O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122
Ribonuklein kislota. 
Ribonuklein kislota- uchta asosiy makromolekulalardan 
biri bo‗lib, hamma tirik organizmlar hujayralarida uchraydi va kodlashda, irsiy 
materialni o‗qishda, genlarni boshqarishda va tasvirlashda ishtirok etadi. 
DNK singari, RNK uzun zanjirdan iborat, undagi har bir zveno nukleotid deb 
ataladi. Har bir nukleotid azot asosidan, shakar va fosfar guruhidan iborat. RNK 
ketma-ketligi irsiy ma‘lumotni kodlash imkonini beradi. Hamma tirik organizmlar 
RNKni oqsil sintezini dasturlashda ishlatiladi. Hujayra RNKlari transkripsiya 
jarayonida, ya‘ni maxsus fermentlar RNK-polimerazalar asosida DNK matritsasida 
asosida RNK hosil bo‗ladi. Keyinchalik matrisali RNKlar translyasiya jarayonida 
ishtirok etadilar. Translyasiya- bu m-RNK matrisasida oqsil sintezlanishi 
hisoblanadi. Boshqa RNKlar transkripsiyadan so‗ng, kimyoviy modifikasiyalarga 
uchraydi, undan so‗ng hosil bo‗lgan ikkilamchi va uchlamchi strukturalar RNK 
tipiga qarab turli xil vazifalarni bajaradi. Bir zanjirli RNKlar uchun turli xil fazoviy 
strukturalar xos, ularda bitta zanjirning nukleotidlar bir qismi o‗zaro juftlashgan 
bo‗ladi. Ayrim yuqori sturturali RNKlar oqsil sintezida ishtirok etishadi, masalan t-
RNKlar kodonlarni tanishda va aminokislotalarni oqsil sintezi jarayonida manziliga 
yetkazishda, ribosomal RNKlar esa ribosomalar strukturaviy va katalitik vazifalarni 
ishtirok etishadi. Shu bilan birga, zamonviy tasavvurlarga ko‗ra, RNKlar vazifalari 
faqatgina translayasiya jarayonlari bilan chegaralanib qolmaydi, yadroviy kichik 
RNKlar eukariot matrisali RNKlar splaysingida va boshqa jarayonlarda ishtirok 


[45] 
etadi. Bundan tashqari, RNKlar ayrim fermentlar tarkibiga kiradi masalan 
telomerazalar, va ayrim RNKlarning fermentativ faolligi aniqlangan, ya‘ni boshqa 
RNKlarni zanjirini kesish xususiyatiga ega bo‗lib, va aksincha RNK fragmentlarini 
tikish xususiyatiga ham ega bo‗ladi. Bunday RNKlar ribozimlar deb ataladi. 
Ko‗pgina viruslar genomi RNK dan tashkil topgan, ya‘ni DNK rolini bajaradi. 
Hujayradagi RNKlarninig turli tuman funksiyasiga qarab, hujayra biologiyasida 
RNK biologik tizimlar paydo bo‗lgunga qadar birinchi irsiy ma‘lumotni tashuvchi 
molekullalar degan gipoteza mavjuddir. 
Oqsillar sintezida RNK roli 1939 yilda Torbbern Oskar Kaspersson, Jan 
Brashe 
va Djek Shuls ishlarida taklif qilingan. Jerard 
Mairbaks birinchi marta quyon gemoglobinini 
kodlaydigan, matrisali RNK ni ajratib olingan, 
va 
ushbu RNK oositlarga o‗tkazilganda, xuddi shu 
oqsil 
kodlanishi aniqlangan. 1956-1957 yillarda 
A.Belozerskiy, A.Spirin, E.Volkin, L.Astraxan 
tomonidan hujayralardagi RNK tarkibini va 
hujayradagi 
RNK 
lar 
asosiy 
massasini 
ribosomal RNK tashkil qilishini aniqlaganlar. 
Severo 
Ochao 1959 yilda tibbiyot bo‗yicha RNK 
sinteining mexanizmini ochgani uchun Nobel 
mukofotiga sazovor bo‗lgan. 1990-yillarning 
boshlarida 
o‗simlik 
genomiga 
begona 
genlarning 
kiritilishi 
analog 
genlarining 
ekspresiyasini bostirishga olib kelishi aniqlandi. 
Shu 
bilan birga 22 nukleotid qatoriga ega bo‗lgan 
RNK lar mikro RNK lar bo‗lib, 
S. elegans 
nematodalar
 
ontogeneizida boshqaruvchi 
rolini bajarishi isbotlangan (13-rasm). 
Monomerlarning kimyoviy tarkibi va modifikatsiyalari.
RNK nukleotidlari 
tarkibida shakar – riboza bo‗lib, unga 1‘ holatida asoslar- adenin, guanin, sitozin 
yoki uratsillardan biri birikkan bo‗ladi. Fosfat guruhi ribozani zanjirga bog‘lab, bir 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə