O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

1.3-rasm
 


10 
 
Mikroorganizmlarni o`rganishning ikkinchi davri-"Fiziologiya davri" Lui 
Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. U ko`pgina bijg`ish jarayonlarning, 
ya'ni spirtli, sut va sirka kislotali bijg`ish hamda boshqa tur bijg`ishlarning 
biologik 
mohiyatini 
aniqladi.Har 
bir 
bijg`ish 
jarayonining 
o`z 
mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish 
jarayonlarining ham alohida mikroorganizmlar ta'sirida borishini ko`rsatdi. 
Bu buyuk frantsuz olimi kuydirgi, qutirish, saramas, pasterellez, gazli 
gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning 
buzilishini o`rgandi va ularga qarshi kurash choralarini aniqlab berdi. 
Kislorodsiz 
muhitda 
yashaydigan 
anaerob 
bakteriyalarni 
aniqladi. 
Laboratoriya amaliyotiga sterillash-(mikroblarni nobud qilish) usullarini 
kiritdi. Aristotel va Vergiliylarning "o`z-o`zidan tug`ilish" nazariyalarining 
asossizligini ko`rsatdi. Oziqa muhit yaxshilab sterillansa, unda hech qanday 
mikroorganizmning paydo bo`lmasligini asoslab berdi. Paster tovuqlar 
xolerasini o`rganish jarayonida sog`lom tovuqga kuchsizlantirilgan bakteriya 
kuturasi yuborilganda tovuqlarning kasallikga chalinmasligini kuzatdi. Xuddi 
shu ishni u kuydurgi kasalligi bilan kasallangan mollarda ham qaytardi va 
ijobiy natijalar olishga muvaffaq bo`ldi. Hayvonlarni kuchsizlantirilgan (42-
430S temperaturada o`stirilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. 
Kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasibilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi 
bakteriyasiga qarshi immunitet hosil bo`lishini aniqladi. Paster kuydirgi 
kasalligini o`rganib "la'natlangan dalalar" sirini ochdi
1

 
1.4-rasm
 
 
Pasterning qutirish kasalligini o`rganish borasidagi ishlari ham o`ta katta 
ahamiyatga moliqdir. U qutirgan itlar so`lagini mikroskop ostida tadqiq 
qilganda mikroorganizmlarini muyassar bo`la olmadi. Ammo u kasallikni 
yuzaga keltiruvchi qutirishni "sababi"-hayvonning bosh va orqa miyasida 
joylashishini aniqladi. Kasallangan quyon miyasini sekin-asta quritib, 
kuchsizlantirilgan kasal, qo`zg`atuvchini oldi va u bilan hayvonlarni emlab 
1
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016


11 
sog`lom hayvonlarni kasallikdan saqlab qolish yo`llarini topdi. Bunday 
emlashlar, antirabik-qutirishga qarshi emlashlar deyilib, juda keng qo`llamda 
tarqaldi. Bu ishlar yangi fan immunologiyaning paydo bo`lishiga asos soldi. 
Lui Paster Fransiya meditsina akademiyasiga akademik, Sankt-Peterburg 
akademiyasiga muxbir a'zo va keyinchalik faxriy akademigi qilib saylandi. 
Parijda 1888-yili Paster instituti ochildi. Unda, keyinchalik ko`zga 
ko`ringan mikrobiologilar ta'lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gamaleya
Xovkin, Sklifasovskiy va boshqalar shular jumlasidandir. 
XIX-asrda ko`p mamlakatlarda meditsina mikrobiologiyasi rivojlandi. 
Meditsina mikrobiologiyasining rivojlanishga nemis olimi Robert Kox 
(1843-1910) ko`p hissa qo`shgan. U sof mikroorganizm kulturasini ajratish 
uchun qattiq (quyuq)ozuqa muhitdan foydalanishni taklif etdi. Odam va 
qoramollarda sil kasalligining qo`zg`atuvchisini va vabo vibrionini ajratib 
oldi. Mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, mikroskopiyaga immersion 
tizimni qo`llashdi va mikrofotografiyani kiritdi. 
I.I.Mechnikov (1845-1916) fagotsitoz va uning immunitetdagi ahamiyati 
haqida to`liq ta'limot yaratdi. Chirituvchi va sut kislotali bijg`ish bakteriyalari 
orasidagi antogonizmni aniqladi va vabo kasalligini aniqlashga o`z hissasini 
qo`shdi. Rossiyada birinchi bakteriologik stantsiya tashkil etdi. Uning 
rahbarligida yirik mikrobiologlar: G.N.Gabrichevskiy, A.M.Bezredka, 
I.G.Savchenko, L.A.Tarasevich, N.F.Gamaleya, D.K.Zabolotniy va boshqa 
olimlar etishib chiqdi. 
Tuproq mikrobiologiyasi bo`yicha ham ancha ishlar qilindi. Shlezing va 
Myunts 
kabi 
frantsuz 
olimlari 
nitrifikatsiya 
jarayonini 
o`rgandi. 
S.N.Vinogradskiy bu jarayonni chuqur o`rganib "Tuproq mikrobiologiyasi" 
degan asarni yaratdi. "Xemosintez" (kimyoviy energiya ishtirokida suv va 
SO2 dan organik moddalar hosil bo`lishi) jarayonini ochish sharafiga 
muyassar bo`ldi. U xemosintez jarayonini nitrifikatorlar, oltingugurt va temir 
bakteriyalar misolida aniq ko`rsatib berdi. Tuproqda erkin holda yashovchi 
anaerob bakteriya klostridium pasterianum, sellyuloza parchalovchi 
bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va u ko`pgina mikrobiologik metodlar 
yaratdi. 
M.Beyerink 
tuproqda 
uchraydigan 
erkin 
azot 
o`zlashtiruvchi 
bakteriyalardan azotabakterni aniqladi. Gelrigel G., Vilfor G. tuproq 
mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, dukkakli o`simliklarning azot 
o`zlashtirishi, ular ildizidagi tuganaklarga bog`liq ekanligini ko`rsatib 
berishdi.
Sekin-asta to`plangan materiallar, ayniqsa nafas olish va bijg`ish 
jarayonlari ximizmini aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi 
uchinchi davr "mikrobiologiyaning bioximiya yo`nalishi" ga turtki bo`ldi.
Bu 
borada 
S.P.Kostichev, 
V.S.Butkevich, 
V.N.Shaposhnikov 
va 
N.D.Ierusalimskiylarni ishlari alohida ahamiyatga ega. 


12 
Chirindi moddalar va tuproq strukturasining hosil bo`lishida tuproq 
mikroorganizmlarning rolini tushuntirishda I.V.Tyurin, M.I.Kononova va 
boshqalar, 
mikroorganizmlar 
ekologiyasini 
o`rganish 
sohasida 
B.L.Isachenko, E.N.Mishustin, N.M.Lazerevlar, tuproq va rizosferadagi
turli xil mikroorganizmlarning aktivligini aniqlashda N.N.Xudyakov, 
N.G.Xolodniy, 
V.S.Butkevich, 
N.A.Krasilnikov, 
E.F.Berezova, 
Ya.NXulyakov va boshqalarning ishlari muhim ahamiyatga egadir. 
B.F.Perfilev va D.R.Gabellar keyingi vaqtda mikrobiologiya texnikasini 
rivojlantirishga o`z hissalarni qo`shgan olimlardir. Ular yaratgan kapillyar 
mikroskopiya metodi cho`kindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni 
topishga yordam berdi. 
O`tgan asrning oxiridan boshlab, mikrobiologiyaning bir tormog`i 
bo`lgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topa boshladi. G.A.Nadson, 
B.L.Isachenko, M.A.Egunov, V.O.Tauson, V.S.Butkevich, A.E.Kriss, 
A.S.Razumov va boshqalar bu tormoqni rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar. 
Nadson G.A va uning shogirdi G.S.Fillipov 1925-yilda achitqi 
zamburug`lariga turli nurlar ta'sir etib,ulardan mutantlar oldi. 
Mikrobiologiyadagi ana shunday katta kashfiyotlar mikroskopik 
texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas bog`liqdir. 1873-yilda Ernest 
Abbe mikroskoplar uchun linzalar tizimini takomillashtirdi. 1903-yilda 
Zidentopf vaJigmondi ultramikroskopni, 1908-yilda A.Keller va Zidentopf 
birinchi lyuminestsent mikroskopni kashf etdilar. Nihoyat 1928-1931-yillarda 
birinchi elektron mikroskop yaratildi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 
A gacha va undan ham mayda o`lchamlibuyumlarni ko`rish mumkin bo`ldi. 
1934-yili F.Tsernike Fazo-kontrast printsipini takomillashtirdi. 
Mamlakatimizda mikrobiologiyaning rivojlanishi uchun qulay sharoit 
mavjudligi tufayli, uning nazariy va amaliy masalalari bilan bog`liq bo`lgan 
sohalari: oziq-ovqat sanoati, konserva sanoati, sut maxsulotlarini qayta 
ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminnokislotalar, oqsillar, 
antibiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. 
O`zbekiston 
Fanlar 
Akademiyasining 
mikrobiologiya 
va 
botanika 
institutlarining 
xodimlari 
akademik 
A.M.Muzaffarov, 
M.I.Mavloni, 
A.G`.Xolmuratov, S.A.Asqarova, professor va doktorlar I.J.Jumaniyozov, 
Q.D.Davronov, S.S.Ramazonova, S.M.Xojiboeva, J.Safiyazov, J.Qutliev, 
A.SRasulov, X.O.Berdiqulov, R.Shoyoqubov, J.Toshpo`latov va boshqalar. 
Mirzo Ulug`bek nomidagi Toshkent davlat universitetidagi olimlar 
O.G.Yolina, 
K.Yu.Musaev, 
F.G.Axmedova, 
Ya.F.Nizammetdinova, 
M.L.Mansurova, 
I.A.Muzaffarova, 
Toshkent 
texnika 
universitetida 
Abdurazzoqova S.H, Hakimova Sh.I, va Kil M va boshqalar mikrobiologiya 
fanining rivojlanishida o`z hissalarini qo`shib kelmoqdalar. 
Mikrobiologiyaning rivojlanishida bir necha davrlar mavjud. Bulardan 
mikroskopik davr bulib, buning asoschisi gollandiyalik olim Antoniy 


13 
Levenguk (1632-1723 y.) xisoblanadi. Birinchi marotaba linza yordamida- 
mikroblarning xar xil kurinishida ekanligini kurgan va tabiat mu'jizalarini 
ochib bergan. 
Mikroblarning morfologik davrining asoschisi frantsuz olimi Lui 
Pasterdir. 
Mikrobiologiyaning fiziologik davri asoschilardan biri Robert Kox 
xisoblanadi. 
Mikrobiologiya rivojlanishida viruslarning ochilishi, immunologiyaning 
rivojlanishi davrlari mavjud bulib, xar birlarining asoschilari bu soxada juda 
kup ishlarni bajarishgan, Bu olimlar - D.I. Ivanovskiy, I.I. Mechnikov va 
boshkalardir. 
Uzbekistonda mikrobiologiya fanining rivojlanishida mikrobiologlardan 
P.F.Samsonov, Yu.A.Axmedjanov, N.A.Zakirovlarning xizmatlari katta. 
Meditsina 
mikrobiologiyasi 
asosan 
patogen 
mikroorganizmlarni 
urganadi, bular xilma-xil bulib, kuyidagi guruxlarga bulinadi: bakteriyalar
spiroxetalar, rikketsiyalar, xlamidiyalar, mikroplazmalar, aktinomitsetlar, 
zamburuglar, sodda xayvonlar. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə