O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 232,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix25.03.2018
ölçüsü232,73 Kb.
#33351
1   2   3   4   5   6   7   8   9

11

ga), frontal – ko‘ndalang (o‘ngdan chapga), sagittal (oldindan or-

qaga) o‘qlar ajratiladi. Bu o‘qlardan bo‘g‘imlar harakatini aniq-

lashda foydalaniladi.

Gavda qismlari va a’zolarning joylashi shini aniqlashda butun 

dunyoda qo‘llaniladigan lotin anatomik terminlari qabul qilingan. 

Hozirgi vaqt da qo‘llanilayotgan o‘zbek tilidagi Xalqaro anatomik 

terminologiya 2004-yil 7–8-oktabrda Samarqand shahrida bo‘lib 

o‘tgan O‘zbekiston Morfologlarining III syezdida tasdiqlangan.

Tananing va a’zolarning joylashishini o‘rganishda anatomik ter-

minologiya tarkibiga kiruv chi quyidagi nomlardan foydalaniladi:

Medialis – medial, ichki (o‘rtaliqqa yaqin turuvchi);

Lateralis – lateral, yondagi, o‘rtadan chetdagi;

Intermedius – oraliqdagi;

Internus – ichki;

Externus – tashqi;

Profundus – chuqur;

Superficialis – yuzaki;

Proximalis – proksimal, tanaga yaqin;

Distalis – distal, tanadan uzoq;

Anterior – oldingi;

Posterior – orqa, orqadagi;

Superior – yuqorigi;

Inferior – pastki, pastda turuvchi;

Transversus – ko‘ndalang;

Ventralis – oldingi tomonga (qorin tomonga) qaragan;

Dorsalis – orqa; orqa tomon; dorsal;

Dexter – o‘ng;

Sinister – chap; 

Longitudinalis – bo‘ylama;

Cranialis – bosh tomon, cranial tomon;

Caudalis – quyruq (dum) tomon.

Ba’zi a’zolar (yurak, o‘pka, plevra va boshqalar)ning ta-

na yuza sidagi proyeksiyasini aniqlash uchun tana bo‘ylab verti-

kal yo‘nalgan shartli chiziqlar o‘tkaziladi. Bularga to‘sh chizig‘i 

(linea sternalis) to‘sh suyagi chekkasi bo‘ylab o‘tadi; o‘rta o‘mrov 

chizig‘i (linea medioclavicularis);  oldingi qo‘ltiq osti chizig‘i 

(linea axillaris anterior); o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i (linea axillaris 

media);  orqa qo‘ltiq osti chizig‘i (linea axillaris posterior);  ku-

rak chizig‘i (linea scapularis); umurtqa yon chizig‘i (linea para-

vertebralis) kiradi.



12

UMUMIY QISM

HUJAYRA HAQIDAGI ILM – SITOLOGIYA

Tirik organizm doimo oz‘garuvchan, murakkab bir butun tizim-

ni tash kil qiladi. Tirik odam organizmi hujayralar va hujayralararo 

moddalardan iborat.

Hujayra – tirik organizmning elementar zarrachasi (2-rasm). 

U barcha o‘simlik va hayvonlar organizmlarining tuzilishi, taroq-

qiyoti, hayot va faoliyatining asosidir. Hujayralar shakli, kattaligi, 

ichki tuzilishi va faoliyati bo‘yicha xilma-xildir.

Odam organizmida yassi, sharsimon, ovalsimon, kubsimon, 

priz masimon, piramidasimon, yulduzsimon hujayralar uchraydi. 

Hujayralarning kattaligi birnecha mikrometrdan (kichik limfosit) 

200 mikrometrgacha (tuxum hujayra) bo‘ladi. Hujayra tarkibiga 

oqsillar, uglevodlar, lipidlar, turli tuzlar, fermentlar va suv kiradi. 

Hujayra sitoplazma va o‘zak (yadro)dan tashkil topgan.



Sitoplazma giolaplazma va unda joylashgan organella va kirit-

malardan iborat. Organellalarga mitoxondriyalar, ichki to‘rsimon 

apparat, hujayra markazi, donali va donasiz endoplazmatik to‘r, 

lizo som va boshqalar kiradi. Sitoplazma atrofidagi muhitdan hu-

jayra pardasi (sitolemma) bilan, yadrodan esa yadro pardasi orqa-

li ajraladi. Sito lemma oqsil va lipid molekulalari dan tashkil topgan 

bo‘lib, hi moya, modda almashinuvi, trans port va zifalarini bajara-

di. U atrof-muhitdan har xil mole 

kulalarni hujayra ichiga, y 

oki 


tash qariga o‘tishini ta’minlaydi. 

Organellalar hujayraning doimiy 

max sus qismlari bo‘lib, ular or-

qali u o‘z vazifalarini bajaradi.



2-rasm. Hujayraning tuzilishi:

1–sitolemma; 2–pinositoz

pufakchalari; 3–hujayra markazi;

4–gioplazma; 5–endoplazmatik to‘r; 

6–yadro; 7–yadrocha; 8–perinuklear 

bo‘shliq; 9–goldjini ichki to‘r appa-

rati; 10–mitoxondriya; 11–sekretor 

vakuollalar; 12–ribosomalar;

13–lizosomlar; 14–fagotsitozning 

ketma-ket uch bosqichi.




13

Endoplazmatik to‘r sisterna, qopcha va yassilashgan xaltacha-

lardan hosil bo‘lib, yaxlit uzluksiz tarkibga ega. Ularning devorida 

mayda donachalar – ribasomalar joylashadi. Endoplazmatik to‘rda 

oqsil sintezi ro‘y beradi, unda ribasomalar muhim rol o‘ynaydi. 

Ular oqsil sintezi markazi bo‘lib, sitoplazmada erkin joylashadi 

yoki sitoplaz matik to‘r membranalari bilan bog‘langan bo‘ladi.



Hujayra ichi to‘rsimon apparati yoki Goldji kompleksi xalta-

chalar, pufakchalar, sisterna, naychalar, plastinkalar majmuasi-

dan tash 

kil topgan bo‘lib, biologik membrana bilan chegaralan-

gan. U eritrositlar va epidermisning muguz tanachalaridan tashqa-

ri odam organizmining barcha hujay ralarida uchraydi. Goldji kom-

pleksi tarkibida polisaxaridlar, oqsil-ug le vod komplekslari sintezla-

nib yig‘iladi, so‘ngra hujayradan chiqariladi.



Mitoxondriyalar ikki membranali organellalar bo‘lib, ular ora-

sida membranalararo bo‘shliq joylashgan. Ichki membrana ko‘plab 

burmalar yoki kristallar

 

hosil qiladi. Ular vositasida ichki mem-



brana yuzasi birnecha marta kattalashadi. Mitoxondriyalar lipopro-

teudlardan tashkil topgan bo‘lib, fermentlarga juda boy. Ular hujay-

raning nafas olish jarayonida ishtirok etadigan hujayra energetik ti-

zimi hisoblanadi. Ular tashqi ta’sirotlar: muhit reaksiyasiga, osmatik 

bosim, harorat va boshqalarga juda sezuv chan.

Sitomarkaz yoki hujayra markazi sharsimon zich tana – sen-

trosferadan tuzilgan. Uning ichida yotgan ikkita zich tanacha – 

sentriolalar o‘zaro perimichkalar bilan bog‘langan. Ba’zi hujayra-

larda sentriolalardan nursimon sfera (sharni) hosil qiluvchi ingich-

ka tutamlar tarqaladi. Hujayra markazi yadrodan muayyan maso-

fada joylashib, u hujayra bo‘linishida ishtirok etadi.



Lizosomalar oval yoki yumaloq shaklda, tarkibida nozik dona-

chalar tutuvchi tuzilmadir. Ular membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, 

gidrolitik faollikka ega. Ularni hujayralarni fagositar faolligi bilan 

bog‘laydilar.



Gialoplazma  – sitoplazmaning asosiy plazmasi bo‘lib, hujayra-

ning asl ichki muhiti hisoblanadi. Hujayra ichi kiritmalari gialop-

lazma bilan bog‘langan. Trofik kiritmalar – oqsil, yog‘, glikogen, 

vitaminlar, pigment va ekskretor kiritmalar tafovut qilinadi.



Yadro odamning eritrosit va trombositlaridan tashqari barcha 

hujayralarida uchraydi. Yadro tarkibida DNK tutadi va u orqali 

yadro irsiy axborotni saqlash, uni yangi hujayralarga uzatish vazi-

fasini bajaradi. Shu bilan birga, yadro oqsil sintezida qatnashuvchi 




Yüklə 232,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə