O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Bozorda hukmronlikning kuchayish jarayoni



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

2.2.1-rasm. Bozorda hukmronlikning kuchayish jarayoni 
Monopol hukmronlik – monopolistlar tomonidan bozorni nazorat qilish 
darajasidir. Mazkur tushuncha angliyalik iqtisodchi A.P. Lerner
29
tomonidan 
kiritilgan bo‘lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
 
bunda, L – monopol hukmronlik darajasi yoki Lerner indeksi; 
R
m
– monopol narx; 
MS – chegaraviy xarajatlar(optimal xarajatlar) 
Chegaraviy xarajatlar – qo‘shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga 
29
Abba Ptaxiya Lerner (1903-1982) 

angliyalik iqtisodchi, monopoliya konsepsiyasi va monopol hukmronlik(The 
Concept of Monopoly and the Measurement of Monopoly Power, Review of Economic Studies)ni ifodalovchi 
Lerner indeksini fanga kiritgan. 
Mukammal 
raqobat 
Monopolistik 
raqobat 
Oligopoliya 
Mutloq 
monopoliya 


37 
yoki mahsulot sotish hajmi o‘zgarishi bilan bog‘liq xarajatlar bo‘lib, qo‘shimcha 
mahsulot birligi ishlab chiqarilishi bilan chegaraviy xarajatlar kamayib boradi, 
aksincha qo‘shimcha mahsulot birligi soni kamayishi bilan chegaraviy xarajatlar 
ortadi. Lerner indeksining iqtisodiy mohiyati shundan iboratki, monopol narx va 
chegaraviy xarajatlar o‘rtasidagi tafovut qanchalik katta bo‘lsa, monopol 
hukmronlik darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Mukammal raqobat sharoitida narx (R) chegaraviy xarajatlar(MS)ga teng 
bo‘ladi. Demak, bunday sharoitda monopol hukmronlik darajasi nolga teng, ya‘ni 
R – MS = 0. Aksincha monopoliya sharoitida narx (R
m
) chegaraviy xarajatlar 
(MS) dan yuqori. Shunga ko‘ra lerner indeksining qiymati 0 bilan 1 oralig‘ida 
yotadi. 
Agarda kasrning surati va maxrajini sotilgan mahsulot miqdori (Q)ga 
ko‘paytiradigan bo‘lsak, yalpi foyda miqdori kelib chiqadi. Bu nisbat sotilgan 
mahsulot hajmida foydaning ulushi qancha ekanligini aniqlab beradi. U holda 
Lerner indeksi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

)
 
Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, foyda qanchalik yuqori bo‘lsa monopol 
hukmronlik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi, yoki yuqori foyda monopoliya 
belgisi. 
Monopoliya sharoitida bozorda monopol narx o‘rnatiladi. Bu narx chegeraviy 
xarajatlardan yuqori bo‘ladi, ya‘ni R
m
> MS. Mutloq monopoliya firmaning 
foydasini oshiradi va bir vaqtning o‘zida jamiyat daromadlarini kamaytiradi. 
Monopol narx har doim raqobat narxidan yuqori bo‘ladi. 
Monopol yuqori narx - tovar bozorida ustun mavqyeni egallab turgan xo‘jalik 
yurituvchi subyekt tomonidan belgilanadigan, tovarni ishlab chiqarish va 
realizasiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori, 
tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan 
darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narxdir. 
Ishlab chiqarishning konsentrasiyalashuvi– monopoliyaning vujudga 
kelishiga asosiy sababchidir. Ishlab chiqarish ko‘lamining konsentrasiyalashuv va 
markazlashuv natijasida o‘sishi quyidagicha amalga oshiriladi (2.3.2-rasm): 


38 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə