O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/75
tarix07.06.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#115946
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Тилшунослик ва табиий фанлар

Indeks belgilarda
ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-natija 
yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bog‘liqlik va 
h.k.) orqali bog‗lanadi. Masalan, tutun olovning indeks belgisi sanaladi. 
Simvol belgilarda
ifodalovchi bilan ifodalanmish o‗rtasida shartli, 
konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud bo‗ladi. Bu munosabat 
erkin va ma‘lum qoida asosida vujudga keladi. Ana shu jihatdan 
lingvistik belgilar simvol belgilarga o‗xshaydi. Lekin belgilar 
tipologiyasida alohida o‗rin egallaydi. 
Lingvistik geografiya
lingvistik hodisalarning tarqalish zonalarini 
o‗rganuvchi tilshunoslikning alohida bo‗limi sifatida XIX asr oxirlarida 
dialektologiyadan o‗sib chiqdi. Dialektologiyada ma‘lum bir tilning 
dialektal xususiyatlarini aniqlash, mazkur xususiyatlarni aks ettiradigan 
dialektal atlaslar tuzish kabi muammolar o‗rganiladi. Dialektal atlaslar 
tuzilishi dialektologiyadan lingvistik geografiyaga o‗tish davri 
hisoblanadi. Demak, lingvistik atlas tuzish dialektologiya materiallariga 
asoslanadi.
Izoglossa
– mos hodisalarning u yoki bu a‘zosi tarqalgan eng chet 
nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziqdir.
Til landshafti
– ma‘lum bir tilning muayyan hududida tarqalgan 
izoglossalar yig‗indisidir. 
Lingvistik geografiya
XIX asrning 70 – 80-yillarida dunyoga keldi. 
Ayrim til hodisalarining hududiy bir-biriga mos kelmaslik holatlarining 
kuzatilishi lingvistik geografiyaning maydonga kelishiga asos bo‗ldi. Bu 
bilan bog‗liq ravishda dialektal chegaralarning mavjud emasligi 
haqidagi tasavvur vujudga keldi. Ana shuning natijasida P.Meyer, 
G.Paris kabi olimlar umuman dialektlar mavjud emas, degan xulosa 
chiqardilar. Bu xulosa esa mutaxassislarda e‘tiroz tug‗dirdi. Munozara 
faqat lingvistik hodisalarni sistemalashtirish va kartalashtirish orqaligina 


154 
hal qilinishi lozim bo‗lib qoldi. 1876-yili Germaniyada G.Venker nemis 
tilining lingvistik atlasini tuzish uchun materiallar to‗play boshladi. 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə