O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


PEDAGOGIKANING ILMIY-ÒADQIQOÒ MEÒODI



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
pedagogika

PEDAGOGIKANING ILMIY-ÒADQIQOÒ MEÒODI

Pedagogika o‘z tadqiqot obyektiga va tadqiqot metodlariga ega.

Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham tako-

millashib borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga,

ularni to‘g‘ri hal etish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi.

Hodisa uning taraqqiyoti davomida boshqa hodisalar bilan

bog‘liq holda o‘rganiladi. Miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga o‘tish

daqiqalarida kuzatiladi.



ADABIYOÒLAR BILAN ISHLASH MEÒODI

Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o‘rganish-

dan boshlanadi. O‘rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq

maorifiga aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika

faniga oid bo‘lgan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari,



10

pedagogik matbuot materiallari, darsliklar, o‘quv-metodik ishlan-

malar ham kiradi. Adabiyotlarni o‘rganish metodi muammolarning

qay tomonlari yaxshi ochilganligini, qaysi masalalar hal etilmagani

kabilarni bilish imkoniyatini beradi.

Adabiy manbalar bilan ishlash quyidagi metodlardan foydala-

nishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish, annotatsiya, konspekt-

lashtirish. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi

usullardan biri tanlab olinadi.

Bibliografiya — bu hal etilishi lozim bo‘lgan muammoni tadqiq

etish jarayonida zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati. Adabiy

manbalar bilan ishlash aniq ma’lumotlarni bibliografiya tuzish

yo‘li bilan rasmiylashtirishni talab etadi. Bunda ma’lumotlar

muallifning ism-sharifi, asarning nomi, nashriyot nomi (maqola-

lar uchun jurnal va gazetalarning nomi), manzili va nashr etilgan

yili ko‘rsatiladi.




Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə