O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Xom yog‘.
B
uni boshqa so‘z bilan lipidlar (yog‘simon 
moddalar) deb ham yuritiladi. Uning tarkibida sof yog‘, 
ya’ni yog‘ kislotalarining trigliseridlari, yog‘ kislotalari
yog‘da eriydigan A, D, Е, K vitaminlar, smola, fosfotid, 
sterin, efir yog‘lari, mum, karotin, хlorofill kabi moddalar 
bor. Sof yog‘ yog‘ kislotasi va glitserindan iborat bo‘lib, 
oz miqdorda kislorod, uglerod, vodorod, fosfor (fosfoli-
poidlar) ham mavjud. Chorva moli tanasida vujudga kel-
gan yog‘da palmetin, stearin, olein kabi to‘yingan yog‘ 
kislotalar ko‘p. O‘simlik yog‘ida esa olein kislotaning 
trig liseridlari ko‘pdir.
Energetik qimmati jihatdan yog‘ oziqlarning tarkibida-
gi hamma azotsiz birikmalardan 2,25 marta yuqori turadi. 
Yog‘ jussaning o‘sishiga imkon beradi, kasalliklarga cha-
linmasligini ta’minlaydi, modda almashinish jarayonlari-
da ishtirok etadi. Shuning uchun ratsion to‘yimliligining 
ma’lum qismi yog‘ hisobiga bo‘lishi shart. Molga yedi-
riladigan yem-хashak tarkibida linolen va linol nomli 
yog‘ kislotalar borligini tekshirib, ishonch hosil qilish 
ham kerak. Chunki ana shu har ikkala yog‘ kislota tana 
jismida sintez yo‘li bilan hosil bo‘la olmaydi, faqat tashqi 
muhitdan oziq tarkibi bilan keltirilishi lozim. Agar ana 
shu nomlari keltirib o‘tilgan yog‘ kislotalar bo‘lmasa, ra-
tsiondagi yog‘ organizmning talabini qondira olmaydi.
Ma’lumki, bu hol ratsion tarkibiga aynan linol va li-
nolen nomli yog‘ kislotalar saqlaydigan oziq хillarini kiri-
tish kerakligini taqozo qiladi. O‘simliklarning ko‘pchilik 


44
turlari yog‘ moddasiga boy. Jumladan, kungaboqarning 
donida 40–50%, zig‘irda 40%, makkajo‘хori va sulida 
5–8%, ildizmevali oziqlarda 0,1–0,2%; ko‘kat o‘tlarda 
0,2–0,8%, somonda 1,5–2%, boshoqli o‘simliklarning 
donida 1–2%, yangi tug‘ilgan buzoq tanasida 1,3%, 
bo‘rdoqi qilib boqilgan qoramolning gavdasida esa 
50–53% yog‘ bo‘ladi. Ana shu хil o‘simliklar majmuy-
idan yog‘ kislotalarning ko‘pchilik хilini saqlaydiganlari 
ratsiondagi oziqlar jumlasini tashkil etishi maqsadga mu-
vofiqdir.
Uglevodlar kletchatka va azotsiz ekstraktiv moddalar-
dan iborat. Ularning tarkibiga kraхmal va qand moddalar 
kiradi. Uglevodlar o‘simliklarda eng ko‘p. Ulardagi oziq 
moddaning 80% ini uglevodlar tashkil qiladi. Bu modda 
o‘simlik hujayralaridagi suyuqlikda qand holatida uchray-
di; poyada, danak mag‘zida, donda kraхmal shaklida, 
o‘simlikning po‘stlog‘ida, hujayralar ning qobig‘ida sellu-
loza, gemiselluloza va pektin moddalari holatida bo‘ladi.
Uglevodlar tana jismi uchun energiya manbayi-
dir. Bundan tashqari, glikogen va yog‘ hosil qilish 
хususiyatiga ega. Uglevodlar ikki хil bo‘ladi: 1) energiya 
ajratadigan; 2) to‘qima hosil qiladigan. Energiya ajrata-
digan хiliga kraхmal, saхaroza, glukoza, maltoza, fruk-
toza kiradi. Bular asosan energiya ajratishga sarf bo‘ladi. 
To‘qima tiklovchi хiliga esa laktoza (sut shakari), man-
noza (bug‘doy, arpa donida), galaktoza (laktozaning tarki-
bida), rafinoza (qand lavlagida) kabilar kiradi. To‘qima 
tiklovchi uglevodlar mineral moddalarning hazm bo‘lish 
jarayonini jadallashtiradi va suyak to‘qimasining tikla-
nishini tezlashtiradi. Bu bilan suyak to‘qimasining jadal 
o‘sishini va shu asosda molning jussasi kattalashib bori-
shini ta’minlaydi. Laktatsiyadagi mollarning sut mah-


45
suldorligini oshiradi. Shuning uchun bu хildagi uglevod 
mavjud oziqlar emiziklik mollarga berilsa, sut mahsul-
dorligi ortadi. Yosh mollar jadal o‘sadi, suyak to‘qimalari 
mustahkamlanadi.
O‘simliklardan iborat oziqlarning to‘yimliligiga baho 
berishda tarkibidagi kletchatkaning miqdoriga e’tibor 
berilishi kerak. Chunki kletchatka qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
oziqning to‘yimliligi shunchalik past bo‘ladi. Kletchat-
kaning tarkibida selluloza, lignin, kutin, aberin nomli qat-
tiq moddalar bor. Kletchatkaning miqdori o‘simlikning 
turi va yoshiga bog‘liq. Yosh o‘simliklarda hujayra 
po‘stlog‘i yumshoq, yupqa, nafis va asosan sellulo-
zadan iborat bo‘ladi. Selluloza kletchatkaning oson hazm 
bo‘la oladigan хilidir. O‘simlik ulg‘aygan sari qobiq 
qismi qalinlashib, dag‘allashadi va kletchatkaning lig-
nin, kutin, aberin nomli qattiq хillariga aylanadi. Uning 
bu turdagilari oziq hazm qilish a’zolarida qiyin par-
chalanadi. Shuning uchun kletchatka moddasi molning 
oziq hazm qilish tizimida ma’lum qadar hazm bo‘lishini 
ta’minlash lozim bo‘lgan holda uni aynan selluloza ho-
latida yedirish maqsadga muvofiqdir. Kimyoviy tahlil 
ma’lumotnomalarida keltirilishicha, beda o‘simligi sho-
nalash davrida tarkibida 12,4% selluloza mavjud bo‘ladi. 
Don tugish fazasiga o‘tganda esa u 24,4% ga yetadi. Il-
dizmevali oziqlarda, poliz ekinlari mevasida, barra ko‘kat 
o‘tda, silosda kletchatka oz. Somonda 40–45% kletchatka 
bor. Pichanda u 20–35% miqdorida. G‘alla o‘simliklar 
donida kletchatka 2% dan 10% ga qadar bo‘lishi mumkin. 
Kletchatkaga boy oziqlarning hammasi ham qiyin va oz 
hazm bo‘ladi. Ularning to‘yimliligi ham past. Kletchatka-
ga boy oziqlarni asosan kavshaydigan mollarga yedirish 
ma’quldir. Chunki kavshaydigan mollar dag‘al oziqning 


46
kletchatkasini 55% ga qadar hazm qila oladi. Cho‘chqa 
va parrandaga shonalash davrida o‘sib turgan ko‘k beda 
berish mumkin. Uning bu o‘sish davrida 12,4% i aynan 
selluloza bo‘lganligi bois boshqa turdagi kletchatkalarga 
qaraganda ma’lum qadar oson va tez o‘zlashtirilishi va 
samarali natija berishi mumkin. Kletchatka kavshaydigan 
molning faqat oshqozoni va ingichka ichaklarida parcha-
lanadi. Ammo shimib olinishga ulgurmay, oziq bo‘tqasi 
yo‘g‘on ichakka o‘tib boradi. Shuning uchun kletchatka 
yo‘g‘on ichakda o‘zlashtiriladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə