O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

V turi – 
bu turdagi xonalar amalda A turidagi xonalar ta‘rif-tavsifiga ega, 
lekin unchalik obro‗ga ega emas va ular taklif etayotgan xizmatlar doirasi 
unchalik keng emas. Bu, odatdagidek 10-15 yil foydalanganligidan keyingi A 
turidagi idora xonalari. Shuningdek bu turga, bironta sifati jihatidan yoki turgan 
joyidan A turiga nisbatan yutqizgan (tadbirkorlik-markazi nomiga da‘vo 
qilmaydigan, lekin yevro-idora mezonlari talablariga javob beradigan va 
ijarachilar diqqatiga sazovor), maxsus yangi qurilgan idora binosidagi idora 
xonalari ham kiradi. 
Bundan tashqari, bu shaharning nufuzli tumanlarida joylashgan, yirik 
banklar, nashriyot uylari, chet el sarmoyadorlari savdo yoki sanoat 
birlashmalarining rasmiy vakolatxonalari sotib olayotgan yoki ijaraga olayotgan 
qayta qurilgan va qayta jihozlangan qadimiy binolar. Xozirgi vaqtda idora 
xonalarining vazifasini tayinlashtirib ajratishga intilmoqda: A turidagi idora 
xonalarini 
sarmoyadorlar 
birlashmalari 
yuqori 
boshqaruv 
rahbariyatini 
joylashtirish uchun (vakolatxona sifatida), nisbatan kam ijara haqi to‗lanadigan V 
turidagilarni esa – asosiy xizmatchilar ommasini joylashtirish uchun (ishxona 
sifatida) ajratilyapti. Masalan Bilayn, UMS, Yu-SEL birlashmalarining 
ishxonalari. 


507 
S turi -
binoning ta‘rif-tavsifi bo‗yicha V turiga mos, lekin turgan joyida 
(transport yo‗llaridan uzoqda, transport kiradigan yo‗lning noqulayligi) va 
jihozlanishida (tadbirkorlik va dam olish xizmatlari yetishmaydi, transport 
turadigan maydonda mashina qo‗yadigan joy yetarli emas) kamchiliklari mavjud 
– V turining talablari bo‗yicha bitta bo‗lsayam qoniqarsiz jihati bo‗lgan idora 
turar joy binosining hammasi.
D turi 
– muxandislik aloqa va bog‗lanish yo‗llari eskirgan,
 
inson 
hayotini qulayligini ta‘minlaydigan maxsus xizmatlari yo‗q ma‘muriy 
binolardagi ish xonalar. 
Toshkent sharoitida bular – 20 yil avval qurilgan ma‘muriy binolarda, ilmiy-
tadqiqot institutlarida (ITI), (odatdagidek, birmuncha ta‘mirlangandan keyin) ish 
xonalarga moslashtirilgan turli xil noturar joylar. Bunday binolar yetarli 
darajadagi haybati bilan taassurot qoldiradi, birqancha tadbirkorlik xizmatlariga 
ega (kutubxona, bosmaxona, telefon tarmoqlari sonining yetarliligi), umumiy 
transport turadigan joy. So‗nggi paytlarda ITI ko‗pchiligi, o‗z xonalarining 
qismini ijaraga berish natijasida olingan daromadlaridan foydalanib, o‗z turar joy 
binosini qaytadan qurib, qaytadan jihozlab, daromadliligini S turi mezonlarigacha 
ko‗tarishyapti. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə