O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm . Inson mitochondrial genomining strukturasi. Mitohondrial DNK da 22



Yüklə 4,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/122
tarix29.05.2023
ölçüsü4,93 Mb.
#113959
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
10-rasm . Inson mitochondrial genomining strukturasi. Mitohondrial DNK da 22 
ta gen mavjud bo‟lib, tRNK ni kodlaydi, 2 ribosoma geni (16S va 12 S rRNK) va 
13 oqsil kodlaydigan genlar. Transkripsiya yo‟nalishi ko‟rsatilgan. ND1-ND6, 
ND4L- NAD-N-degidrogeneza subbirliklari komleksining genlari, COI-COIII-
sitohrom –s-oksidaza subbirliklari genlari, ATF6, ATF8- ATF sintetaza
DNKni modifikasilovchi fermentlar. 
Hujayrada DNK kompakt, yani 
superspirallashgan holatda joylashadi, boshqa holatda hujayra yadrosiga sig‘mas 


[40] 
edi. Asosiy hayotiy jarayonlari o‗tishi uchun DNK ochilishi kerak bo‗ladi, ushbu 
jarayon ikki hil oqsil guruhlari- topoizomerazalar va xelikazalar tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Topoizomerazalar -
nuklezalar va ligazalar faolligiga ega bo‗lgan 
fermentlardir. Ular DNK ning superburalish darajasini o‗zgartirish xususiyatiga ega. 
Bu fermentlarning ayrimlari DNK spiralini kesadi va hosil bo‗lgan bitta zanjirning 
harakatlanishiga imkon yaratadi, superburalish darajasini kamaytiradi, keyinchalik 
yana kesilgan joyni birlashtirib qo‗yadi. Boshqa fermentlar ikki zanjirdan birini 
kesadi, hosil bo‗lgan bitta zanjir kesilgan joydan o‗tish imkoniga ega bo‗ladi, 
keyinchalik birinchi zanjirdagi kesilgan joyni yana ligirlaydi. Topoizomerazalar 
DNK bilan bog‘liq bo‗lgan – transkripsiya va replikasiya jarayonlarida ishtirok 
etadi. 
Xelikazalar 
-
molekulyar 
motor 
oqsillari 
hisoblanadi. 
Ular 
nukleotiduchfosfatlarning va ko‗pgina hollarda ATF kimyoviy energiyasidan 
foydalanib, asoslar o‗rtasidagi vodorod bog‘larini uzadi, ikki zanjirni alohida 
olingan zanjirlarga ajratish xususiyatiga ega. 
Polimerazalar.
DNK metabolizmi uchun kerakli bo‗lgan fermentlar guruhi 
mavjud bo‗lib, ular nuklozidtrifosfatlardan polinukleotid zanjirini sintez qiladi
bularga DNK-polimerazalar deb ataladi. Ular DNK zanjiridagi oldingi 
nukleotidning 3‘-gidroksil guruhiga yangi nukleotidlarni qo‗shish xususiyatiga ega. 
hamma polimerazalar 5‘--> 3‘ yonalishda faoliyat ko‗rsatadi. Ferment faol 
markazida 
substrat-nukleozidtrifosfat-komplementar 
asos 
bilan 
bir 
zajirli 
polinukleotid zanjirdagi-matrisa bilan juftlashadi. DNK replikasiyasi jarayonida 
DNK bog‘liq DNK polimeraza boshlang‘ich DNK ketma-ketligining nusxasini 
sintezlaydi. Bu jarayonda polimerizasiya aniqligi juda katta ahamiyatga ega bo‗lib, 
xatoliklar mutatsiyalarga olib keladi, shuning uchun ko‗pgina polimerazalar 
mustaqil ravishda ―tahrirlash‖ xususiyatiga egadir, xatoliklarni bartaraf eta oladi.


[41] 
Polimeraza sintez davrida xatoliklarni noto‗g‘ri nukleotidlar o‗rtasidagi 
juftlashishlarning bo‗lmasligi orqali taniydi. Juftlashish yo‗qligi aniqlangandan 
so‗ng, fermentning 3‘--> 5‘ yo‗nalishdagi ekzonukleazali faolligi oshadi va 
noto‗g‘ri juftlashish joylarini kesib tashlanadi. Ko‗pgina organizmlarda DNK-
polimerazalar katta majmua sifatida faoliyat ko‗rsatadi, ularga replisomalar deb 
ataladi va ular tarkibida ko‗plab qo‗shimcha subbirliklar bo‗lib, xelikazalar ham ular 
tarkibida faoliyat ko‗rsatishi mumkin.
RNK bog‘liq DNK polimerazalar- polimerazalarning maxsuslashgan turi 
bo‗lib, RNK matrisasida DNK sintezini amalga oshiradi. Bu polimerazalar turiga 
teskari transkriptazalar kiradi, ushbu fermentlar retroviruslarda uchraydi va ular 
hujayrani zararlantirganda ferment faollashadi, xuddi shuningdek telomeraza
telomerlar replikasiyasi uchun foydalaniladi. Telomeraza- noan‘anaviy ferment 
turlariga kiradi, chunki xususiy m-RNKga ega bo‗ladi. Transkripsiya DNK-bog‘liq 
RNK-polimeraza tomonidan amalga oshiriladi, yani DNK matrisasi asosida bir 
zanjirli 
m-RNK 
nusxa 
tushiradi. 
Gen 
transkripsiyasi 
boshlanishida 
RNK-
polimeraza genning boshlang‘ich promotor 
qismiga bog‘lanadi, va DNK zanjirini ochadi. 
Keyinchalik gen ketma-ketligini m-RNKga 
terminator 
qismiga 
yetguncha 
nusxa 
ko‗chiradi, terminator qismida to‗xtaydi va 
DNK dan ajraladi. DNK-bog‘liq DNK 
polimeaza singari, RNK-polimeraza II inson 
genomida 
genlarning 
ko‗p 
qismini 
transkripsiyasini 
amalga 
oshiradi, 
ko‗p 
miqdordagi oqsil majmuasi- boshqaruvchilar 
va qo‗shimcha birliklar tarkibida faoliyat 
ko‗rsatadi. 
Nukleazalar va ligazalar. 
Hujayrada 

Yüklə 4,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə