O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 73,27 Kb.
səhifə3/16
tarix13.03.2022
ölçüsü73,27 Kb.
#84458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ишчи дастур 2021-2022 математика

bo‘lishi;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslaridan foydalanish;

  • o‘z pedagogik faoliyatini rejalashtirish;

  • ta’lim muassasalarida o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy metod va texnologiyalarini qo‘llash;

  • o‘quvchini rag‘batlantirish, uning faoliyatini nazorat qilish, iste’dodi, iqtidorini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, ayni zamonda jazolashning zamonaviy shakllaridan foydalanish;

  • o‘quvchilar bilimini baholash;

  • ota-onalar, jamoa, o‘quvchilar bilan yakka va guruh bo‘lib ishlash;

  • o‘quvchilar guruhlarini boshqarish;

  • tanlangan metod va texnologiyalarni joriy qilishda muhitni, vaziyatni baholay olish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida talab kilingan irodani namoyish qilish, sabr-toqat, qat’iyat, kayfiyatni o‘zgartira olish, javobgarlikni his qilish;

  • yuz bergan noxush vaziyatdan chiqib keta olish;

  • pedagogik jarayonda har qanday nizolarning oldini olish;

  • o‘z xatti-harakatlarini boshqara olish va bunda go‘zallikka erishish;

  • o‘z pedagogik nazokati va odobini takomillashtirib borish;

  • nazokat bilan so‘zlash texnikasiga rioya qilish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida san’atkorlik unsurlaridan foydalanish;

  • o‘z mehnatini rasmiy va ijodiy tashkil eta olish: vaqtdan unumli foydalanish;

  • o‘z mahoratini tinmay oshirib borish;

  • ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga singdirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligini tadbiq etish;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslarini singdira olish;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi tushunish;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligini tushuntira bilish;

  • ta’lim dasturlariga metodik jixatdan yondasha olish;

  • o‘quvchilar ongiga ta’lim olish majburiyligi, kasb-hunar tanlash ixtiyoriyligini singdira bilish;

  • yoshlarni bilimli bo‘lishiga va ulardagi iste’dodni rag‘batlantira olish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirib olib borish malakalariga ega bo‘lishi lozim.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi, uslubiy jihatdan uzviy va ketma-ketligi

Umumiy pedagogika fani umumkasbiy fani hisoblanib, pedagogika fanini o‘rganish falsafa, tarix, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, gigiyena, innovatsiya, integratsiya kabi insonshunoslik fanlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshiriladi.
Fanning ta’limdagi o‘rni

Umumiy pedagogika fani boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik va psixologik jihatdan tayyorlash va xalq ta’limi tizimiga bilimli, yetuk, yosh avlodga har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan, fandan egallangan bilimlarni maktab amaliyotiga to‘liq tatbiq etib, fanning takomillashib, yuksalishiga hissa qo‘sha oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning umumiy pedagogika fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.

Fanni o‘zlashtirishda dars jarayonida qo‘llaniladigan va pedagogik amaliyotga tatbiq etiladigan, ilmiy asoslangan ma’ruza, amaliy va labaratoriya darslarida mos ravishdagi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, vertual stendlardan, shuningdek “FSMU”, “Keys stadi”,“Fikrlar xujumi”, “Klaster” metodi, “Blits-so‘rov”, “Tarozi”, “Yelpig‘ich” va “B.B.B” kabiinterfaol metodlardan foydalaniladi.


Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə