O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Imitasiya strategiyasi raqobat ustunligi sifatida



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

10.3. Imitasiya strategiyasi raqobat ustunligi sifatida 
Imitasiya ortichqa tadqiqot, ilmiy izlanish talab etmaydigan, aksariyat 
hollarda tovar va xizmatlarning modifikasiyasiga asoslangan bo‘lsada, bozor 
munosabatlarida korxonalarning yaqqol raqobat ustunligini ta‘minlashga xizmat 
qiladi. 
Raqobatning innovasiyalarni joriy etish strategiyasi sifatida imitasiya 
strategiyasi 1970 yillarda Izrael Kirsner tomonidan kiritilgan. I.Kirsner ―Raqobat 
va tadbirkorlik‖ kitobida Y.Shumpeterning ―Tadbirkorlik faoliyati 

yetakchi 
novatorlar yondashuvi bo‘lib, tadbirkorlarga taqlid qiluvchilar faoliyatidan tubdan 
farq qiladi‖ tarifini tanqidiy tahlil qildi. ―Tadbirkorlik biz uchun novatorlar 
faoliyati natijasida paydo bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanishga kirishgan taqlid 
qiluvchilarni xuddi novatorlar kabi namoyish qiladi
81

Aynan son-sanoqsiz taqlidchilar muntazam ravishda biznesda qo‘llash orqali 
nima foyda keltirishi haqida bosh qotiradilar va bozor mexanizmini harakatga 
keltiradi. 
Korxonalar imitasiya bilan doimiy ravishda foydalanganliklari bois ularning 
mahsulotlari yangi deb qabul qilinadi. Xorij ekspertlar tadqiqotlariga ko‘ra 2% 
innovasion dasturlar yangilik hisoblanadi. Qolgan barchasi 

imitasiyadir. M. 
Kirsner innovasiya va imitasiyaning bir-birini muntazam ravishda to‘ldirib 
borishini ko‘rsatib berdi. Ya‘ni: 
Innovasiya = ajoyib fenomen. Innovasiya + imitasiya = yangiliklarning 
ommaviy tarqalishi
82

To‘laligicha ko‘chirib olish imitasiyaning oddiy shaklidir. Imitasiya innovasiya 
bo‘lishi ham mumkin. Bu shuni anglatadiki, imitatorda mavjud axborotlar
to‘laligicha innovatorni takrorlaydi va u yagona yangilik manbai bo‘lib qoladi. 
Muhim jihatlardan biri innovasiya va imitasiya oralig‘idagi faoliyat yoki 
mahsulotlarning xususiyati bo‘lib, bunda imitator innovatordan o‘zlashtirgan 
axborotlarni mustaqil ravishda to‘ldiradi va unga qo‘shimcha bilimlar sarflaydi. 
Bunday faoliyat yoki mahsulotlarning xususiyati sof innovasiya va sof 
imitasiyadan farq qilganligi uchun amaliyotda ular ―ijodiy imitasiya‖ deb 
hisoblanadi
83
. Ijodiy imitasiya atamasi T.Levitt tomonidan kiritilgan bo‘lib, bu 
turdagi innovasiyalarni ijodiy taqlid sifatida tushuntirgan. Ijodiy imitasiyaning 
mohiyati shundan iboratki, mavjud mahsulotni takomillashtirish yoki uni bozqa 
tarmoqlarga moslashtirishdir. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar 
uchun ―immovator‖ tushunchasini qo‘llash taklif etildi. ―Imovator‖ (IMitator + 
innOVATOR)lar uchun imitasiya strategiyasi muqobil innovasion strategiya bo‘lib 
qolmasdan, raqobat ustunligini ta‘minlash vositasi hamdir
84

Bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda imitasiya strategiyasining quyidagi 
to‘rt guruhi yetarli darajada yoritilgan bo‘lib, ular quyiddagilar: 
81
К а р а с ю к Е . Неподражаемая копия. Журнал «Секрет Фирмы». № 4 (139). 30.01.2006. 
82
K ir z ne r I . The Alert and Creative Entrepreneur: A Clari 
83
Le v it t T . Ted Levit on marketing: a Harvard business review paperback. Harvard business school publishing 
corporation, 2006 
84
S he nk a r O . Copycats: combining imitation and innovation to outsmart your competitors. Maidenhead: 
McGraw-Hill Education, 2010. Р. 15. 


164 
1. 
Narx 
bo’yicha 
ustunliga 
ko’ra.
Mazkur 
strategiyadan 
foydalanadigan imitatorlarning raqobatli hatti-harakati innovasion mahsulot 
nusxasini past narxlarda yoki mahsulotning soddalashtirilgan nusxasini yetakchi 
korxonaga nisbatan pastroq narxda taklif qilishni ko‘zlaydi
85
. Ikkala vaziyatda 
ham imtitator yetakchi korxona tomonidan taklif qilinayotgan innovasion 
mahsulotning yuqori narxda xarid qilishni istamaydigan iste‘molchilarga asosiy 
diqqatni qaratadi. 
Birinchi vaziyatda imitatorning ustunligi tadqiqotlarga kam xarajat 
sarflagan holda iste‘molchilarga innovasion tovarning nusxasini taklif etishi bilan 
izohlanadi. Bu holda ular innovatorga nisbatan 35-40% kam xarajat sarflaydi
86

Taqlid tufayli imitatorlar mahsulotni siljitish, sifatini yaxshilash, distribyusiya, 
servis xizmati bilan bog‘liq xarajatlardan holos bo‘ladi. Chunki innovator 
korxonalar buning uchun yetarli darajada marketing tadbirlarini ishlab chiqqan 
bo‘ladi. 
Ikkinchi vaziyatda mahsulotning ayrim funksiyalari iste‘molchilar uchun 
―ortiqcha‖ bo‘lib, ularsiz mahsulotni arzon narxlarda sotish ham mumkin. 
Muammoning yechimi mahsulotning ayrim xususiyati yoki elementidan voz 
kechishdir. Buning yaqqol dalili germaniya, Fransiyada ishlab chiqarilayotgan 
avtomobillar bo‘lib, eng yangi rusumdagi avtomobillar ham ―xalq avtomobili‖ 
sifatida ommaviy sotilgan. 
2.
Mahsulotning ustunligi bo’yicha.
Aksariyat hollarda radikal 
innovasiyalar 
orqali 
yaratilgan 
mahsulotlar, 
ko‘chirib 
olingan 
va 
takomillashtirilgan hisoblanadi. Innovatorlar texnologik va bozor rivojlanishi 
tendensiyalarining 
jadal 
o‘zgarishi sharoitida mahsulotning kelgusidagi 
muvaffaqiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi. Imitatorlar esa innovator 
tomonidan o‘zlashtirilgan bozor nishasiga yaxshilangan yoki takomillashtirilgan 
mahsulot nusxasini kiritish orqali o‘z mavqyeini uzoq davr saqlab qoladi. Bu 
o‘ziga xos differensiasiya hamdir. 
3.
Bozor pozisiyasidagi ustunligi bo’yicha. 
Imitasiya strategiyasi 
bozor pozisiyasini mustahkamlashda ham qo‘llaniladi. bunda asosiy e‘tibor tovar 
nusxasining afzallik jihatlariga emas, balki imitator korxonaning raqobat 
ustunligiga qaratiladi. Bozordagi pozisiyani mustahkamlashda imitator korxonalar 
quyidagi jihatlari bilan innovator korxonalardan ustunlik qiladilar: 
1)
Imitator korxonalar innovasion mahsulot nusxasini ommaviy ishlab 
chiqarish bo‘yicha yetarli darajada ishlab chiqarish kuchlariga ega; 
2)
Imitator korxonalar mahsulot nusxasini siljitish bo‘yicha qo‘dratli 
marketing salohiyatiga va mijozlar bazasiga ega; 
3)
Imitator korxonalarning boshqa mahsulotlar bo‘yicha shakllantirilgan 
yetarli darajada taraqqiy etgan distribyusiya kanallari mavjud bo‘lib, mahsulot 
nusxasini samarali siljitish mumkin; 
85
S c h na a r s S . Managing Imitating strategies: How late entrants seize markets from pioneers. New York: Free 
Press, 1994. Р. 211. 
86
S he nk a r O . Copycats: combining imitation and innovation to outsmart your competitors. Maidenhead: 
McGraw- Hill Education, 2010. Р. 9. 


165 
4)
Imitator korxonalar o‘z biznesini raqbatlantirish uchun yetarli darajada 
moliyaviy resurslarga ega. 
4.
Raqobat xatarining pasayishi bo’yicha.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan 
imitasiya strategiyalari bozor nishasini o‘zlashtirishga qaratilgan ―hujumkor‖ 
xususiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida himoya maqsadlarida ham qo‘llaniladi. 
Imitasiya strategiyasi innovator tomonidan tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar orqali 
himoyalanish xususiyatiga ega
87

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 dekabrdagi ―2017-2019 
yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab 
chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom 
ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori mahalliylashtirish ko‘lamini yanada 
kengaytirishga xizmat qilmoqda. Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, 
kelgusi ikki yilda mamlakatimizda 3 milliard 400 million dollarlik qariyb 1 ming 
150 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Bugungi kunda jahon bo‘yicha yangiliklar kiritish orqali modernizasiya 
qilingan ishlab chiqarish 88% ni tashkil qiladi va imitasiya xususiyatiga ega.

Boshqacha qilib aytganda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat 
imitiasiya raqobati hamdir.
Muvaffaqiyatli imitasiya odatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar uchun 
xos. Bunda korxonalar transport xarajatlarini asosiy narx ustamasi hisoblanadi. 
shuningdek, import mahsulotlar tashqi bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
mahalliy sharoitlarga yetarli darajada moslashtirilmagan bo‘ladi. Shuning uchun 
ularni tezda o‘zlashtirish va mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarishni 
yo‘lga qo‘yish mumkin. 

Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə