O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 232,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix25.03.2018
ölçüsü232,73 Kb.
#33351
1   2   3   4   5   6   7   8   9

14

ribonuklein kislotasi va ribosomalar materiali hosil bo‘lishida qat-

nashadi. Yadro hujayra markazida joylashgan va u sitoplazmadan 

qobiq orqali ajralgan. Yadro ko‘pincha, sharsimon yoki cho‘zin-

choq shaklda bo‘lib, ba’zida boshqa shakllarda ham uchraydi. Yad-

roning kattaligi 3 mkm dan 25 mkm gacha keladi. Eng katta yadro 

tuxum hujayrada bo‘ladi. Odamning ko‘pchilik hujayralari bir yad-

roli, lekin ikki yadroli (gepatositlar, kardiomiositlar) va ko‘p yad-

rolilari (mushak tolalari) ham uchraydi. Yadroda yadro pardasi, 

xromatin, yadrocha va nukleoplaz 

malar tafovut qilinadi. Yadro 

pardasi yoki karioteka, ichki va tash qi yadro membranalaridan tas-

hkil top gan bo‘lib, sitoplazma va yad roning tarkibiy qismlarini bir-

biridan ajratib turadi. Yadro pardasida juda ko‘p mayda mikropo-

ralar bo‘lib, ular orqali yadro va sitop lazma orasida yirik moleku-

lalar va ularning qismlari o‘zaro almashinadi. Yadroning tarkibiy 

qismi suyuq, unda bitta yoki bir nechta zich tanachalar – yadro-

chalar tiniq karioplazmada joylashadi. Yadro karioplaz masida ya-

na xromatin ham uchraydi. Yadroning asosiy massasini murak-

kab yadro oqsillari – nukleoproteidlar tashkil etadi: yad rocha ri-

bonukleoproteidlar, karioplazma esa dezoksiribonukleoproteidlar-

dan iborat.

Hujayra muhim hayotiy: modda almashinishi, ta’sirlanuvchan-

lik va ko‘payish xususiyatlariga ega. Ko‘p hujayrali organizmda u 

organizmning ichki muhiti deb ataladigan qon va limfada yashay-

di. Bu muhitdan hujayra ichiga hujayra pardasi orqali har xil mod-

dalar, ya’ni hujayraning tuzilishi uchun kerakli noorganik tuzlar, 

suv, vitaminlar, gormonlar va oksidlanish uchun kerakli kislorod 

kiradi. Glikoliz jarayoni kislorodsiz kechadi. Hujayrani hayot fao-

liyatining chiqindilari uning pardasi orqali chiqarib turiladi. Hu-

jayraning mo‘tadil hayot faoliyati atrof-muhitdagi tuzlarni ma’lum 

konsentratsiyasida o‘tadi. Odam hujayralari uchun bu konsentra-

tsiya taxminan 0,9 %ga teng. Tuzlarning konsentratsiyasi osh ganda 

(gipertonik muhit) suv hujayradan tashqariga chiqadi va hujayra 

burishib qoladi, aksincha, kamayganda (gipotonik muhitda) suv 

hujayra sitoplazmasiga kirib, unung shishishi kuzatiladi. Hujay-

ra faoliyatining ko‘rinish laridan biri undagi sekretsiyadir. Hujay-

ralar shilimshiqsimon modda (mitsin va mukoidlarni) ajratadi. U 

esa to‘qimalarni mexanik shikastlanishdan himoya qiladi, hujayra-

lararo moddalar shakllanishida ishtirok etadi. 

Hujayralarning tashqi muhit ta’siriga o‘z faoliyatining max-



15

sus ko‘rinishi orqali javob berishi qo‘zg‘aluvchanlik deb ataladi. 

Mu shak, nerv, bez to‘qimalarda ta’sirga javob sifatida qo‘zg‘aluv-

chanlik yuz beradi. Hujayraning harakati xilma-xil bo‘ladi. Eng 

ko‘p tarqalgani amyobasimon harakat hisoblanadi. Bunda harakat 

yo‘nalishida bo‘rtma – yolg‘on oyoqchalar hosil bo‘ladi.

 

Bunday 


ha rakat

 

leykositlar va makrofaglarga (gistiositlarga) xos. Sirpanuv-



chan harakat yol g‘on oyoq chalarsiz amalga oshadi. Bunday hara-

katni fibroblastlarda ko‘rish mumkin. Juda yuqori tezlikdagi ha-

rakatni hujayralarning tana o‘simtalari – kiprikcha va xuvchinlar 

amalga oshiradi. Erkaklar jinsiy hujayrasining harakati natijasida 

urug‘lanish amalga oshadi. 

Pusht organizmining o‘sishi hujayralar miqdorini bo‘linish yo‘li 

bilan ko‘payishi hisobiga bo‘ladi. Odam organizmida hujayralar-

ning asosiy bo‘linish usullari bo‘lib mitoz, meyoz va amitoz hisob-

lanadi.

Hujayralarning mitotik bo‘linishi organizmda hujayralar sonini 



oshishiga va organizmni o‘sishiga olib keladi. (3-rasm). Mitozda 

hujayraning bo‘linishi yadro moddasini (xromatinni) ikkita qiz hu-

jayralar orasida teng taqsimlanishini ta’minlaydi. Bunda bo‘linish 

bosh lanishida yadrodagi barcha xromatin xromosomalarda to‘pla-

nadi, so‘ngra ular ikki bo‘lakka ajraladi. Xromosomalarni yarmi 

ikki qiz hujayralar bo‘ylab tarqaladi va ularning yadrolarida xro-

matinni shakllantiradi. Mitoz 30 

daqiqadan 3 soatgach davom eta-

di. Mitotik bo‘linishda to‘rtta fa-

za: profaza, metafaza, anafaza va 

telofaza tafovut qilinadi. 

Profazada yadroda tayoqsi-



3-rasm. Hujayralarning bo‘linishi. 

Mitozning bosqichlari.

H–interfaza; B–profaza;

D–metafaza; E–anafaza;

F–telofaza; G–kechki telofaza.

1–yadro; 2–hujayra markazi;

3–hujayralar bo‘linishning duki;

4–xromosomlar; 5–uzluksiz mikro-

naychalar; 6–hujayra markazi; 7–hu-

jayralarning bo‘linish egati; 8–yadroni 

hosil bo‘lishi.




16

mon yoki yumaloq xromosomalar shakl 

lanadi. Hujayra markazi 

hajmi kattalashadi va yadroga yaqin joylashadi. Uning sentriolalari 

bir-biridan uzoqlashib sentrosferaning periferik qismida joylasha-

di. Xromosomalarning shakllanishi va yad rochaning yo‘qolishi bi-

lah profaza yakunlanadi.

Metafazada xromosomalar parchalanib, yadro qobig‘i yo‘qo-

lishi natijasida xromosomalar sitoplazmada erkin joylashadi. Hu-

jayra markazi duksimon shaklni olib, hujayraning o‘qi bo‘ylab 

joylashadi. Xromosomalar ekvator bo‘ylab bo‘linayotgan hu-

jayraning sathini egallagan ekvatorial plastinka deb ataluvchi 

duklarni hosil qiladi. Metafaza har bir xromosomada bo‘ylama 

yoriq hosil bo‘lish bilan tugaydi.

Anafazada ona xromosomalarini ajralishidan hosil bo‘lgan qiz 

xromosomalari sentriola duklari

 

qutblarga tarqalib, ikkita bir xil-



dagi kompleks hosil qiladi.

Telofazada qiz yadrolari shakllanadi va hujayra tanasining ikki-

ga bo‘linishi, ekvotorial plastinka bo‘ylab hujayra markaziy qismini 

ingichkalashuvi natijasida yuz beradi.

Mitozda yadro o‘zgarishlaridan tashqari sitoplazmadagi or-

ganellalarda ham bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Mitotik 

bo‘linish orqali qiz hujayralar ona hujayraga mos xromosomalar 

to‘plamiga ega bo‘ladi. Mitoz genetik turg‘unlikni ta’minlaydi, hu-

jayralar sonini oshishini, orga nizmni o‘sishini va regenratsiya ja-

rayonlarini ta’minlaydi.

Jinsiy hujayralar meyoz yo‘li bilan bo‘linadi. Bu hujayralar-

ni bo‘ linishi natijasida genetik axborotni uzatishda muhim aha-

miyat kasb etuv chi, yangi bir karrali (goploid) xromosoma to‘pla-

miga ega hujayralar hosil bo‘ladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi bilan 

ayollar jinsiy hujayralarining qo‘shilishida (urug‘lanish) xromo-

somalar to‘plami ikkiga ko‘payadi va to‘liq ikki karrali (diploi-

dli) bo‘lib qoladi. Diploid li zigotada ikkita bir xil xromosomalar 

to‘plami mavjud. Odamda dip loid xromosomalar soni 46 ga teng. 

Diploid hujayraning (zigotaning) har bir gomologik xromosoma-

lar jufti tuxum hujayrani yadrosidan va spermatozoid yadrosidan 

hosil bo‘ladi. Yetuk organizmning jinsiy hujayralarida kechadigan 

meyoz natijasida har bir hujayrada juft gomologik xromosomalar-

dan bittasi qiz hujayralarida namoyon bo‘ladi. Bu meyozda DNK 

replikatsiyasi va yadroni ikki marta ketma-ket bo‘linishi oqiba-

tida bitta diploid hujayradan ikkita gaploid hujayra hosil bo‘lga-



Yüklə 232,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə