O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


INSON KAMOLOÒI VA SHAXSNING RIVOJLANISHIDA



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/66
tarix18.02.2022
ölçüsü465,45 Kb.
#83889
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
pedagogika

INSON KAMOLOÒI VA SHAXSNING RIVOJLANISHIDA

MUHIÒNING ROLI

Inson kamolotiga ta’sir etadigan omillardan biri tashqi muhitdir.

Muhit deganda kishiga tabiiy ta’sir etadigan tashqi voqealar

majmuyi tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila

muhiti (mikromuhit) kiradi.

Òabiiy (geografik) muhit (iqlim, tabiiy sharoit) so‘zsiz inson-

ning hayot tarziga, xarakteriga va mehnat faoliyatiga ta’sir etadi.

Masalan, tropik mintaqada hayot kechirayotgan insonlarning hayot

tarzi uzoq shimoldagi insonlar hayot tarzidan farqlanadi, bu

ularning hayot tarziga va ularning rivojlanishiga ta’sir etadigan qator

omillar bilan isbotlanadi.

Shu bilan birga, inson kamolotida mikromuhit — oila sharoiti

ham katta ta’sir kuchiga ega. Chunki bola ko‘z ochib ota-onasini,

qarindosh-urug‘ini ko‘radi. Uning intensiv jismoniy va psixologik

rivojlanadigan davri oila ta’sirida shakllanadi. Xalqimizda „Qush

uyasida ko‘rganini qiladi“ degan maqol bekorga aytilmagan. Oilaning

hayot tarzi, undagi bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadigan tarbiyaviy

muhit uning kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bola kamolotida ijtimoiy muhit ham muhimdir. Chunki ishlab

chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy

qonun-qoidalar kishiga alohida ta’sir qiladi. Ijtimoiy aloqa, ya’ni

insonlararo o‘zaro munosabat natijasida odam bolasi hayotga va

mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi.

Inson kamolotiga ijtimoiy muhitning ta’siri turli tarixiy davrda

(formatsiyalarda) turlicha bo‘ladi, turli sotsial guruhlarga ham

turlicha ta’sir etadi. Shunday ekan, hozirgi zamon pedagogika fani

muhitga, uning inson rivojlanishidagi ta’sirining roliga alohida

e’tibor beradi. Muhit tushunchasiga kiradigan ijtimoiy hayot

voqealarining shaxsga ta’siri g‘oyat muhim ekanligini ko‘rsatadi va

ijtimoiy muhit abadiy emas, o‘zgaruvchan deb qaraydi. Shuning

uchun muhit inson taqdirini belgilab beradigan omil deb hisob-

lanmaydi. Ammo uning ta’siri ham rad etilmaydi.




Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə