O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122
15-rasm.
 
Sodda hayvonlar RNK 
komponentining 
ikkilamchi 
tuzilishi 


[48] 
oqsillar bilan birlashib kompleks hosil qiladi. Bunday RNK-oqsil komplekslari 
ribonukleoprotein komplekslari yoki ribonukleoproteinlar deb ataladi. 
Tirik hujayrada RNK sintezi ferment – RNK polimeraza tomonidan amalga 
oshiriladi. eukariotlarda RNKning har xil turlari turli xil, ixtisoslashgan RNK 
polimerazalari tomonidan sintezlanadi. Umuman olganda, ham DNK, ham boshqa 
RNK molekulalari RNK sintezi uchun matritsa vazifasini o‗tashi mumkin. Masalan, 
polioviruslar o‗zlarining genetik materiallarini takrorlash uchun RNKga bog‘liq 
RNK-polimerazadan foydalanadilar. Lekin ilgari faqat viruslarga hos bo‗lgan RNK 
bog‘liq RNK sintezi hujayrali organizmlarda RNK- interfersiya jarayoni natijasida 
sodir bo‗ladi. 
DNKga bog‘liq bo‗lgan RNK polimeraza holatida bo‗lgani kabi va RNKga 
bog‘liq RNK polimeraza ham promotor ketma-ketligiga birikadi. Matrisaning 
molekulasining ikkilamchi strukturasi polimerazaning helikaza faolligi asosida 
ochiladi, substrat molekulaning 3 ‗dan 5‘ uchi yo‗nalishda harakat qilib RNKni 
5‘→3‘ yo‗nalishida sintez qiladi. Molekulaning oxirgi uchidagi transkripsiya 
terminatori sintezning tugashini belgilaydi. Ko‗pgina RNK molekulalari 
boshlang‘ich molekulalar sifatida sintezlanadi, ular ―tahrirlash‖ dan o‗tadi – RNK-
oqsil komplekslari yordamida keraksiz qismlari olib tashlanadi. 
Masalan, 
Escherichia coli-
da rRNK genlari bitta operonda joylashgan- 
lokusda joylashish tartibi quyidagicha: 16S – tRNK Glu
2
– 23S-5S, bitta uzun 
molekula sifatida o‗qiladi, so‗ngra avval rRNK hosil bo‗lishi bilan bir nechta 
mintaqalarga bo‗linadi, va keyin yetuk rRNK molekulalari hosil bo‗ladi. Sintezdan 
so‗ng RNKning nukleotidlar ketma-ketligini o‗zgartirish jarayoni RNKni qayta 
ishlash yoki tahrirlash deb ataladi. 
Transkripsiya 
tugaganidan 
so‗ng, 
RNK 
molekulalari 
bajaradigan 
funksiyalariga qarab modifikasiyaga uchraydi. Eukariotlarda RNK ning yetilish 
jarayoni ya‘ni oqsil sinteziga tayyorlanishi, splaysing jarayonini o‗z ichiga oladi: 
oqsilni 
kodlamaydigan 
ketma-ketliklarning 
intronlarning 
splaysasoma 
ribonukleotidi orqali olib tashlanishi ro‗y beradi. Keyinchalik eukariotlarda 
boshlang‘ich i-RNK ning 5‘ uchiga maxsus modifikasiyalangan nukleotid cap 


[49] 
qo‗shiladi, 3‘ uchiga esa bir nechta adenin qo‗shiladi, ularga poli A- uchi deb 
ataladi. 
Matrisali RNK- bu RNK turi DNK dagi kodlangan 
ma‘lumotni ribosomalarga tirik organizmlarning 
oqsil 
sintezlovchi 
molekulyar 
mashinalarga 
o‗tkazishda vositachi vazifasini bajaradi. i-RNK 
kodlaydigan ketma-ketliklari 
oqsil 
tarkibidagi 
aminokislotalar ketma-ketliklarini belgilaydi. Lekin 
ko‗p 
RNK 
lar 
oqsilni 
kodlamaydi. 
Bu 
kodlamaydigan RNKlar alohida olingan genlar 
tomonidan transkripsiyalanadi, masalan, ribosomal 
RNK lar yoki intronlar hosilalari bo‗lishi mumkin. 
Klassik, yahshi o‗rganilgan kodlamaydigan RNK 
turlari – bular transport RNK va ribosomal RNK lar 
bo‗lib, translatsiya jarayonida ishtirok etadi. RNK 
ning i-RNK prossesingida va boshqa vazifalarni 
bajaruvchi genlarni boshqarishda ishtirok etadigan sinflari ham mavjud (16-rasm). 
Bundan tashqari, RNK ning kodlamaydigan molekulalari mavjud bo‗lib, RNK 
molekulalarini ligirlash va kesish kabi kimyoviy reaksiyalarni katalizlash 
xususiyatiga ega. Oqsillar kabi, enzimlar bilan kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi
va RNK ning katalitik molekulalari ribozimlar deb ataladi.

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə