O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
 
12-rasm. 
Rekombinatsiya 
xromosomalarning (M) va (F) 
uzilishi va keyinchalik ikkita 
yangi xromosomalarni (C1 va 
C2) hosil qilish uchun ulanishi 
natijasida yuzaga keladi. 


[43] 
Xromosomalar o‗rtasidagi irsiy ma‘lumotning almashinuvi natijasida hosil bo‗lgan 
rekombinasiyalar natijasida genlarning yangi kombinasiyalari vujudga keladi, o‗z 
navbatida bu tabiiy tanlanish samarasini oshiradi va yangi oqsillar yuqori tezlikda 
amalga oshadigan evolyutsiyasida katta axamiyatga egadir. Genetik rekombinasiya 
reparasiya jarayonida ham katta axamiyatga egadir, asosan hujayraning DNK 
ikkalla zanjirining uzulishi bilan bog‘liq bo‗lgan javob reaksiyasida aks etadi. 
Krossingover eng ko‗p tarqalgan turi- bu gomologik rekombinasiya 
hisoblanadi, ya‘ni xromosomalar rekombinasiyasida ishtirok etadigan ketma-
ketliklar bir-biriga o‗xshash bo‗lishi kerak. Bir xil vaqtlarda gomologik uchastkalar 
shaklida transpozonlar ishtirok etadi. Gomologik bo‗lmagan rekombinasiya 
hujayraning shikastlanishiga olib keladi, bunday rekombinasiya natijasida 
translokasiyalar vujudga keladi. Rekombinasiya reaksiyalari fermentlar tomonidan 
katalizlanadi, ular rekombinazalar deb ataladi, masalan 
Cre. 
Birinchi reaksiya 
bosqichida rekombinaza DNKning birinchi zanjirini uzadi, komplementar zanjirdan 
ajralishini va ikkinchi xromatida zanjirlarining biriga bog‘lanishini ta‘minlaydi. 
Ikkinchi xromatida ikkinchi marotoba uzilishi natijasida DNK zanjirining uzilishiga, 
birinchi xromatidada juftsiz qolgan zanjirga ulanishini ta‘minlaydi va Hollidey 
strukturasini hosil qilishiga olib keladi. Hollidey strukturasi juftlashgan xromosoma 
bo‗ylab xaratkatlanish xususiyatiga ega bo‗ladi va zanjirlarni o‗rin almashtirishini 
amalga oshiradi. Rekombinasiya reaksiyasi ferment bog‘larini uzganga va ikki 
zanjirning ligirlanishi yuz berganda tugaydi.
 
DNK ga asoslangan metabolizm evolyutsiyasi.
DNK tarkibidagi irsiy 
ma‘lumot hamma zamonaviy organizmlarning rivojlanishi, o‗sishi, hayot faoliyati 
uchun amalga oshirish imkonini beradi. Lekin Yerdagi hayotning uzoq to‗rt milliard 
yil tarixi davomida DNK asosiy irsiy axborot manbai bo‗lganligi to‗g‘risida 
ma‘lumot yoq. Mavjud gipotezalarga ko‗ra, RNK moddalar almashinuvida 
markaziy rol o‗ynagan, chunki u irsiy ma‘lumot o‗tkazishda ishtirok etadi va 
ribozimlar ishtirokida katalizni amalga oshira oladi. Bundan tashqari, RNK-―oqsillar 
fabrikasi‖ning ribosomalarning asosiy komponenti hisoblanadi. Qadimiy RNK 
dunyosi- yani kataliz uchun va irsiy ma‘lumotni tashish uchun xizmat qilgan bo‗lsa, 


[44] 
to‗rtta asosdan tashkil topgan zamonaviy genetik kodning shakllanish manbai bo‗lib 
xizmat qilgan bo‗lishi mumkin. Bu jarayon organizmlarda mavjud kam sondagi 
asoslar, yani replikasiya aniqligini kuchaytirish, va ko‗p sondagi asoslar asosida 
ribozimlar faolligini oshirush hisobiga ro‗y bergan deb hisoblanadi. 
Afsuski, qadimgi genetik tizimlar xozirgi kunga qadar saqlanib qolmagan. Tashqi 
muhitda DNK o‗rtacha bir million-yil davomida saqlanadi, asta-sekinlik bilan 
mayda fragmentlargacha degradasiyaga uchraydi. 250 million-yil ilgari kristall 
tuzlaridan uchraydigan bakterial sporaladan DNKni ajratish va ularda 16S r-РНК 
ning ketma-ketligini o‗rganish ishlari bo‗yicha diskussiya mavzulari davom 
etmoqda. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə