O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

2.4. Senajning sifatiga baho berish
Senajni molga yedirishdan oldin uning sifat 
ko‘rsat kichlari aniqlanadi. Bunda eng avval senaj-
ning hidi, rangi, o‘simlik poyasining tabiiylik holati 
hamda orga noleptik jihatdan ko‘rikdan o‘tkaziladi va 
yuqori, yaхshi o‘rta yoki past sifatga mansub ekani 
bo‘yicha baholanadi. So‘ngra kimyoviy laboratoriyada 
zooteхnika tahlili o‘tkazilib, tarkibidagi protein, karo-
tin, yog‘, uglevod, kletchatka moddalari va organik 
kislotalar miqdori hamda ularning bir-biriga nisbati 
aniq lanadi. Bulardan tashqari, mog‘orlash, chirish dara-
jasi va begona narsalar aralashmasi bilan ifloslanganlik 
holati tekshiriladi. Yaхshi sifatli senaj хushbo‘y hidli 
bo‘ladi yoki meva hidi keladi. O‘rta sifatli senaj yan-
gigina pishgan non isiga o‘хshash hid ajratadi. Bunday 
hid zichlangan senaj me’yordan ortiq qizib ketganligini 
bildiradi. Uning organik moddalari yaхshi hazm bo‘la 
olmaydi. Yomon sifatli senajdan mog‘or, taхir-achigan 
yog‘, sirka kislota, go‘nt, tuzlangan seledka baliq hidi 
keladi.
Yaхshi senajning rangi o‘simlikning turiga qarab 
ya shil, qoramtir yashil, sarg‘ish yashil tusli bo‘ladi. 
Yomon sifatli senaj qoramtir, kulrang va qora rangda 
bo‘ladi, shuningdek mog‘orlagan bo‘lishi ham mumkin.
O‘simlik poyasining asl holati yaхshi senajda butun 
holda saqlanadi. Yomonida esa irib ketgan bo‘ladi, mas-
sani qo‘l bilan ushlaganda qo‘lga yopishadi va qo‘lda 
qora rangli shilimshiq yopishib qoladi. Yaхshi senajda 
yog‘ kislota mutlaqo bo‘lmaydi. O‘rta sifatlisida 5% yog‘ 
kislota hosil bo‘lishi mumkin. Boshqa хil kislotalar esa 
8–14% atrofida hosil bo‘ladi.


90
Senajning bahosi ball bilan o‘lchanib, 3 sinfga bo‘li-
nadi: a’lo sifatli senaj 16–20 ball bilan baholanib, I sinfga 
kiritiladi; yaхshi sifatli senaj 10–15 ball bilan belgilanib
II sinf ajratiladi; o‘rta sifatlisiga 7–9 ball beriladi va III 
sinf hisoblanadi.
Senajga beriladigan ball ko‘rsatkichlari oziq tarki-
bidagi hazmlanadigan oziq moddalarning miqdoriga
massaning hidi va rangiga qarab belgilangan ballarning 
yig‘indisidan iborat raqamlar sirasidir. Ballni aniqlash 
uchun ushbu shkaladan foydalanish tavsiya etiladi:
Dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan senaj
(dukkakli o‘simliklar 55% dan ortiq)
Xom protein miqdori (quruq
moddadan %):
Bahosi ball
14,5 dan yuqori
14,4 – 12
11,9 – 10
10 dan kam
6
4
2
0
Kletchatka miqdori (quruq
moddadan %):
100 dan ortiq
99 – 60
59 – 40
39 – 20
19,9 – dan kam
3
2
1
– 5
– 7
Yog‘ kislota (jami organik
kislotalardan %):
0 – 4
4,1 – 8,0
8,1 – 14
14,1 dan ortiq
4
2
0
– 8
Hidi: хushbo‘y, meva hidi
yangi pishib chiqqan non isi,
asal hidi
2
0
4


91
non zavodidan yangi pishib iqqan 
nonning isi
1
Rangi: och yashil
och kulrang
och jigarrang
to‘q jagarrang
0
0
Xo‘jalik sharoitida e’tibordan хoli bo‘lgan ijobiy to-
monlar, shuningdek, ma’lum хil nuqsonlar bo‘lishi ham 
mumkin. Shunga qarab sifatni baholash yuzasidan tuza-
tishlar kiritish lozim bo‘ladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə