O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 232,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix25.03.2018
ölçüsü232,73 Kb.
#33351
1   2   3   4   5   6   7   8   9

17

ni uchun amalga osha di. Har bir qiz hujayrada xromosomalar so-

ni ona hujayra yadrosiga nisbatan (46) ikki marta kam – 23 ta 

bo‘ladi. Bu hujayralarda xromosomalar soni nafaqat ikki marta 

kamayadi, balki ularda xromosomalardagi genlarning joylashishi 

ham o‘zgaradi. Shuning uchun yangi organizm nafaqat ota-ona 

belgilarini yig‘indisini, balki xususiy alomatlarni ham o‘zida mu-

jassamlashtiradi.

Amitoz organizmni barcha to‘qimalarida uchraydi. Bu bo‘li-

nish yad rochani ingichkalashib bo‘linishidan boshlanadi. Avval 

yadro ikki qism ga bo‘linadi, so‘ngra sitoplazma.

TO‘QIMALAR HAQIDAGI ILM

Odam organizmi to‘qimalardan tashkil topgan. To‘qimalar – 

kelib chiqishi, tuzilishi va faoliyati jihatidan bir xil bo‘lgan hu-

jayra va hujayradan tashqari moddalarning tarixan tashkil topgan 

yig‘indisidan iborat. Organizmda 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, 

mushak va nerv to‘qima tafovut qilinadi.

Har bir a’zo tarkibiga o‘zaro jips bog‘langan turli to‘qimalar 

kiradi. Odam hayoti davomida hujayra va hujayra bo‘lmagan ele-

mentlar ishdan chiqishi va o‘lishi (fiziologik degenratsiya) va ular-

ning tiklanishi (fiziologik regenratsiya) ro‘y beradi. Bu jarayonlar 

turli to‘qimalarda turlicha kechadi. Hayot davomida barcha to‘qi-

malarda sekin kechuvchi yoshga qarab o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. 

Epiteliy, biriktiruvchi, ko‘ndalang targ‘il mushak to‘qimalar shi-

kastlanganda yaxshi va tez tiklansa, silliq mushak to‘qima ma’lum 

bir sharoitda tiklanadi. Nerv to‘qimada faqat nerv tolalari tikla-

nadi. To‘qimalarni shikastlanganda tiklanishini reparativ regenrat-

siya deb ataladi.

     


Epiteliy to‘qima

Epiteliy to‘qima bazal membranada yotgan hujayralar qat-

lamidan iborat bo‘lib, uning ostida yumshoq tolali biriktiruvchi 

to‘qima joylash gan. Bu hujayralar tana yuzasi (teri) va shilliq par-

dalarni qoplab, organizmni tashqi muhitdan ajratib himoya va-

zifasini bajaradi va organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida mod-

da almashinuvida ishtirok etadi. Bundan tashqari epiteliy ichki 

va tash 


qi sekretsiya bezlarini bez to‘qimasini ham hosil qiladi. 


18

Bezlarni hosil qiluv chi bez epiteliyi o‘zidan suyuqlik (gormonlar) 

ajratish xususiyatiga ega bo‘lib, ular tashqi muhitga yoki qon va 

lim faga quyiladi. Hujayralarning organizmni yashashi uchun ke-

rak bo‘lgan moddalarni ish lab chiqarish xususiyati sekretsiya deyi-

lib, bunday epiteliy sekretor epiteliy deyiladi.

Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashib, uning ostida 

yotgan bo‘sh biriktiruvchi to‘qimadan ajralib turadi. Taraqqiyo-

ti va vazifasiga qarab epiteliy turli tuzilishga ega bo‘ladi va yuqori 

qayta tiklanish xususiyati bilan ajralib turadi.

Epiteliy ko‘p qavatli (shoxlanuchi, shoxlanmaydigan va o‘zga-

ruvchan) va bir qavatli (silindrik, kubsimon, yassi) bo‘ladi.  Ko‘p 

qavatli yassi shoxlanuvchi epiteliy teri ustini qoplaydi va epider mis 

deyiladi.

Ko‘p qavatli yassi shoxlanmaydigan epiteliy (4-rasm) ko‘zning 

shox pardasini, og‘iz bo‘shlig‘i va qizilo‘ngachning shilliq parda-

sini qop laydi.

O‘zgaruvchan epiteliy siydik ayiruv a’zolarining shilliq par-

dasini qoplaydi.  Bir qavatli silindrik epiteliy oshqozon va na-

fas yo‘llari shilliq pardasini qoplaydi. Bir qavatli kubsimon epite-

liy (5-rasm) buyrak naychalari va bezlarning chiqaruv naychalari-

ni qoplaydi. Bir qavatli yassi epiteliy qorinparda, plera, pericardni 

yuzasini qop laydi va mezoteliy deb ataladi.

U orqali qorinparda, plevra, perikard bo‘shliqlaridagi suyuqlik 

bilan mezoteliy ostidagi biriktiruvchi to‘qimada joylashgan qon to-

mirlardagi qon o‘rtasida modda almashinuvi ro‘y beradi.



Bezlar (6-rasm) organizmda su yuqlik ishlab chiqarish vazifasi-

ni bajaradi.

Tashqi sekretsiya yoki ekzokrin bez-

lar va ichki sekretsiya yoki endokrin bez-

lar tafovut qilinadi. Ichki sekretsiya bez-

lari o‘z suyuq ligini bevosita qonga yoki 

limfaga quyadi. Tashqi sekretsiya bezlari 

o‘zi ning ishlab chiqargan suyuq ligini tur-

li bo‘shliqlarga yoki tana yuzasiga chiqa-

radi. Ekzokrin bezlar qaysi a’zo va tizi-



4-rasm. Ko‘p qavatli yassi shoxlanmaydigan 

epiteliy. 1–yuza qavat; 2–bazal qavat;

3–shilliq pardaning xususiy qatlami.




19

mlarning tarkibiga kirishiga qarab turli 

vazifani bajaradi. Ekzokrin bezlar tur-

licha bo‘lib, ularning ko‘p chiligi ko‘p 

hujayralidir. Ularda sekretor qismi va 

chiqaruv nayi tafovut qilinadi.

Sekretor qismi suyuqlik ishlab chi -

qaruvchi hujayralardan iborat bo‘ 

 ladi. 

Sekretor qismining shakliga qarab nay-



simon, alveolyar, naysimon-alveolyar 

bezlar tafovut qilinadi. Chi qaruv nayi-

ning tuzilishiga qarab oddiy va mu-

rakkab bezlar tafovut qili 

nadi. Ishlab 

chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab 

shilliq, oqsil, aralash (oqsil-shilliq) va 

moy bezlari tafovut qilinadi.

Suyuqlikni qanday hosil bo‘lishi va 

hujayralardan qanday ajralishiga qarab 

merokrin, apokrin, golokrin bezlar ta-

fovut qilinadi.

Merokrin bezlar suyuqlikni nay 

 ga 


sekretor hujayralarning sitoplaz 

masini 


parchalamasdan turib chi qaradi. Apo-

krin bezlarda sekretor hujayralarning 

sitoplazmasi qisman buziladi. Sekre-

tsiya jarayonida hujayraning apikal qismi buzilib suyuqlik tarkibi-

ga kiradi. Keyingi bosqichda buzilgan hujayra tiklanadi. Golokrin 

bezlarda suyuqlik ajralishi hujayraning o‘lishi bilan kuzatiladi.



5-rasm. Bir qavali epiteliy-

ning turlari:

H–silindrsimon; B–kubsi-

mon; D–yassi; 1–epiteliy; 

2–epiteliy osti biriktiruvchi 

to‘qima.

6-rasm. Ekzokrin bezlarning turlari:

H–oddiy naysimon bez; B–oddiy alveolyar bez; D–boshlang‘ich qismi 

shoxlangan naysimon bez; E–boshlang‘ich qismi shoxlangan alveolyar bez;

F–boshlang‘ich qismi shoxlangan murakkab alveolyar-naysimon bez.




Yüklə 232,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə