq ta’limi sohasida

ham buyuk burilishlar qildi. Endilikda milliy pedagogikamiz jadal

sur’atlarda taraqqiy etayotir. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola

tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Al-Buxoriy, At-Òermiziy,

Beruniy, Az-Zamaxshariy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Abdulla

Avloniy singari ulug‘ olim-u adiblar, fozil-u fuzalolar ta’lim-

tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Ular ta’limdagi milliy

xususiyatlarga  alohida e’tibor berishgan. Mustaqillik yillariga

qadar  ularning pand-o‘gitlari yetarli darajada o‘rganilmadi.

Òarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi nihoyatda

gullab-yashnagan. Olmon olimi Xerler „Sharq Yevropaning

muallimidir“ deganida ana shu rivojlanish davrlarini ko‘zda

tutgandir, ehtimol.

Bobokalonlarimiz yosh avlod tarbiyasi borasida dorilfunun

yaratib qoldirganlar. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi

sanalmish „Avesto“ dan tortib to hozirgi kunda yashab ijod etayot-

gan pedagog-olimlar asarlarida nekbin pedagogik mafkura o‘z aksini

topgani bejiz emas.

Bugungi kun o‘zbek pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik

jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so‘ng-

gi yutuqlarga tayangan holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o‘zbek

pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda

bosh maqsad qilib belgilangan. Bu pedagogika ta’lim-tarbiya

jarayonida  ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok

etishlarini ko‘zda tutadi.

Ma’lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoi-

dalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa ana shu

jarayon avj pallasiga kirdi.  Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy

hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. Modomiki, zamon

jadal sur’atlarda o‘zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu

o‘zgarishlarga hamohang bo‘lmog‘i darkor. Shularni nazarda tut-

gan holda biz ushbu darslikni sharq mutafakkirlari asarlaridan

unumli foydalangan holda yaratdik.

„Òa’lim to‘g‘risida“gi qonun hamda „Kadrlar tayyorlash

Milliy dasturi“da yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi ruhida




4

tarbiyalash, darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni milliy

ta’lim-tarbiya an’analariga asoslanib yaratish masalalari

ko‘tarilgan va shu muammoni hal qilish yo‘l-yo‘riqlari

ko‘rsatilgan. Shu ma’noda mazkur „Pedagogika“ darsligida

tarbiyaning yangicha usullari va metodlari o‘z ifodasini topgan.

Mazkur darslikning  I—XXIV, XXVI, XXVIII—XXXI,

XXXV boblari R. Mavlonova, XXV, XXVII, XXXII—XXXIV

boblari O. Òo‘rayeva, XXXVI—XXXVII boblari esa K. Xoliqber-

diyev tomonidan yozilgan.




5


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə