O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi


muxabbat va sadokat ruxida tarbiyalash, ularning mafkuraviy



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

muxabbat va sadokat ruxida tarbiyalash, ularning mafkuraviy 
immunitetini mustaxkamlash bizning vazifamizdir.
Darslik Xalq tabobati ta’lim yo‘nalishi uchun “Xususiy 
mikrobiologiya. Bakterial yuqumli kasalliklar va ularni o‘ziga xos 
xususiyatlari, mikrobiologik tashxis qo‘yish usullari, profilaktikasi” nomli 
moduli uchun yozildi. Unda microorganizmlar keltirib chiqaradigan 
kasalliklar va ularning nazariy, amaliy ahamiyati, tashxis qo‘yish usullari 
sodda, ravon o ‘zbek tilida bayon qilingan.
Darslik Virusologiya fani yuqumli kasalliklar bo’yicha nazariy va 
amaliy faoliyatida katta ahamiyatga ega. Virusologik tekshirish usullarining 
takomillashib borishi, molekulyar biologiya, genetika, bioximiya fanlari 
yutuqlaridan keng foydalanish hisobiga virusologiya tez rivojlanib bormoqda. 
Bu fanning keng ko‘lamda o‘qitilishi natijasida virusologiya ko‘plab 
yutuqlarga erishmoqda. Viruslar hayotning elementar birligi bo’lib, 
molekulyar biologlar va genetiklar uchun ideal ob’ekt hisoblanadi. XX asrda 
viruslarga bog‘liq buyuk biologik yangiliklar qilindi, bunda oqsil va nuklein 
kislotalar sintezining mexanizmi aniqlandi va genetik kod ochib berildi. 



Oxirgi o‘n yillikda bakterial infekstiyalar epidemiyasining kamayishi va 
virusli yuqumli kasalliklarning oshib ketishi kuzatilmoqda. Viruslar keltirib 
chiqargan yuqumli kasalliklar umumiy yuqumli kasalliklarning 80% ini 
tashkil qiladi. Gripp, adenovirusli infekstiyalar, virusli gepatitlar va virus 
tabiatli boshqa infekstiyalar jamiyat salomatligiga va iqtisodiyotga katta 
ziyon etkazadi. Tabiatda ko‘plab o‘ta xavfli viruslar mavjud bo‘lib, g‘arb 
virusologlari tomonidan ularni oldini olishning samarali vositalari ishlab 
chiqarilmoqda. Mualliflar mikrobiologiya bo'yicha zamonaviy ma'lumotlarni 
ularni yaxshiroq idrok etish uchun uyg'un va mantiqiy tarzda taqdim etishga, 
matndagi asosiy tushunchalar va boshqa muhim ma'lumotlarning ta'riflarini 
ajratib ko'rsatishga harakat qildi. Bugungi kunga qadar tayyorlangan 
mikrobiologiya darsliklari har doim ham yetarli miqdorda mavjud emasligini, 
shuningdek, zamonaviy ilmiy ma'lumotlar bilan to'ldirilishi zarurligini 
hisobga olmaslik mumkin emas. 
Mualliflar darslik tayyorlash va yozish nihoyatda murakkab va 
mas’uliyatli ish ekanligini biladi. Bu erda turli xil kamchiliklar muqarrar
shuning uchun ushbu darslikning mazmuniga bildirilishi mumkin bo'lgan har 
qanday tanqidiy sharhlar uchun oldindan minnatdormiz.



1-BOB: TIBBIYOT MIKROBIOLOGIYASI XAQIDA TUSHUNCHA VA 
RIVOJLANISH TARIXI. UMUMIY BAKTERIOLOGIYA: BAKTERIYALAR 
KLASSIFIKASIYA MORFOLOGIYASI VA TUZILISHI. 
Reja: 
1.
Tibbiyot mikrobiologiyasi, virusologiyasi va immunologiyasi fani 
maqsadi, vazifalari
2.
Tarixiy rivojlanish davrlari; 
3.
Farmatsevt provizor amaliyotida mikrobiologiya fanining axamiyati; 
4.
Mikroorganizmlar klassifikatsiyasi. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə