O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122
Translyatsiya ishtirokchilari. 
Oqsil aminokislotalar tarkibi ketma-ketligi 
to‗g‘risidagi ma‘lumot i-RNK tarkibida joylashgan. Uchta nukleotid kodon ketma-
ketligi bitta aminokislotaga to‗g‘ri keladi. Eukariot hujayralarda transkripsiya 
qilingan boshlang‘ich i-RNK, prossesing jarayonini o‗tgandan so‗ng, yetuk RNK ga 
aylanadi. Prossesing jarayonida oqsilni kodlamaydigan ketma-ketliklar –intronlar 
olib tashlanadi. Shundan so‗ng, i-RNK yadrodan sitoplazmaga eksport qilinadi, 
unga t-RNK ga birikkan aminokislotalar yordamida i-RNK ning tranlyasiyasini 
amalga oshiradigan ribosomalar bilan qo‗shilishi yuz beradi (18-rasm).
16-rasm. 
RNKni 
ajratib 
turadigan 
bolg‟a 
ribozimasining tuzilishi 


[50] 
Yadrosiz hujayralarda bakteriyalar va arheylarda, 
ribosomalar i-RNK ga RNK transkripsiya o‗tgan 
qismiga darhol birikishi yuz beradi. Eukariotlar 
va 
prokariotlarda, 
i-RNK 
ning 
sikli, 
ribonukleazalar ta‘sirida parchalanashi orqali 
nazorat qilinadi. Transport-RNKlar - kichkina 
RNK lar bo‗lib, 80 ga yaqin nukleotidlardan 
tashkil topgan bo‗lib, konservativ uchlamchi 
strukturga egadir. Ular ribosomalarda spesifik 
aminokislotalarni peptid bog‘lari sintezi joyiga 
tashishda ishtirok etadi. Har bir t-RNK 
aminokislotani biriktirib oladigan, i-RNK dagi 
kodlarni taniydigan antikodon qismlari mavjud. 
Antikodon kodon bilan birga vodorod bog‘larini 
hosil qiladi, t-RNK da hosil bo‗lgan peptid bog‘idagi oxirgi aminokislota va t-RNK 
dagi aminokislota o‗rtasida peptid bo‗gining hosil bo‗lishiga yordam beradi. 
Ribosomal RNK lar –ribosomalarni katalizlaydigan tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Eukariotlar ribosomalari to‗rtta molekula r-RNK ga ega bo‗ladi: 18S, 5,8S, 28S va 
5S. To‗rtta ribosomalarning uchtasi yadrochada sintezlanadi. Sitoplazmada 
ribosomal RNK lar ribosomal oqsillar bilan birlashadi va nukleoprotein hosil 
qilishadi, ularga ribosomalar deb ataladi. Ribosoma mRNKga birikadi va oqsilni 
sintez qiladi. rRNK eukariot hujayralar sitoplazmasida topilgan RNKning 80% 
gacha bo‗lgan qismini tashkil qiladi. Ribosomalarning boshqacha turi t-RNK va i-
RNK vazifasini bajaruvchi ti-RNK ko‗pgina bakteriyalar va plastidalar tarkibida 
uchraydi. Ribosomalarning nuqsonli stop kodonlarga ega bo‗lmagan i-RNK da 
to‗htab qolganda, ti-RNK katta bo‗lmagan peptidga ulanadi va oqsil degradasiyasida 
ishtirok etadi. 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə