O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

2.2.2-jadval.
Sobiq ittifoq xalq xo’jaligida ishlab chiqarish hajmining taqsimlanishi

Ishlab 
chiqaruvchilar 
soni 
Sohalar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulot ulushi % 
Mashinasozlik Metallurgiya 
Kimyo va 
o’rmon 
xo’jaligi 
Qurilish 
Ijtimoiy 
xizmatlar 

87,0 
27,9 
46,7 
30,0 
44,9 
2-3 
7,8 
28,4 
27,6 
28,9 
20,7 
4-6 
2,7 
20,7 
13,1 
12,2 
12,9 
7 va undan ortiq 
2,5 
23,0 
12,6 
28,9 
21,5 
100,0 
100,0 
100,0 
100,0 
100,0 
Bundan tashqari sobiq ittifoqda kichik korxonalar soni juda kam, yirik 
korxonalar ulushi esa jahon miqyosida olib qaraganda ham katta bo‘lgan. 1987 
yilda sanoat korxonalarida ishlovchilarning o‘rtacha soni ittifoqda 813 kishi, 
Vengriyada- 186, boshqa Yevropa mamlakatlarida esa - 86 kishini tashkil etgan 
edi. Shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, sobiq ittifoq davridagi monopoliyani 
kapitalistik mamlakatlardagi monopoliya bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Ular o‘rtasida 
ulkan tafovutlar mavjud bo‘lib, bular quyidagilar edi: 
– sobiq ittifoqdagi monopol korxonalarning sotish hajmini va narxni 
belgilash erkinligi umuman bo‘lmagan. Shu sababli monopolistga xos 
suiiste‘molchilik kuzatilmagan. Kapitalistk mamlakatlarning aynan shunday 
korxonalarida esa o‘zaro kelishib olingan harakatlar, bozorni egallash, g‘irrom 


32 
raqobat, sanoat josusligi, vertikal va gorizontal cheklashlar kuzatilishi odatiy hol 
hisoblangan. 
– sobiq ittifoq monopolist korxonalarida monopoliyaning salbiy oqibatlari
ayniqsa tovarlarni kam ishlab chiqarish, narxlarni oshirish, monopol foyda olish 
kuzatilmagan. 
– kapitalistik monopoliyalar raqobat kurashi natijasida ―quyidan-yuqoriga‖ 
tamoyili asosida vujudga kelgan, sobiq ittifoqda esa ―yuqoridan-quyiga‖ vujudga 
kelgan va raqobat mavjud bo‘lmagan o‘ziga xos sharoitda faoliyat yuritgan. 
–kapitalistik mamlakatlarda monopoliyalar asosan yetakchi korxonalar 
bo‘lib, ular yuqori texnologiyalar, ulkan ilmiy-texnik va ishlab chiqarish 
salohiyatiga ega bo‘lgan. Sobiq ittifoq monopoliyalari esa qoloq texnologik bazaga 
asoslangan edi. 
– kapitalistik monopoliyalar xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok 
etganligi bois ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining raqobatbardoshligini 
ta‘minlash maqsadida doimiy ravishda sifatni oshirishga e‘tibor qaratishgan. Sobiq 
ittifoq monopoliyalari esa faqatgina Iqtisodiy ko‘maklashish Kengashi (rus tilida 
Sovet ekonomicheskoy vzaimopomoщi(SEV), ingliz tilida

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə