26
ra tanasi va dendritlarda joyla-
shadi. U hujayralarning funksio-
nal holatiga qarab o‘zgarib tura-
di. Haddan tashqari qo‘zg‘alish,
shikastlanish, kislorod yetishmo-
vchiligi bo‘lganida u parchala-
nadi va yo‘qoladi. Neyrofibrillar
hujayra tanasida to‘r hosil qilsa,
o‘siq larda tolalar yonida bir-bi-
riga parallel yotadi.
Neyrogliya turli shakl va ha-
jmdagi hujayralardan iborat bo‘-
lib, ikki guruhga: makrogliya
(gliositlar) va mikrogliyaga (glial
makrofaglar) bo‘linadi. Gliosit-
lar ichida ependimositlar, astro-
sitlar va oligodendrositlar tafovut
qilinadi. Ependimositlar orqa miya kanali va bosh miya qorincha-
larini qoplaydi.
Hstrositlar markaziy nerv tizimining tayanch ap-
paratini hosil qiladi. Oligodendrositlar markaziy va periferik nerv
tizimi nerv hujayralari tanasini o‘rab, nerv tolalari pardasini hosil
qiladi va nerv oxirlari tarkibiga kiradi. Mikrogliya hujayralari yoki
glial makrofag lar harakatchan bo‘lib fagositoz qiladi.
Pardalar bilan o‘ralgan nerv hujayralarining o‘siqlari nerv to-
lalari deb ataladi. Nerv tolalarining pardalari neyrolemmositlar
yoki shvann hujayralaridan hosil bo‘ladi. Pardasining tuzilishiga
qarab mielinli va mielinsiz nervlar tafovut qilinadi. Biriktiruvchi
to‘qima bilan qoplangan mielinli va mielinsiz nerv tolalari dasta-
si nerv poyalari yoki nervlarni hosil qiladi. Nervlarni o‘ragan bi-
riktiruvchi to‘qima epinevriy, nerv dastalarini o‘ragani – peri-
nevriy, alohida nerv tolasini o‘ragani – endonevriy deb ataladi.
Nerv tolalari oxirgi apparat – nerv uchlari bo‘lib tugaydi. Fao-
liyatiga qarab uch guruh nerv uchlari: sezuvchi yoki retseptorlar,
harakatlantiruv chi va sekretor yoki effektorlar va boshqa neyron-
larda tugovchi uchlar – neyronlararo sinaps tafovut qilinadi.
Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar) sezuvchi neyronlarning
dendritlari shoxlarida hosil bo‘ladi. Joylashgan joyiga qarab ret-
septorlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1. Eksteroretseptorlar tashqi muhitdan ta’sirotlarni qabul
13-rasm. Nerv hujayraning turlari
1–bipolyar neyronlar; 2–soxta
unipolyar neyron; 3–multipolyar
neyron.
27
qila di. Ular teri va shilliq pardalar hamda sezgi a’zolarida joy-
lashgan.
2. Interoretseptorlar organizmning ichki muhitini kimyoviy
tarkibi o‘zgarganda ichki a’zolardan ta’sirotni qabul qiladi.
3. Proprioretseptorlar mushak, pay, fassiya, boylam va bo‘g‘im
xaltasidan ta’sirotni qabul qiladi.
Effektorlar ikki xil: harakatlantiruvchi va sekretor bo‘ladi. Ha-
rakatlantiruvchi nerv oxiri harakatlantiruvchi hujayralarning ney-
ritlarini mushak to‘qimadagi oxirgi shoxlari bo‘lib, nerv-mushak
uchi deb ataladi. Sekretor nerv oxiri bezlarda nerv-bez uchini ho-
sil qiladi. Bu nerv uchlari nerv – to‘qima sinapsini tashkil qiladi.
Nerv hujayralari o‘rtasidagi bog‘lanish sinapslar vositasida
bo‘ladi. Ular bir hujayraning neyritini oxirgi shoxlarini, bosh-
qa hujayra tanasi dendriti yoki aksoni o‘rtasida bo‘ladi. Sinaps-
da nerv impulsi faqat bir yo‘nalishda o‘tadi. Nerv tizimining turli
qismlarida ular turlicha tuzilgan.
ODAM EMBRIOLOGIYASI ASOSLARI
Pusht (embrion) – bu organizm bo‘lib, u tuxum pardalari
ichida yoki ona organizmi ichida rivojlanadi. Pusht yoki embrio-
nal taroq qiyot bu individual taroqqiyotning erta davri bo‘lib, un-
da urug‘lanish dan boshlab tug‘ilgunicha yoki tuxum pardalaridan
chiqishigacha bo‘lgan davr tushuniladi.
Odamda ona qornida rivojlanish o‘rtacha 280 kun yoki 10 oy
davom etadi. Akusherlik amaliyotida pusht (embrion) deb ona
qornida birinchi 2 oyda rivojlangan organizmga aytiladi, III oy-
dan to X oygacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish homila yoki fetal
davr deb ataladi.
Jinsiy hujayralar va urug‘lanish
Jinsiy hujayralar yangi organizmlarning paydo bo‘lishi man-
bayi bo‘lib hisoblanadi. Yangi organizm hosil bo‘lishi uchun
erkak va ayol jinsiy hujayralari qo‘shilishi lozim. Bu jarayon
urug‘lanish deb ataladi. Erkaklar jinsiy hujayrasi spermiy yoki
spermatozoid, ayollar jinsiy hujayrasi esa – tuxum hujayra deb
ataladi. Odamning tuxum hujayrasi – yirik harakatsiz bo‘lib,
spermiy o‘lchamidan 100 marta katta. U ayol tuxum donida rivoj-
28
lanib, bo‘lajak organizmni sitoplaz maning asosiy massasi va ozi-
qa moddalar bilan ta’minlaydi. Ayol jinsiy hujayralarining rivoj-
lanishi ovogenez deb ataladi. U ko‘payish davridan boshlanadi.
Bu vaqt davomida birlamchi jinsiy hujayralar bo‘linib, ko‘plab
ovogoniy deb ataladigan hujayralarni hosil qiladi. Keyingi o‘sish
davrida bu hujay ralar o‘sib tarkibida sariqlik kiritmalari yig‘il-
ishi natijasida I tartibli ovositlar hosil bo‘ladi. So‘ngra yeti lish
davri boshlanib, unda ketma-ket ikki marta bo‘linish ro‘y bera-
di: 1) dastlab I tartibli ovosit katta hujayra II tartib li ovositga
va juda kichik hujayra – reduksion tanaga bo‘linadi. 2) keyin II
tartibli ovosit yetuk tuxum hujayraga va ikkinchi reduksion ta-
naga bo‘linadi. Ikkinchi bo‘linishdan so‘ng yetuk tuxum hujayra
urug‘lanish ga tayyor bo‘ladi.
Qiz bolaning tug‘ilish davriga kelib tuxumdonda 400000 ga
yaqin ovogoniy bo‘lib, ularni ko‘payishi to‘xtaydi va ular I tar-
tibli ovositlarga aylanadi.
Har bir ovosit epiteliy hujayralari bilan o‘ralgan bo‘lib, ular
bilan bir galikda birlamchi tuxum pufakchani (birlamchi folliku-
la) hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tuxumdonidagi
ovositlarning faqat oz qismi yetilib tuxum hujayraga aylanadi. Bu
jarayon qiz bola balog‘atga yetgan davridan boshlanib, ayollar-
da 50 yoshdan keyin to‘xtaydi. Navbat dagi ovositning o‘sish da-
vrida follikulyar epiteliy o‘sib, uning hujayralari orasida ichida
suyuq ligi bor bo‘shliq paydo bo‘ladi va ikkilamchi (pufakchali)
follikula – Graaf pufakchasi hosil bo‘ladi. Yetilgan follikulani
yori lishi va tuxumdondan tuxum hujayraning chiqishi ovulyatsiya
deb ataladi. Balog‘at yoshidagi ayol organizmida mo‘tadil holat-
da ovulyatsiya 28 kunda bir marta yuz beradi. Bunda navbat bi-
lan bitta tuxumdonda faqat bitta tuxum hujayra yetiladi. Odam
tuxum hujayrasi sharsimon bo‘lib, yaltiroq parda va nurli toj ho-
sil qilgan follikulyar hujayralar qavati bilan o‘ralgan. Uning dia-
metri 120–150 mkm. U urug‘lanish qobiliyatini 1–2 kun saqlay-
di, so‘ngra halok bo‘ladi va parchalanadi. Tuxum hujayraning ba-
chadon nayi bo‘ylab surilishi 2–5 kun davom etadi.
Erkaklar jinsiy hujayrasi spermatozoid (spermiy) boshcha,
bo‘yin cha, tana va dum qismlaridan iborat. Boshchasi akroso-
ma va yadroni tutadi. Spermatozoidning tanasi va dumi hara-
katlantiruvchi apparat hisob lanadi. Suyuq ishqoriy muhitda xiv-
chin harakat qilib, spermatozoidning faol surilishini ta’minlaydi.
29
Moyakda spermiy katta miq dorda hosil bo‘ladi. Erkaklar jinsiy
hujayralarini rivoj lanishi spermatogenez deb ataladi. Bu jarayon
moyakning birikti ruvchi to‘qima va ichki spermatogen epiteliy-
dan iborat buralma naychalarida amalga oshadi.
Urug‘lanish jarayoni erkak va ayol jinsiy hujayralarini yangi
bitta hujayra – zigotani, yangi avlodni bir hujayrali organizmini
hosil qilib qo‘shilishidan iborat bo‘ladi.
Urug‘lanishda jinsiy hujayradagi xpomosomalarning gaploid
to‘p lami zigota xpomosomalarining diploid to‘plamiga birlasha-
di. Odam tanasining har bir hujayrasida 22 juft oddiy xromoso-
malardan tashqari bir juft jinsiy xromosomalar mavjud. Jinsiy
xromosomalar ayol organizmi hujayralarida bir xil (ikkita X-xro-
mosomalar), erkak organiz mi hujayralarida esa bitta X-xromoso-
ma, boshqa kichikroq Y-xromosoma bo‘ladi. Reduksion bo‘linish
(meyoz)da har bir tuxum hujayra X-xromosomani, spermatozoid
esa X- yoki Y-xromosomani oladi. Tuxum hujayra bilan Y-xro-
mosomali spermatozoid qo‘shilganda erkak jinsi, X-xromosomali
spermatozoid bilan qo‘shilganda ayol jinsi rivojlanadi. Meyozda
qiz hujayralarida xromosomalarni tarqalishi buzilganda, xromo-
soma tarkibi o‘zgargan gametalar paydo bo‘ladi. Bunda urug‘lan-
ganda noto‘g‘ri zigota hosil bo‘ladi. Noto‘g‘ri gametalardan ho-
sil bo‘lgan jinslarda turli xil tug‘ma irsiy kasalliklar va taraqqiyot
nuqsonlari uchraydi.
Homilaning taroqqiyoti
Urug‘lanish, odatda, bachadon nayida ro‘y beradi. Zigota ik-
kala jinsiy hujayralarni xususiyatlarini o‘zida mujasamlantira
di.
Shu davr dan boshlab yangi qiz organizmining rivojlanishi bosh-
lanadi (14-rasm).
Pusht taroqqiyotining birinchi haftasi – zigotaning qiz hujay-
ralarida maydalanish (maydalinish to‘liq, ammo bir tekis emas)
dav ri. Maydalanish bilan birga pusht bachadon nayida bachadon-
ga qarab suriladi. Bu 3–4 kun davom etadi. Bu davrda pusht hu-
jayralar to‘plami – blastulaga aylanadi. Yirik qoramtir va mayda
oqish hujayralar – blastomerlar hosil bo‘ladi. Dastlab malina me-
vasi shaklini eslatuv chi blastomerlar to‘dasi – morulla, keyin esa
sharsimon bir qavatli pusht – blastula hosil bo‘ladi. Hujayralar
qavatidan iborat blastula devori blastoderma, bo‘shlig‘i esa blas-
30
totsel deb ataladi. Maydalanish natijasida yuza joylashgan blasto-
merlarda pushtni oziq lanishida ishtirok etuvchi parda – trofoblast
paydo bo‘ladi.
14-rasm. dam taroqqiyotining dastlabki davrlarida pusht va pusht
pardalarini hosil bo‘lishi.
H–2–3 hafta. B–4 hafta: 1–amnion bo‘shlig‘i; 2–pusht tanasi; 3–sariqlik
qopchasi; 4–trofoblast. D–6-hafta. E–4–5 oylik homila; 1–homilani tana-
si; 2–amnion; 3–sariqlik qopchasi; 4–xorion; 5–kindik tizimchasi.
Markaziy blastomerlar embrioblastni (push tugunchasi) ho-
sil qiladi. Undan pusht tanasi rivojlanadi. Yuza qavat trofoblast
bilan pusht tugunchasi o‘rtasida oz miqdorda suyuqlik to‘pla-
nadi. Taraq qiyotning birinchi haftasini oxirida (homiladorlik-
ning 6–7 kunlari) pusht bachadonning shilliq pardasiga botib
kirib, unung implanta tsiyasi ro‘y beradi.
Pusht taroqqiyotining ikkinchi haftasi pusht tugunchasi hujay-
rala ri ni ikki qavatga bo‘linib, ulardan ikkita pufakcha hosil bo‘lish
bosqichi.
Trofoblastga yaqin turgan tashqi qavat hujayralaridan amnion
suyuq ligi bilan to‘lgan ektoblast (amnion) pufakchasi hosil bo‘la-
di. Pusht tugunchasining ichki qavati hujayralaridan entoblast
(sariq lik) pufagi shakllanadi. Bu davrda pusht ikki qavatli qalqon-
31
ni eslatuvchi ikki varaqdan: pushtning tashqi varag‘i (ektoderma)
va pushtning ichki varag‘i (entoderma)dan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi hafta oxirida pushtning uzunligi 1,5 mm. Bu davrda
pusht qalqoni o‘zining orqa (kaudal) qismida yo‘g‘onlashib, o‘q
a’zo lari rivoj lana boshlaydi.
Pusht taroqqiyotining uchinchi haftasi uch qavatli qalqoncha ho-
sil bo‘lish davri hisoblanadi.
Keyingi davrda a’zolar va to‘qimalarning kurtaklarini ajra-
lishi va ularning shakllanishi ro‘y beradi. Bu jarayonlar bilan
birgalikda integratsiya – qismlarning bir tekis rivojlanayotgan
yaxlit tizim bo‘lib qo‘shilishi kuchayadi. Pusht tanasini provizor
a’zolardan ajralishi tana burmasi hosil bo‘lishi orqali ro‘y bera-
di. Burma dastlab pusht ning bosh tomonida, kiyin unung dum
qismida paydo bo‘ladi va qolgan qismlariga tarqaladi. Natijada
pusht pusht dan tashqari qismlardan ajraladi va ular bilan keyin-
chalik kindik tizimchasiga aylanib ketuv chi ingichka band
bi-
lan bog‘lanadi. Bu bilan birga mezoderma takomillashadi va ta-
na segmentlari – somitlar hosil bo‘ladi. Segmentlarga pushtning
orqa tomonida joylashgan mezoderma bo‘linadi. Mezoderma-
ning ventral qismi segmentlarga ajralmaydi va har tomonda ik-
kita qatlam shaklida bo‘ladi. Medial qatlam birlamchi ichak en-
todermasiga yondashib turadi va splanxnoplevra deb ataladi. La-
teral qatlam pushtning tanasi devori ektodermasiga yondasha-
di va somatoplevra deb ataladi. Splanxno – va somatoplevralar-
dan seroz pardalarni qop lagan epiteliy qoplama (mezoteliy) va
pusht varaqlari orasini to‘ldirib turuvchi mezenxima rivojlanadi.
Mezenximadan seroz pardaning xususiy plastinkasi va seroz os-
ti asos rivojlanadi. Splanxnoplev raning mezenximasidan hazm
nayini epiteliyi dan tashqari barcha pardalari hosil bo‘ladi. Epi-
teliy birlamchi ichak entodermasidan hosil bo‘ladi. Entoderma-
dan oshqozon, ichak bezlari, jigar va o‘t yo‘llari, oshqozon osti
bezining bez to‘qimasi, nafas a’zolari epiteliy qoplamasi va bez-
lari paydo bo‘ladi.
Mezodermaning segmentlarga bo‘linmagan qismi plastinkala-
ri oralig‘i homila tana bo‘shlig‘iga aylanadi. Bu bo‘shliq odam
organiz mida plevra, perikard va qorinparda bo‘shliqlariga bo‘lina-
di. Mezoderma somitlar va splanxnoplevra o‘rtasidagi chegarada
nefrotomlar hosil qiladi, ulardan birlamchi buyrak naychalari ri-
vojlanadi. Mezodermaning dorsal qismi – somitlari uchta kur-
32
tak hosil qiladi. Somit ning ventromedial qismi – sklerotomdan
o‘q skeletning suyak va tog‘ylari rivojlanadi. Undan lateral yotgan
miotomdan ko‘ndalang targ‘il mushaklar rivojlanadi. Somitning
dorsolateral qismida joylash gan qismi dermatomdan terining bi-
riktiruvchi to‘qimali asosi derma hosil bo‘ladi.
4-haftada ektodermadan quloq va ko‘z kurtaklari hosil bo‘la-
di. Bu davrda old tomonda peshona va ustki jag‘ o‘simtalari bilan
chegaralangan og‘iz ko‘rfazi atrofida to‘plangan boshning visseral
qismlari qayta shakllanadi. Ulardan pastroqda pastki jag‘ va gioid
ravoq lar belgilari ko‘rinadi.
Pusht hayotining 5 dan 8 haftasigacha bo‘lgan davri – bu
a’zo lar (organogenez) va to‘qimalar (gistogenez) rivojlanishi dav-
ri. Bu vaqt yurak, o‘pkaning erta taroqqiyoti, uchak nayi tuzilishi-
ning murakkab lashuvi, visseral va jabra ravoqlarini, sezgi a’zola-
ri kapsulasi hosil bo‘lishi davri; nerv nayi butunlay birikib bosh
uchi kengayadi. 31–32-kunlarda qo‘lning, 40-kunda esa oyoqning
suzg‘ichsimon kurtaklari paydo bo‘ladi.
6-haftada tashqi quloq, 6-haftaning oxiri 7-haftalarda qo‘l
bar moq lari, so‘ng oyoq barmoqlari kurtagi seziladi. 7-haftaning
oxirlarida qovoqlar va ko‘z hosil bo‘la boshlaydi. 8-haftada a’zo-
lar kurtaklarini hosil bo‘lishi tugaydi.
9-haftadan, ya’ni 3-oy boshidan pusht odam ko‘rinishini oladi
va homila deb ataladi. 3-oydan boshlab va butun homila davrida
hosil bo‘lgan a’zolar va tana qismlarini o‘sishi va takomillashuvi
amalga oshadi. Bu davrda tashqi jinsiy a’zolarning takomillashuvi
boshlanadi. Barmoqlarda tirnoqlar, 5-oy oxirida esa qosh va ki-
priklar bilina boshlaydi. 7-oyga kelib qovoqlar ochiladi. Shu davr-
dan boshlab teri ostida yog‘ to‘plana bosh laydi. 10-oy oxirida ho-
mila tug‘iladi.
Yo‘ldosh homilani oziqlantirish vazifasini bajaradi. Yo‘ldosh
orqali oziqa moddalar so‘rilishi va qayta ishlanishi, ona qonidan
kislorodni o‘tishi va ona qoniga homila modda almashinuvida ho-
sil bo‘lgan moddalar ajratiladi. Yo‘ldosh himoya vazifasini baja-
rib homilaga har xil zararli moddalarni va mikroblarni o‘tishiga
to‘sqinlik qiladi. U ichki sekretsiya a’zosi sifatida qonga chiquv-
chi ba’zi bir gormonlarni ishlab chiqaradi va homila oziqlanishi
uchun kerak oziqa moddalarni o‘zida to‘playdi.
Kindik tizimchasi amnion oyoqchasi sariqlik poyasining me-
zenximasidan hosil bo‘ladi. Uning hosil bo‘lishida amnion par-
33
dalari bilan o‘ralgan sariqlik qopchasi va allantois qon tomirla-
ri bilan ishtirok etadi. Shakllangan kindik tizimchasi biriktiruv-
chi to‘qimali tuzilma bo‘lib, unda ikkita kindik arteriyasi va vena
o‘tadi. Uni hosil qilgan dirildoq to‘qima kindik qon tomirlarini
shikastlanishdan va siqilib qolishdan saqlaydi.
A’zo va a’zolar tizimi
A’zo organizmning tashqi muhitga moslashish quroli. A’zolar
organizmning ajralmas bir qismi bo‘lib, ular ma’lum bir shaklga
ega va ma’lum bir vazifani bajaradi, shuningdek, gavdani tash-
qi muhitga moslashtiradi. A’zolar organizmning evolutsion rivoj-
lanish jarayonida mav jud muhitga moslashgan holda saqlanishga,
ko‘payishga va hayot kechirishga moslashib rivojlanadi. A’zolar
organizmdan tash qarida hayot kechira olmaydi.
A’zolarning tuzilishi va vazifalari bir-biriga uzviy bog‘liq. Shu-
ning uchun a’zolarning tuzilishi va shaklining o‘zgarishi ularning
faoliyatiga va aksincha ularning faoliyati o‘zgarishi a’zolar hajmi
va tuzilishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari a’zolarning tuzilishi,
shakli va vazni odam jinsi va yoshiga qarab o‘zgarib boradi.
Ba’zan a’zolar o‘sishi davrida o‘zining odatdagi tuzilishi va
shakliga ega bo‘lmay qolsa, g‘ayritabiiylik (anomaliya) hola-
ti vujudga keladi. A’zolar, odatda, birnecha to‘qimadan iborat
bo‘lib, ulardan bittasi ko‘proq bo‘ladi, a’zoning tuzilishi va fa-
oliyatini belgilaydi. Masalan: skelet mushagi faqat ko‘ndalang-
targ‘il mu shak to‘qimadan iborat bo‘lmay, uning tarkibida tur-
li xil biriktiruv chi to‘qima (fib roz va elastik tolalar), nerv to‘qi-
masi, qon tomirlarni hosil qiluvchi endoteliy va silliq mushak to-
lalaridan iborat bo‘ladi. Ammo ko‘ndalang-targ‘il mu shak to‘qi-
masi ko‘p bo‘lib, mushakning tuzilishi va faoliyatini (qisqarish)
ta’minlaydi.
Katta odam organizmida quyidagi a’zolar tafovut qilinadi:
l. Organizmda moddalar almashinuvini ta’minlovchi a’zolar.
Bu lar vositasida organizmga oziqa moddalar va kislorod qabul qi-
linadi, ish lanib bo‘lgan va organizmda moddalar almashinuvi na-
tijasida hosil bo‘l gan chiqindi moddalar tashqariga chiqarib yu-
boriladi.
2. Ko‘payish yoki jinsiy a’zolar.
3. Qon aylanish va limfa tizimi a’zolari. Bu a’zolar qabul qilin-
34
gan oziqa moddalarni, kislorodni tananing barcha to‘qimasiga yet-
kazib beradi va modda almashinuvida hosil bo‘lgan keraksiz mod-
dalarni ajratuv a’zolariga olib boradi.
4. Endokrin (ichki sekretsiya) a’zolar organizmdagi barcha
kimyo viy o‘zgarishlarni tartibga solib turadi. Bu a’zolar ishlab
chiqargan gormon qon orqali organizmga tarqalib boshqa a’zolar
faoliyatini boshqarib turadi.
5. Organizmni tashqi muhitga harakat vositasida moslovchi a’zo-
lar: suyaklar, bo‘g‘imlar va mushaklar.
6. Sezgi a’zolari tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirotlar-
ni qabul qiladi.
7. Nerv tizimi a’zolari organizmda turli a’zolarni bir-biriga
bog‘lab, ularning faoliyatini idora etadi.
Organizmda bir xil vazifani bajaruvchi a’zolar o‘zaro birla shib,
a’zolar tizimini hosil qiladi. Odam organizmida quyidagi a’zo lar
tizimi tafovut qilinadi:
1. Tayanch-harakat a’zolari tizimi:
a) nofaol qism – suyaklar va ular ning birlashmalari,
b) faol qism – mushaklar.
2. Ichki a’zolar tizimi:
a) hazm a’zolari tizimi;
b) nafas a’zolari tizimi;
d) siydik ajratish a’zolari tizimi;
e) ko‘payish yoki jinsiy a’zolar tizimidan iborat.
Siydik ajratish va jinsiy a’zolarning faoliyati turlicha bo‘lgani
bilan, ularning rivojlanishi o‘zaro bog‘langanligi uchun ular bitta
siydik-tanosil a’zolari tizimiga birlashtiriladi.
3. Ichki sekretsiya bezlari tizimi.
4. Yurak-qon tomirlar va limfa tomirlar tizimi.
5. Nerv tizimi – bosh miya, orqa miya va ulardan chiquvchi nerv-
lardan iborat.
6. Sezgi a’zolari tizimi tarkibiga ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m
bilish, og‘riq va harorat sezgisi a’zolari kiradi.
Hazm, nafas olish, siydik ajratish va qon aylanish a’zolari
tizim lari o‘simlik hayoti (vegetativ) a’zolari deb ataladi, chunki bu
jarayonlar o‘simliklarda ham uchraydi.
Tayanch-harakat a’zolari, sezgi a’zolari va nerv tizimi hayvo-
niy a’zolar tizimi deb ataladi, chunki bu faoliyatlar faqat hayvon-
larga xos.
Dostları ilə paylaş: |