O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

―Inson rivojlanishining salohiyati: 
rivojlanish strategiyasining esdan chiqarilgan mezonlari‖
ma‘ruzasi loyihainson 
salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkich sifatida e‘lon qilindi. Keyinchalik K.Griffin va 
J.Nayt tadqiqotlari ―Rivojlanishni rejalashtirish bo‘yicha jurnal‖ning maxsus 
sonida e‘lon qilindi
.
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotining sovrindori Amartiya Sen
48
tomonidan 1989 yilda chop qilingan ―Rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish 
sifatida‖ asarida inson salohiyatini ―imkoniyat nuqtai nazaridan‖ yondashish deb 
nomlangan usul asosida tahlil qilishni taklif qildi. 
A.Sen rivojlanish jarayonini faqat moddiy yoki iqtisodiy farovonlikning 
ortishi nuqtai nazaridan emas, balki inson imkoniyatlarini kengaytirish jarayoni 
sifatida tahlil etdi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, jamiyatdagi turmush darajasini 
daromadlarning o‘rtacha darajasiga qarab emas, balki odamlarning o‘zlari munosib 
deb hisoblagan hayot kechirishlari uchun mavjud imkoniyatlari bo‘yicha baholash 
lozim. Hindistonlik iqtisodchi ijtimoiy rivojlanishning maqsadi ishlab chiqarishni 
cheksiz ko‘paytirish emas, balki odamlarning ko‘proq ish bajarish, bilimlarni 
egallash, uzoq umr ko‘rish, kasalliklardan holi bo‘lish va hokazolar uchun 
imkoniyatlar yaratishda deb hisobladi: ―Baholash tizimining eng muhim 
vazifalaridan biri – inson qadriyatlarini hisobga olishdir. 1980–yillarda va undan 
keyin ―insonni rivojlantirish‖ vazifasini mazkur muammoni ongli ravishda qarab 
chiqish hamda hayotimizda eng qatta ahamiyatga ega bo‘lgan erkinliklar va 
imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e‘tibor berish zarur. Vaziyat taqozosi bilan 
odamlar imkoniyatlari chegaralab qo‘yilgan hayotiy doiralarni kengaytirish hozirgi 
davrda insonni rivojlatirishning asosiy vazifasi hisoblanadi‖. 
A.Sen konsepsiyasida rivojlanishga markazida inson bo‘lgan jarayon sifatida 
qaraladi. 
1990 yilgi BMTning 
Insonni rivojlantirish to’g’risidagi global ma’ruza‖
sida 
―Insonni rivojlantirish – odamlarni kengroq tanlash imkoniyati bilan ta‘minlash 
jarayonidir. Bunday tanlov cheksiz bo‘lishi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi 
48
Amartiya Kumar Sen (Amartya Kumar Sen, 1933 yilda tug‘ilgan) – hindistonlik iqtisodchi, Nobel mukofoti 
sovrindori, ―Kambag‘allik va ochlik‖ (―Poverty and Famines‖, 1981), ―Tengsizlik muammosiga qaytish‖ 
(―Inequality Reexamined‖, 1992), ―Rivojlanish 

erkinlik sifatida‖ (―Development as Freedom‖, 1999) asarlari 
muallifi. 


93 
prinsipial ahamiyatga egadir. Biroq rivojlanishning barcha darajalarida uzoq va 
sog‘lom xayot kechirish, bilimlarni egallash va munosib turmush kechirish uchun 
zarur bo‘lgan resurslardan foydalanish imkoniyatlari insonni rivojlantirishning 
asosiy moxiyatidir. Agar insonda bunday asosiy tanlov bo‘lmasa, u boshqa 
imkoniyatlardan ham foydalana olmaydi‖
49
g‘oyasi ilgari surildi. 
Mazkur 
konsepsiya 
insonni 
rivojlantirish, 
inson 
imkoniyatlarini 
kengaytirishga bir tomondan, sog‘liqni mustahkamlash, bilimlarni egallash, kasb 
ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali, ikkinchi tarafdan, insonlar tomonidan 
egallangan qobiliyatlarini ishlab chiqarish, madaniy, siyosiy faoliyati va dam olish 
maqsadlari uchun ishlatish orqali amalga rshirilishini ko‘zda tutadi. 
Insonni rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari BMT Mingyillik 
rivojlanish deklarasiyasida e‘lon qilingan edi. Mazkur deklarasiyada XXI asrda 
xalqaro munosabatlar uchun qator asosiy qadriyatlar: 
Erkinlik.
Erkaklar va ayollar ochlikdan va zo‘ravonlik qo‘rquvi, zulm va 
adolatliksizdan holi bo‘lgan, inson uchun munosib sharoitlarda yashash va 
bolalarini tarbiyalash huquqiga egadirlar. Xalqning keng ishtiroki va irodasiga 
asoslangan boshqaruvning demokratik shakli bu huquqlarning eng yaxshi kafolati 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə