O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


PEDAGOGIKA — ÒARBIYA  HAQIDAGI FAN



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
pedagogika

PEDAGOGIKA — ÒARBIYA  HAQIDAGI FAN

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga

tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan

kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan tajribalar to‘plangan-

dan keyin o‘sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi

haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.

Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo

bo‘ladi. Ba’zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana bosh-

lagan edi.

Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida,

afsonalarda, dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Ularda rostgo‘ylik,

ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar tarannum etilgan.

„Alpomish“, „Òo‘maris“ kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik,

insonparvarlik tuyg‘ulari ulug‘lanadi. Òa’lim va tarbiya masalalari

hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan.

Ular o‘zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiya-

lash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga

ulush qo‘shganlar. Mashhur hind masali „Kalila va Dimna“,

Nizomulmulkning „Siyosatnoma“, Nosir Xusravning „Saodat-

noma“, „Ro‘shnoyinoma“, Yusuf xos Hojibning „Qutadg‘u

bilik“, Mahmud Koshg‘ariyning „Devon-u lug‘atit turk“, Ahmad

Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko‘pgina asarlari odob-

axloqqa bevosita daxldordir.



7

Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarlarda insonparvar-

lik, halol mehnat, do‘stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak

axloqiy fazilatlar o‘z aksini topgan. Suqrot, Aflotun, Demokrit

kabi buyuk faylasuflar tomonidan murakkab falsafa tizimi

yaratilgan.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi

Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo‘ldi. Uning „Buyuk

didaktika“ asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi

ilmiy asar hisoblanadi. O‘n sakkizinchi asrga kelib O‘rta Osiyoda

ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy,

Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifat jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu

olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq

o‘rtasida ma’rifatni targ‘ib etishda jonkuyarlik qildilar.

Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib bora-

digan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar,

dostonlar, ashulalar, udumlar va topishmoqlarda tarbiya haqidagi

xalq donishmandligi qamrab olingan.

Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda

unumli foydalanilmoqda. Shu bilan birga, pedagogika fani yangi

g‘oyalar evaziga boyimoqda.


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə