O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Bertranning raqobat modeli
– nomukammal raqobat bozorida narx 
bo‘yicha raqobatlashuv fransuz matematigi va iqtisodchisi Jozef Bertran
26
tomonidan 1883 yilda kiritilgan. 
Ushbu model firmalarning oligopol bozordagi hatti-harakatini o‘rganishga 
qaratilgan bo‘lib, ular o‘z mahsulotlariga narx belgilash orqali o‘zaro 
raqobatlashadilar. Model firmalarning oligopoliya sharoitida ham mukammal 
raqobat sharoitidagi kabi mahsulot narxini limit xarajatlarga teng qilib belgilashga 
asoslanadi. Bu Bertran paradoksi ham deb ataladi. 
Modelda quyidagi nazariy taxminlar qabul qilingan: 

bozorda bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi eng kamda ikkita firma 
ishtirok etadi; 

firmalar o‘zaro mustaqil va kelishilmagan holda faoliyat olib boradi; 

firmalarning limit xarajatlar (
marjinal xarajatlar- MC
)i teng va doimiy; 

talab funksiyasi chiziqli; 

firmalar o‘z mahsulotlariga narxni bir vaqtning o‘zida mustaqil 
belgilaydilar va raqobatlashadilar; 

firmalar narxni belgilab olishgach, o‘z mahsulotlariga bo‘lgan talab 
hajmiga teng miqdorda mahsulotlarini ishlab chiqaradilar; 

agarda narxlar turlicha bo‘lsa, iste‘molchilar eng arzon bo‘lgan tovarni 
xarid qilishadi; 

agarda narxlar bir xil belgilansa, iste‘molchilar har bir firmadan teng 
ulushlarda tovarlarni xarid qiladi; 
26
Jozef Lui Fransua Bertran (1822-1900) — fransuzskiy matematigi, differensial geometriya, sonlar va ehtimollar 
nazariyasi bo‘yicha taniqli olim. Iqtisodiyotga duopoliya sharoitida raqobatlashuvchi fairmalarning muvozanatini 
ifodalovchi Bertran paradoksini kiritgan. 


29 

model statik xususiyatga ega va muayyan vaqt momentida qaror qabul 
qilishni ko‘zda tutadi. 
Narx bo‘yicha raqobatlashuvning mavjudligi firmalarning ishlab chiqarish 
hajmini erkin belgilashlarini, ammo narxni o‘zgartirish qiyin va imkonsiz 
ekanligini anglatadi. 

MC
= limit xarajatlar; 

p
1
= birinchi firmaning belgilagan narxi; 

p
2
= birinchi firmaning belgilagan narxi; 

p
M
= monopol narx; 
birinchi firma uchun eng muqobil narx ikkinchi firmaning belgilagan 
narxidan kelib chiqadi. Agarda birinchi firma ikkinchi firmadan past narx 
belgilasa, barcha sotuv hajmi yoki iste‘molchilarning jami talabi (
D
) ni qamrab 
oladi va foydasini maksimallashtiradi. Agarda birinchi firma narx belgilashni 
ikkinchi firmaning belgilashini kutib tursa, u olda ikkinchi firma narxni limit 
xarajatlar (
MC
)dan oshmaydigan miqdorda belgilaydi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə