O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


«Umumiy pedagogika» fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi



Yüklə 73,27 Kb.
səhifə4/16
tarix13.03.2022
ölçüsü73,27 Kb.
#84458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
ишчи дастур 2021-2022 математика

«Umumiy pedagogika» fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:

5130100 - Matematika

T-r

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza

Seminar mashg’ulot

Mus-taqil ta’lim

2-kurs 3-semestr

  1. PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA



O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari

12

2

2

4



Umumiy pedagogika fanining maqsadi, vazifalari, predmeti va ilmiy-tadqiqot metodlari. Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.

12

2

2

4

II DIDAKTIKA ASOSLARI



Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida

12

2

2

4



Talim mazmuni. Ta’lim metodlari va vositalari

8

2

2

4

III TARBIYA VA UNING TURLARI



Tarbiya jarayonining mazmuni.

10

2

2

4



Tarbiya turlari. Tarbiyaning umumiy metodlari.

6




2

4

III TA’LIMNI BOSHQARISH



Ta’lim muassasasi menejmenti. Korreksion (maxsus) pedagogika

10

2

4

4

IV PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA



Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi.

10

2

2

4



XIX asrning II yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar (Jadidchilik harakati).1917-1990 yillаrdа O’zbеkistоndа ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

10

2

2

4

V PEDAGOGIK MAHORAT



Pedagogik mahoratning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni

14

2

4

4



Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi

12




4

6




JAMI

92

18

28

46


ASOSIY QISM

Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Pedagogika fani quyidagi 5 ta bo‘lim asosida o‘rganiladi:

Ibo‘lim. Pedagogika fan sifatida

II bo’lim Didaktika asoslari

III bo’lim Tarbiya va uning turlari.

IVbo‘lim. Pedagogika tarixi.
PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

1-Mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasining ta’lm sohasidagi davlat siyosati mazmuni asosiy tamoyillari. Ta’lim tizimi va turlari.

2-Mavzu. Umumiy pedagogika fanining maqsadi, vazifalari, predmeti va ilmiy-tadqiqot metodlari. Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.

Umumiy pedagogika fanining maqsadi, vazifalari, predmeti va ilmiy-tadqiqot metodlari. Rivojlanishning asosiy qonuniyatlari.Shsaxs haqida ma’lumot.

DIDAKTIKA ASOSLARI

3-Mavzu. Didaktika – ta’lim nazariyasi sifatida.

Didaktikaning ijtimoiy va fiziologik asoslari.

Turli tarixiy davrlarda didaktik tizimlarning rivojlanishi.O‘rta asr didaktikasi. XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida didaktikaning rivojlanishi. O‘rta Osiyoda jadidchilarning ta’limni yangilashdagi o‘rni hamda ularning ta’limni tashkil etishdagi qarashlari. (M.Qori Abdurashidxonov, A.Fitrat, S.Mirjalilov,A.Avloniy).

4-Mavzu: Ta’lim mazmuni. Ta’lim metodlari va vositalari

Ta’limning maqsad va vazifalari.Ta’lim mazmunini tuzilishi.Ta’lim metodlari va vositalari. Ta’lim metodlari haqida umumiy tushuncha. O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish usuli: Hikoya, ma’rza, suhbat, darslik hamda boshqa o‘quv adabiyotlari bilan ishlash va h.k. Ko‘rgazmalilik metodi: tasviriy, o‘quv materiallarini namoyish qilish, ramziy va sxematik tasvirish materiallar, xaritalar, chizmalar, diagrammalar va h.k. Amaliy mashg‘ulotlar metodi: mashq qildirish metodi, labaratoriya mashg‘ulotlari metodi, amaliy mashqlar metodi va h.k. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan vositalar. rejalar, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar. O‘qitish texnik vositalarining asosiy turlari va ularning xarakteristikasi.



5-Mavzu. Tarbiya jarayonining mazmuni.

Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari. Tarbiya jarayononig mazmuni. Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni sifatida.. Tarbiya jarayonining natijasi.



6-Mavzu: Tarbiya turlari. Tarbiyaning umumiy metodlari.

Axloqiy tarbiyani tashkil etish. O‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, axloqiy me’yorlar, axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish.

Aqliy tarbiya, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashni rivojlantirish.

Jismoniy tarbiya. Jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanish.

Estetik tarbiya. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish.

Ekologik tarbiya. o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ekologik madaniyatni shakllantirish.

Iqtisodiy tarbiya. O‘quvchilariga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamalakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish.

Huquqiy tarbiya. Davlat Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, huquqiy madaniyatni shaklllantirish.

G‘oyaviy-siyosiy tarbiya. Boshlang’ich sinf o‘quvchilariga siyosiy bilimlarni berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat tuzilishi, davlat organlari faoliyati va siyosiy madaniyatni shakllantirish va hokazolar.

Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari.



Yüklə 73,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə