O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
pedagogika

Insonning shakllanishi

— bu insonning hayot yo‘li davomida

rivojlanishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, maxsus olib boriladigan

tarbiyaviy ta’sir natijasi hisoblanadi.

Pedagogikada yana bir qancha tushunchalar mavjudki, ular

haqida boshqa boblarni o‘rganish jarayonida fikr yuritiladi.



PEDAGOGIKA FANINING ÒUZILISHI VA UNING BOSHQA

FANLAR BILAN BOG‘LIQLIGI

Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, turli

yo‘nalishlarda bilim hajmining o‘sib borishi fanning tabaqalanib,

turli tarmoqlarga bo‘linishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin o‘tmishda falsafadan ajralib chiqqan pedagogika fanida

ham ko‘pgina tarmoqlarga bo‘linish jarayoni ko‘zga yaqqol

tashlanadi. Ayrim tarmoqlar esa mustaqil fan sifatida shakllanadi.

Masalan, maktab pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi.

Ayrimlari esa fan sifatida endi shakllanib kelmoqda. Kattalar peda-

gogikasi, oliy maktab pedagogikasi shular jumlasidandir. Hozirgi

zamon pedagogikasi ko‘p tarmoqli fan bo‘lib, avvalo tarbiya

ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog‘lanadi.

Pedagogikaning ko‘zi ojiz, aqli zaif, qulog‘i kar — jismoniy kam-

chiliklarga ega bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va ularni hayotga

tayyorlash bilan shug‘ullanadigan yana bir tarmog‘i — maxsus

pedagogika (surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedago-

gika) defektologiya bilan chambarchas bog‘liqdir.

Pedagogika fani tarmoqlariga predmetlarni o‘qitishning

qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan —  metodika ham kiradi. Shu bilan

birga, pedagogika fani boshqa fanlardan ajralgan holda rivojlana

olmaydi. Pedagogikaning tarbiya sohasidagi obyekti o‘sib kelayotgan

yosh avlod bo‘lganligi uchun pedagogika insonni o‘rganuvchi fanlar

bilan bog‘liqdir.

Inson biologik evolutsiyaning mahsuli sifatida biologiya

fanlarining o‘rganadigan obyekti hisoblanadi. Shuning uchun bu

fanlar pedagoglar o‘rganishi lozim bo‘lgan fanlar qatorida o‘quv

rejalariga kiritilgan.



9

Pedagogika fanining metodologik asosini falsafa tashkil etadi.

Chunki tarbiyaning maqsadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

jamoa va shaxs muammolari va shu kabilar ikki fanni birlashtiradi.

Iqtisodiy va, xususan, uning bir bo‘lagi bo‘lgan xalq ta’limi

iqtisodi pedagogika bilan bog‘lanib ketadi. Chunki iqtisodchilarning

olib borgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, ishlab chiqarishning yuksak

samaradorligi umumiy ta’limning yuqori darajada rivojlanganligiga

bog‘liq ekan.

Pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik)

xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun

pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o‘tadigan psixik

jarayonlarning qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlar muhimdir.

Shunga ko‘ra, pedagogikaning psixologiya fani bilan bog‘liqligi

an’anaviy tus olgan.

Keyingi vaqtlarda pedagogikaning kibernetika (muhim dinamik

tizimlarni boshqarishni o‘rganadigan fan) bilan bog‘lanishi ko‘zga

tashlanmoqda. Bu holni kibernetikaning umumiy g‘oyalaridan

ta’limda foydalanish tajribalarini dasturlashtirilgan ta’lim misolida

ko‘rish mumkin.

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘lanish tizimida

etnografiya, xalq pedagogikasi kabilar alohida o‘rin tutadi.

Pedagogika boshqa oraliq fanlar ma’lumotlaridan tayyor holda

foydalanmaydi. Bu ma’lumotlar pedagogik nuqtayi nazardan

tanlovdan o‘tgandan keyin maqsadga muvofiqlashtirilgan holda

amalda joriy etiladi.




Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə