O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
pedagogika

M. P. Podlastniy

. Yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari (ish-

lamasi).



70

Pedagogik tizim boshqaruvining birlashtiruvchi hamma

tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki

ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadirlar.

Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismini

ko‘pincha alohida protsessual omillar birligi sifatida o‘quv-

tarbiya jarayonining texnologiyasi tashkil etadi. Bunday

yondashish pedagogik tizimda ko‘zlangan maqsadga erishishni

ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy-texnologik majmua yara-

tadi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim

texnologik xususiyatga ega. Pedagogik tizimni ana shu belgi

bo‘yicha tarkibiy qismlar ixtiyoriy „to‘plamidan“ ajratib olish

oson. Òexnologiya — bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi

imkoniyatlarni belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan

birga, topshiriqni baholash darajasining o‘zidayoq texnolog

ma’lum jarayonlar hamda hodisalar mexanizmi va aniq taf-

silotlariga tayanadi. Ma’lum jarayonlardan muvaffaqiyat

ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, turfa hodisalar

natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga

oshiriladi.

  Maqsad

Mos  kelishi

Natija

  Pedagog



Boshqaruv

    Ta’lim berish

Texnologiya

  Mazmun


Uslub, shakl

Vosita


O‘quv texnologiyalarini loyihalashtirish metodik tajriba-

larni umumlashtirishdan farqli—„mumkin emas“ degan

xulosani bermaydi. Òexnolog uchun bu faqatgina vaqt va

harakatlar masalasidir. Òexnolog faqatgina puxta tekshirib

ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan dalillarga

asoslanadi. Òexnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan

natijalar bilan ish olib boradi. Òexnologiyaning asosiy vazifasi

aniq kafolatlangan natija olishdir.

Asosiy omilni tushunish qolgan hamma o‘zaro aloqador

elementlar tizimi tartibining mazmunini ochib beradi. Òexno-

g

g

g



g

g

g



g

g

g



g

g



71

logiyada hech bir qismni olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda

ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi ham mumkin emas.

Har doim, ayniqsa, aniq fanlar yo‘nalishi vakillari

orasida pedagoglarni „amorf“ xarakterlari uchun koyib

turuvchilar topiladi va ular har galgidek PÒ modellarini

reviziya qilish va modernizatsiyalashdan boshlaydilar. PÒ ning

har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishish

uchun aniq xususiyatga va imkoniyatlarga ega.

Bu imkoniyatlar tizimning aniq xususiyatlari bilan mus-

tahkam belgilab qo‘yilgan. Biz ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan

daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos PÒ

haqida o‘ylab qo‘yishimiz kerak, uning ishlashi pedagogik

jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlaydi.

Buning natijasida, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada

yuqoriroq samaradorligi har doim pedagogik tizimni takomil-

lashtirish oqibatlaridir. Bu juda murakkab muammo bo‘lib,

uni ishlab chiqishga dunyo fani endi kirishmoqda. Hozirgi

umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatkich  „xara-

jat“ va natijalarni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va bunda

muammoli foydalilikni aniqlash maqsadida iqtisodiy nuqtayi

nazarga o‘tkazish kerak bo‘ladi. Initsiativ va subyektiv baho-

larni noto‘g‘ri deyish oson, lekin bu yerda vaziyatdan chiqish

faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘lmoqda.

Har qanday PÒ ning maksimal umumiy samarasi

tarbiyachilar uchun mumkin bo‘lib tuyulgan, ilgari erishilgan

darajadan pastroq bo‘lmasa, ko‘zlangan maqsadga 100% to‘la

erishilgan hisoblanadi.

Yana bir bor PÒ tuzilishiga nazar tashlaylik: u „yomon“

va „yaxshi“ bo‘lsa-da, PÒ uchun birdir. Uni o‘qituvchi va

o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosa-

batlar o‘rganilganda umumiy xulosa ma’lum — deyarli 50%

o‘qituvchiga, 50% esa o‘quvchiga bog‘liq. Bundan kelib chi-

qadiki, masalan, eng yomon PÒning samaradorligi, aytaylik,

o‘qituvchi hech qanday harakatlarni amalga oshirmagan

holda, ammo tizim ishlasa, 50% dan kam bo‘lmaydi. An’a-

naviy pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsiyenti 60%

dan oshmaydi, deb hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich maktab

tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan kami, ko‘prog‘i esa

dasturni to‘la egallashga erisha oladi degan fikrni bildiradi.




72

Yana bir muhim fikr: tizimning umumiy nazariyasidan

ma’lumki, tizimni birdaniga bir necha parametrlar bo‘yicha

yaxshilash mumkin emas. Òo‘g‘ri yo‘l — yangilikni asta-sekin

uning foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama

tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat. Òaj-

ribalar shuni ko‘rsatadiki, har bir yaratilgan yangilik ol-

diniga, albatta, ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki

o‘rganish va moslashish sustkashlikni yengishi kerak.

Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo‘llari ikkita:

intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish PÒ ni ichki imko-

niyatlar hisobiga, ekstensiv yo‘l esa yangi vositalar, asbob-

uskuna texnologiyalari hisobiga takomillashtirishni ko‘zda tutadi.

PÒ ning intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb

hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida

hamma yo‘llarni sinab ko‘rib bo‘lgan, hozirgi pedagoglar

takrorlash tarbiya mazmuni va vazifasi, mantiqiy chuqur esga

olish, uning birlamchi asoslarini chuqur tushunib borishdan

iborat, deb hisoblaydilar.

G‘arb maktablari oddiy va sodda yo‘l bilan pedagogik mah-

sulotni yangi axborot texnologiyalari orqali vaqtni turli o‘quv

faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi ishlarni differensiatsiyalash va

individuallashtirish hisobiga rivojlanib bormoqda. Shu bilan

pedagogik mahsulot sifati yaxshilanmoqda, lekin ko‘pchilik

mustaqil ekspertlar bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu holat-

dan chiqish yo‘li „èíòåãðèðîâàííûå èííîâàöèè“ (yangi-

liklarni jamlash) deb anglanuvchi, intensiv va ekstensiv yo‘l-

larni birlashtirishga imkon beruvchi PÒ rivojlanishi hisoblanadi.

Bu PÒ ning foydalanilmagan imkoniyatlarini chuqur o‘rga-

nishni talab qiladi, ular turli ko‘rinishdagi, turli xarakterdagi,

turli darajadagi pedagogik tizim va ularni tashkil etuvchilardir.

Bo‘sh joylarini yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab,

PÒ ning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo‘ladi.

Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgan „tashqi“

chora-tadbir bo‘lib ko‘rinmaydi, balki chuqur mazmundagi

talab va tizimni bilish hisoblanadi.

Agar innovatsion talablarga shunday nuqtayi nazar bilan

qaralsa, ularda deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jum-

ladan, eski muammolarni hal etish uchun yangi „retsept“lar

ham yo‘q. Umuman olganda, innovatsion g‘oyalarga insoniyat

taraqqiyoti jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan



73

pedagogik muammolarni hal qilishda ilgari qo‘llanilmagan

nazariy yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan olingan

yuqori natijalarni kiritishga majburmiz.

Pedagogika fanida berilgan g‘oyalarning ishlanganlik

darajasini muvofiqlik jihatlari bo‘yicha umumiy va qisman

innovatsion loyihalar miqdoriga, shuningdek, pedagogik

amaliyotda ulardan foydalanishning tahliliy, umumiy peda-

gogik innovatsiyalariga kiritish imkonini berdi:

1. Pedagogik fan tizimi va pedagogik amaliyotning yangi

bo‘lmagan, biroq doimiy dolzarb va o‘zida o‘quv-tarbiya

jarayonini optimallashtirishning umumiy g‘oyalari va amaliy

texnologiyalarini o‘zida mujassam qilgan.

2. Insonparvarlik pedagogikasiga barcha nazariy qoidalar va

amaliy texnologiyalarning yig‘indisi jamlangan.

3. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yangi

g‘oyaviy yondashuvga asoslangan.

4. Axborotlashtirish ommaviy kommunikatsiyalashning

yangi g‘oyalari va vositalarini qo‘llashga asoslangan texno-

logiyalar innovatsion texnologiyalar hisoblanadi.

Pedagogik tizimdagi innovatsion tuzilmalarning bosh

yo‘nalishlari quyidagilar:

— yaxlit pedagogik tizim;

— o‘quv yurti;

— pedagogika nazariyasi;

— o‘qituvchi;

— o‘quvchilar;

— pedagogik texnologiyalar;

— mazmun;

— shakl, metod va vositalar;

— boshqaruv;

— maqsad va natijalardan iborat.

Òizimosti tuzilmalarining teranligi bo‘yicha innovatsion

yangi kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi

haqida muayyan pedagogik xulosa qilish mumkin.


Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə