O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

2.2.3-jadval 
O’zbekistonda monopoliya rivojlanishining asosiy bosqichlari 
Davrlar 
O’ziga xos xususiyatlari 
1929 yilgacha 
bo‘lgan davr 
– o‘rta hol davlat korxonalari markazlashgan ta‘minotdan uzib qo‘yilishi va 
ularda mustaqil xo‘jalik hisobi shakllantirilishi; 
– sanoat, qishloq xo‘jaligi va davlat o‘rtasidagi aloqalar barham topishi; 
– trestlar to‘g‘risidagi dekretga muvofiq, trestlar davlat sanoat korxonalari 
aylantirilishi; 
– trestlar takibiga kiritilgan fabrika, zavod, magazinlarning mavqyeini ishlab 
chiqarish birliklari darajasiga tushirish orqali ularning mustaqilligini butkul 
yo‘q qilinishi. 
1929 - 1956 
yillar 
– sosialistik tuzumning moddiy-texnik bazasi shakllantirilishi; 
– bozorning muvozanatini ta‘minlash, uning taraqqiy etishi aniq belgilangan 
dasturlar va ma‘lum bir davrda amalga oshiriladigan qayta qurilishlar orqali 
amalga oshirilish tizimining yaratilishi; 
– davlat monopoliyasining harbiy monopoliyaga aylantirilishi 
 
2.2.3-jadval davomi 
1957 - 1975 
yillar 
– xalq xo‘jaligini boshqarish markazlashgan tizimdan xududiy boshqaruvga 
o‘zgartirilishi; 
– ko‘pgina korxonalarning ittifoqdosh respublikalar tasarrufiga o‘tkazilishi; 
– ittifoqdosh respublikalarda boshqaruvning yangi organlari – sovnarxozlar 
tashkil etilishi. 
1975 - 1987 
yillar 
– xalq xo‘jaligini boshqarishning tarmoq yondashuvi kuchayib borishi; 
– bir turdagi va o‘xshash profildagi korxonalarni faoliyat korxonalari tarzida 
birlashtirish orqali boshqaruv obyektlari sonini kamaytirish; 
–xalq xo‘jaligini boshqarishda o‘zaro chalkash va takrorlanuvchi vakolatlar 
paydo bo‘lishi;
– to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq berish va qat‘iy nazorat tizimining yo‘qolish; 
– ko‘plab vazirliklar va mahkamalarning tuzilishi oqibatida ular davlat 
tomonidan berilgan ulkan vakolatlarni o‘z manfaatlari yo‘lida xizmat 
qilishiga yo‘naltirilishi va boshqalar 
1988-1991 yillar 
– antimonopol siyosatni amalga oshiruvchi SSSR Antimonopol Qo‘mitasi 
tashkil etilishi; 
– iqtisodiyotning qayta qurish siyosatining olib borilishi; 
– ommaviy axborot vositalarida davlat monopoliyasi va jahon amaliyotida 
antimonopol tartibga solish tajribalari to‘g‘risida yoritilib boshlanishi 
1991 yildan 
xozirgi 
paytgacha 
– ―Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida‖gi Qonun qabul 
qilinishi; 
– ko‘p ukladli iqtisodiyotning barpo qilinishi; 
– raqobatni qo‘llab-quvvatlash va tartibga soluvchi qo‘mitaning tashkil 
etilishi; 
– ―Raqobat to‘g‘risida‖gi Qonunning qabul qilinishi; 
―Monopoliya‖ tushunchasi ikki xil ma‘noga ega: birinchidan, monopoliya 
tarmoqdagi yetakchi va eng yirik bo‘lgan korxona, ikkinchidan monopoliya 
firmalarning bozordagi holati bo‘lib, tovarlarni taklif qilishda ular mutloq 
ustunlikka ega bo‘ladilar. 


35 
Monopoliyaning maqsadi – monopollashgan bozorda qulay sharoitlardan 
foydalanib, narxni nazorat qilish va yuqori foyda olishdir. 
Monopoliyaning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
a) yagona ishlab chiqaruvchi sotuvchi; 
b) tovar differensiasiyasi mavjud emas, shu bois o‘rinbosar tovarlar mavjud 
bo‘lmaydi; 
v) sotuvchi narxni to‘liq o‘z nazorati ostiga oladi; 
g) yangi firmalarning tarmoqqa kirishi uchun juda murakkab bo‘lgan 
moliyaviy, texnologik, resurs, huquqiy va boshqa to‘siqlar mavjud; 
d) tarmoqdan chiqib ketish ham murakkab jarayon; 
ye) tarmoqqa kirish va chiqishda ko‘plab iqtisodiy va huquqiy to‘siqlar mavjud. 
Mutloq monopoliya – ko‘p sonli xaridorlar va bitta sotuvchi bo‘lgan 
bozordir. Monopoliya bitta firmaning bozorda analogi mavjud bo‘lmagan 
mahsulot ishlab chiqarishini mo‘ljallaydi. Xaridorlarning bozorda ushbu 
tmahsulotni sotib olishda tanlov imkoniyati yo‘q, shuning uchun ularning 
monopolist mahsulotini sotib olishdan boshqa choralari yo‘q. 
Vujudga kelishiga ko‘ra monopoliyaning ikki turi farqlanadi –tabiiy va sun‘iy 
monopoliya. 
Tabiiy monopoliya – tovar bozorlaridagi shunday holatki, bunda tovar ishlab 
chiqarishning texnologik xususiyati o‘ziga hos va murakkabligi bois mavjud 
talabni qondirish uchun raqobatning bo‘lmasligi samaraliroq bo‘ladi. Tabiiy 
monopoliyalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar narxi boshqa tovarlar narxiga 
bevosita bog‘liq emasligi va boshqa tovarlarga almashina olmasligi bilan 
xarakterlanadi. 
Tabiiy monopoliyalarning vujudga kelish xususiyatlari quyidagilar:
– ishlab chiqarishni kengaytirish tovar birligiga eng kam xarajat sarflash 
orqali amalga oshirilishi mumkin;
– tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
tovar(xizmatlar) boshqa tovarlarga almashina olmaydi va o‘rinbosar tovarlari 
mavjud bo‘lmaydi;
– ushbu tovarlar bozorida talabning o‘zgarishi tovarlar narxining 
o‘zgarishiga qaraganda kam bog‘liq.
Tabiiy monopoliyalarda bozordagi talabni yagona ishlab chiqaruvchi eng 
kam xarajatlar evaziga qondirish imkoniyatiga ega. Shu sababli bu sohalarda 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish samarasiz bo‘ladi. Shunga ko‘ra tabiiy 
monopoliyalarning davlat tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. 
Sun‘iy monopoliya – bu monopoliyastik foyda olish maqsadida tashkil 
qilingan birlashmalardir. Sun‘iy monopoliyalar turli monopol birlashmalar 
shaklida namoyon bo‘ladi. Sun‘iy monopoliyalar o‘zaro kelishuv yoki raqobatni 
sun‘iy bosib turish orqali shakllanadi. 
Shuningdek, tarmoqqa kirish xususiyatiga ko‘ra ochiq va yopiq 
monopoliyalar ham farqlanadi: 
Ochiq monopoliya – bozordagi firmalardan birortasi muayyan vaqt 
mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha monopol bo‘ladi, ammo uning raqobatga 
qarshi hyech qanday himoyaga ega bo‘lmaydi. Ochiq monopoliya sharoitida 


36 
asosan bozorga mutlaqo yangi tovarlarni kiritgan firmalar ustunlikka ega bo‘ladi. 
Bunda firmalar qisqa muddatli davrda foydani oshirish va narxni chegaralashga 
harakat qiladi. 
Yopiq monopoliya – raqobatni cheklovchi huquqiy me‘yorlarga ega bo‘lgan 
monopol firmalar yoki holat bo‘lib, aksariyat hollarda davlat organlari tomonidan 
himoya qilinadi. Shuningdek raqobatni cheklovchi patent, lisenziya, nou-xau, 
mualliflik huquqlari, sanoat namunalari ham mavjud bo‘ladi. Amalda juda ozchilik 
firmalar mutloq yopiq monopol mavqyega ega bo‘ladi. Haqiqatda iqtisodiyotda 
tovarov-substitutlar paydo bo‘lishi, ahuquqiy to‘siqlarning olib tashlanish ehtimoli 
juda katta.
Yopiq monopoliyalar uzoq muddat zararsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish 
orqali foyda olishi, barcha xarajatlarini to‘liq qoplashi, kapital qaytimini qoplashi 
mumkin. Ammo foydani to‘liq o‘zlashtira olmaydi. 
Monopoliya shuningdek, narx ustidan hukmronlikni ham anglatadi. Agarda 
jamiyatda mutloq monopoliya mavjud bo‘lsa, uning tegishli tarmoqda narx 
bo‘yicha yakka hukmronligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimiz mumkin.
Monopoliyaga baho berish uchun firmalarning bozordagi tovar aylanmasidagi 
solishtirma ulushi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Eng ishonchli ko‘rsatkich 
tarmoqdagi firmalar ulushi va ularning solishtirma ulushidir. Masalan, muayyan 
mahsulot turlari bo‘yicha 4 firmaning ulushi, 8 ta firmaning ulushi, 10 ta firmaning 
ulushi va boshqalar. Monopoliyaning vujudga kelishini 2.3.1-rasmdagi jarayon 
orqali kuzatishimiz mumkin. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə